Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

5.4. Motivlarning turlari
Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi: shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos 
motivlar; umumiylikka ega boʻlgan motivlar; faoliyatga mos motivlar; paydo 
boʻlish xususiyati, muddatiga koʻra motivlar; aks etish darajasi nuqtai-nazaridan 
iyerarxik vujudga kelgan motivlar. 
Psixologik ma‘lumotlarga koʻra har qanday faoliyat muayyan motivlar 
ta‘sirida vujudga keladi va yyetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi. 
Shuning uchun ta‘lim jarayonida oʻzlashtirish, egallash va oʻrganishni amalga 
oshirishni ta‘minlash uchun oʻquvchilarda oʻquv motivlari mavjud boʻlishi lozim. 
Turli 
kasb 
egalari faoliyati motivlarini oʻrganishda motivlar 
xarakterini bilish va ularni oʻzgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday 
motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi 
boʻlib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. 
Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda 
turli ishlarni bajarishini ta‘minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: 
muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish 
motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga 
moʻljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan 
ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib boʻlsa 
ham yutuqka erishish ular uchun oliy maqsad boʻladi. Ular hali ishni boshlamay 


91 
turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning 
barcha harakatlarini ma‘qullashlarini biladilar. Bu yoʻlda ular nafaqat oʻz kuch va 
imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablagʻ kabi 
omillardan ham foydalanadilar. 
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan 
shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan 
avval nima boʻlsa ham muvafikiyatsizlikka duchor boʻlmaslikni oʻylaydilar. Shu 
tufayli ularda koʻproq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga 
oʻxshash holat kuzatiladi. Shuning uchun boʻlsa kerak, oxir-oqibat ular baribir 
muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «Oʻzi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» 
degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli 
tugatgach, koʻtarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari
har qanday ishni yakunlagandan soʻng, uning natijasidan qat‘iy nazar, ruhan 
tushkunlikka tushadilar va ogʻrinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu 
oʻrinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yoʻnalgan 
shaxslarning oʻzlariga nisbatan qoʻygan talablari darajasi ham yuqori boʻlsa, 
ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past boʻladi. Bunday tashqari har 
birimizdagi oʻzimizdagi real qobiliyatlar toʻgʻrisidagi tasavvurlarimiz ham ushbu 
motivlarning faoliyatdagi oʻrniga ta‘sir koʻrsatadi. Masalan, oʻzidagi qobiliyatlarga 
ishongan shaxs hattoki, magʻlubiyatga uchrasa ham, unchalik qaygʻurmaydi, 
keyingi safar hammasi yaxshi boʻlishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina 
berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qaygʻurib boshdan 
kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qaygʻurish sifati 
ham ma‘lum ma‘noda motivlar xarakterini belgilaydi. 
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va 
oʻz-oʻziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham 
belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon boʻlishini biror 
mas‘uliyatli ish oldidan oʻzimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz 
bilan baholasak boʻladi. Masalan, mas‘uliyatli imtixon topshirish jarayonini 
olaylik. Ba‘zi talabalar imtixon oldidan juda qaygʻuradilar, hattoki, qoʻrqadilar 


92 
ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu 
jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan boʻlsalar 
ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman 
begʻam boʻlib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa 
vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha boʻladi. Bunga 
har bir shaxsdagi da‘vogarlik darajasi ham ta‘sir qiladi. Da‘vogarlik darajasi 
yuqoriroq boʻlganlar bilgan-bilmaganini isbot qilishga oʻrinsalar, ana shunday 
darajasi pastlar bor bilganini ham yaxshi aytib berolmay, yana oʻqituvchi bilan 
tortishmaydilar ham.
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari
shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara 
olishimiz kerak.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling