Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Oʻz-oʻzini nazorat va muhokama qilish uchun savollar


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

Oʻz-oʻzini nazorat va muhokama qilish uchun savollar: 
1. Faollik soʻzining ma‘nosi qanday? 
2. Inson faolligining turlari? 
3. Aqliy harakat koʻrinishlari kanday? 
4. Interiorizasiya deb nimaga ataladi? 
5. Eksteriorizasiya qanday jarayon? 
6. Malaka va koʻnikmalar qanday hosil boʻladi? 
7. ―Motiv‖ va ―motivasiya‖ tushunchalari qanday ma‘noga ega? 
8. Shaxsiy dispozisiyalar nima? 
9. Motivlarning qanday turlari mavjud? 
10. Ijtimoiy ustanovka qanday ahamiyatga ega? 
 


95 
6-MAVZU. KASB TANLASHDA SHAXSNING IJTIMOIY BORLIQNI 
BILISHI.
6.1. Bilish jarayonlari.
6.2. Idrok va uning xususiyatlari. 
6.3. Muxandis kadrlar shaxsining bilish faoliyatida diqqatning oʻrni. 
6.4. Xotira va shaxs tajribasining boyligi.
6.5. Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati 
6.6. Tafakkur shakllari va operatsiyalari. 
Tayanch ibora va tushinchalar: bilish jarayonlari, idrok, idrok xususiyatlari,
diqqat, diqqat xususiyatlari, xotira, xotira tiplari
6.1. Bilish jarayonlari  
Professional faoliyat shaxsdan juda koʻp bilimlarni hamda malakalarni talab 
qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar 
muammosi), endi oʻz faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va oʻz ustida 
muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu 
nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yoʻnalishiki, unga faqat 
kasbiga taalluqli boʻlgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil boʻlish yoʻllari 
va malakalarning takomillashuvini ta‘minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni 
bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning 
mohiyatini va kechishini bilish demakdir.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jaraѐnlardan 
iborat. SHuning uchun ham atrof-muhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi 
ongni o‘rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. 
Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu 
jarayonlar shu qadar birbirlari bilan bog‘liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning 
o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, 
uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan ѐki o‘qigan tekstingizni eslab 
qolasiz. Yoki biror narsa to‘g‘risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi 
idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va 
diqqat kerak bo‘ladi. Hattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan 


96 
reaktsiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu yerda qanday paydo 
bo‘lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnikasi chiqqandan keyin odamning o‘z psixik 
jaraѐnlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma‘lumotlarni qabul qilish (an‘anaviy 
idrok deb ataluvchi jarayonga o‘xshash), ularni qayta ishlash (tafakkurga o‘xshash) 
va uni saqlash (xotira) haqida ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi 
tabiiy jonli jaraѐnlar ahamiyati va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi.
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffaqiyatli amalga 
oshirilishi aslida inson psixikasi komp`yuterdan ko‘ra murakkabligi va odam 
anglagan ma‘lumotlaridan ko‘prok narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. 
Masalan, maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‘rmaѐtgan, his qilmaѐtgan 
juda kuchsiz signallar ham fiziologik reaktsiyalarni keltirib chiqaraѐtganligi qayd 
etildi. Masalan, shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘raѐtganda bir sekundda 24 
kadrni idrok qiladi va biror tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday 
eksperiment qilishdi: kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoѐn etildi. 24 ta kadr 
o‘rniga 25 kadr berib, o‘sha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan ѐzuv berildi. 
Tabiiy, oddiy idrok bu bitta kadrni ilg‘amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu 
ichimlikni ichish kadrdan keyin 18 foizga oshgan.
Demak, aslida ong bu ma‘lumotni qabul qilgan, lekin real anglash, oydinlashuv
ro‘y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib 
qolamizda, o‘ylanamiz: qaerda ko‘rgan ekanman? Hech eslolmaysiz, lekin yuzi, 
ko‘zi va boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam 
ko‘rgan-kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina 
chiqara olamiz. Faqat, kasal bo‘lib yoki biror narsadan qattiq tashvishga 
tushganimizda kallamizga har xil uy-fikrlar kelaveradi. O‘shalar aslida bor 
narsalarning beixtiyor tiklanishi.
Ongdagi ma‘lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy 
sababi - odam har qanday ma‘lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun 
«ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. 


97 
U o‘z ongida barcha mavjud ma‘lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, 
o‘zgartiradi. Shuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos va qaytarilmasdir - 
individualdir, deyiladi. Bilish jarayonlardagi individuallik sabablarini tushunish 
uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan tanishamiz.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling