94
komponentlarida uygʻunlik yoʻqligini koʻrsatadi. Bu bir qarashda soʻz va ish birligi
tamoyilining turli shaxslarda turlicha namoyon boʻlishini eslatadi.
Agar odam bir
necha marta bila turib, ijtimoiy
xulqka zid harakat qilsa, va bu narsa bir necha
marta
qaytarilsa, u bu holatga oʻrganib qoladi va ustanovkaga aylanib qolishi
mumkin. Shuning uchun ham biz ijtimoiy normalar
va sanksiyalar vositasida
bunday qarama-qarshilik va tafovut boʻlmasligiga yoshlarni oʻrgatib borishimiz
kerak. Bu shaxsning istiqboli va faoliyatining samaradorligiga bevosita ta‘sir
koʻrsatadi.
Qisqacha xulosalar:
Shaxs va uning faolligi masalasi doimo dolzarbdir.
Shaxs faoliyati turlariga
oʻyin, mehnat, oʻqish, muloqot kiradi. Shaxsdagi harakatlar jismoniy va aqliy
harakatlarga boʻlinadi. Ularning har bir oʻz tuzilmasi va xususiyatiga ega. Shunga
koʻra tashqi va ichki faollik kuzatiladi. Shaxs harakatida motivlar muhim boʻlib,
ular
ijtimoiy xulq motivlari, shaxs motivasiyasi, motivlar kabi turlarga boʻlinadi.
Shaxsda muvaffaqiyatga erishish va magʻlubiyatdan qochish motivlari koʻrinadi.
Ishlab
chiqarish
jarayonida
roʻy
beradigan
turli
vaziyatlarda
shaxs
motivasiyasining oʻzgarishi va uni boshqarish masalalari muhim boʻlib, uni
oʻrganish har bir shaxs uchun zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: