79
Bu - oʻsha oddiy qoʻlimizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bogʻliq
elementar
harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygʻonish paytlarimizda amalga
oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha boʻlgan murakkab
harakatlarga aloqador
ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs,
uning
ongi va oʻz-oʻzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida
ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq
ayriliqdan soʻng ona oʻz farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning
bolasiga
intilishi, uni quchoqlashi,
yuzlarini siylashi, koʻzlaridan oqqan sevinch
yoshlarida koʻrsak, ichki faollik - oʻsha koʻz yoshlarini
keltirib chiqargan
fiziologik jarayonlar, ichki sogʻinchning asl sabablari (ayriliq muddati,
nochorlik
tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta‘siri), koʻrib idrok qilgandagi oʻzaro bir-
birlariga intilishni ta‘minlovchi ichki, bir qarashda koʻz bilan ilgab boʻlmaydigan
emosional holatlarda namoyon boʻladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi
boʻlsak ham, uni ifodalagan rasmni koʻrsak ham,
taxminan qanday jarayonlar
kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini
Do'stlaringiz bilan baham: