71
Trans shaxsiy nuqtai nazarga koʻra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni
muammosini hal etishga mas‘ul boʻlganligi, inson diniy
qarashlari yoki ularning
mavjud emasligi bilan bevosita bogʻliqligi sababidan muhimdir.
Har bir «Men» tamoyillar, mulohazalar, ahloqiy qoidalar,
maqsadlar,
motivatsiyalarning yaxlit tizimidir. Balki, har bir «Men» oʻz tiliga egadir. Bunday
tillar qatoriga harakatlar, ishoralar, mazmunlar, ichki nutq tillari kiradi (2 rasm).
Umuman olganda, odamning nechtagacha «Men»i boʻlishi mumkin? Keling,
yuqorida keltirilgan ba‘zi «Men»larni sanab oʻtamiz.
1.
«Sub’ektiv (nohaqlik)
Men» – bu da‘vogarlik darajasi, yutuqlar
motivatsiyasi, oʻzini yuzaga chiqarishga intilish,
shuningdek, oʻz qobiliyatlarini
boʻrttirib koʻrsatish. Bunday «Men»ning yana bir turi sifatida tugʻma qirra –
boshqalar harakatini notoʻgʻri tushuntirish, shaxsiy sifat va layoqatlarini oshirib
koʻrsatishdan iborat «sevimli Men» namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: