Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

 Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish 
mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, 
nafas olish, bosim o‘zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita 
psixik jarayonlar, ya‘ni aslida ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga 
ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi. 
 
Tashqi faollik - bu tashqaridan va o‘z ichki istak-xohishlarimiz ta‘sirida 
bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, 
mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo‘ladigan faollik. 


80 
tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bogʻliq 
boʻlib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega boʻlib, 
shaxsning jamiyat bilan boʻladigan murakkab va oʻzaro munosabatlarining oqibati 
hisoblanadi. 
Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas 
bogʻliq boʻlib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli 
faolliklar jarayonida shakllanadi, oʻzligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik 
yoki inson faoliyati passiv jarayon boʻlmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol 
jarayondir.
Bu - yosh bolaning real predmetlar mohiyatini oʻz tasavvurlari doirasida 
bilishga qaratilgan oʻyin faoliyati, bu - moddiy ne‘matlar yaratishga qaratilgan 
mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy - tadqiqotchilik 
faoliyati, bu - rekordlarni koʻpaytirishga qaratilgan sportchining mahorati va 
shunga oʻxshash. Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi 
bilan mashgʻul boʻlib turadi. 
Aqliy harakatlarning koʻrinishlari 
5.2. Faoliyat turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar 
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha 
koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Qilinayotgan har bir harakat ma‘lum narsaga - 
 
Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb 
yuritiladi, faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, 
undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni 
va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos 
faollik shaklidir.


81 
predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui sifatida 
tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va 
sifatini oʻzgartirishga qaratilgan boʻladi. Masalan, ma‘ruzani konspekt qilayotgan 
talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan boʻlib, u avvalo oʻsha daftardagi 
yozuvlar soni va sifatida oʻzgarishlar qilish orqali, bilimlar zahirasini boyitayotgan 
boʻladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi predmetli harakatlarning aynan 
nimalarga yunaltirilganiga qarab, avvalo tashqi va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling