Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»
Sezgi psixik jarayonlarning boshlang’ich darajasi hisoblanadi. Faqat
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)
Sezgi psixik jarayonlarning boshlang’ich darajasi hisoblanadi. Faqat
sezgi jarayoni orqali ma’lumotlar bizning ongimizga kirib keladi. Sezgining psixik xususiyatlarini tushunish uchun sezgining turli tomonlarini tahlil qilishimiz kerak. Biz sezgini signalli va aks ettiruvchi funktsiyalarini ajratishimiz kerak. Bir tomondan sezgi organizm uchun sharoitlarni ajratuvchi signal hisoblanadi. Biroq, sezgining o‘rni shu bilan yakunlanmaydi sezgi aks ettirishning maxsus funktsiyasiga ega, ular iz yoki ob‘ektiv dunyoning sub‘ektiv obrazini yaratadilar bu inson va hayvonlarga o‘zini tutish imkoniyatini yaratadi. Bizga ma‘lumki inson yoki hayvon organizmlariga kirib kelayotgan ma‘lumotlar signallar tizimiga ega. Hayvonlar uchun bu signallar tizimi oziqlanish, himoyalanish yoki jinsiy xarakterga egadir. Hayvonlar uchun signallar tizimi faqat hayot uchun ahamiyatli holatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Masalan: mushuk qo‘ng‘iroq tovushiga e‘tibor bermasligi mumkin, lekin sichqonning qimirlayotgan tovushiga javob reaktsiyasini qaytara oladi. Ona qattiq tovushga e‘tibor bermasligi mumkin, biroq farzandining yig‘i tovushiga uyg‘onadi. Sezgini faqat ―signallar‖ tizimi deb e‘tirof etilsa xato bo‘ladi. Ular narsalarning sub‘ektiv xususiyatlarini ham aks ettiradilar. Sezgi tufayli bizda ob‘ektiv dunyoning sub‘ektiv obrazi paydo bo‘ladi. Bu ob‘ektiv dunyoning sub‘ektiv obrazi insonni tashqi muhitga moslashish imkoniyatini beradi. Inson psixikasi shunday murakkab tuzilganki u o‘zi uchun nafaqat qiziq bo‘lgan signallarni balki mavjud bo‘lgan tashqi dunyoning ob‘ektiv holatlarini ham qabul qiladi. 98 Sezgining paydo bo’lishi Ko‘pgina olimlar sezgi haqida o‘z qarashlarini keltirib o‘tishgan. Birinchi qarash: sezgi tashqi olam bilan aloqa o‘rnatuvchi jarayondir. Faylasuf idealistlar sezgi organlar bizni tashqi dunyo bilan birlashtirmaydi, balki ulardan ajratadi. Sezgi organlari orqali real bo‘lmagan mavjud bo‘lgan ob‘ektlarni qabul qilamiz. Bu fikrlar ingliz faylasufi Berkli tomonidan keltirilgan. I.Kant ham bu fikrni tasdiqlagan, nemis faylasufi Ernest Max tomonidan ham bu fikrlar tasdiqlangan. Masalan men yashil rangdagi maysaga qarayapman, lekin bu ob‘ektiv yashil rangni idrok qilayapmanmi. Ya‘ni insonning ko‘z gavhariga tushgan nur rangni o‘zgartiradi Berklining fikriga ko‘ra, biz haqiqatdan ham maysaning rangini bilmaymiz shuning uchun ham biz illyuziyalar dunyosida yashaymiz. Chunki, bu holatlar bizning sub‘ektiv fikrimiz hisoblanadi. Sezgilar toʻgʻrisidagi ilmiy ta‘limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, ularning tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib sezgilarning oʻzi esa tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilarning sezgi a‘zolariga ta‘sir etishining mahsulidir. Ingliz olimi Ch.Sherrington sezgilarning ushbu tasnifini beradi: 2) interioreseptiv sezgilar, ya‘ni inson ichki tana a‘zolari holatlarini aks ettiruvchi sezgilar. 1) eksterioreseptiv sezgilar, ya‘ni tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan reseptorlar. 99 Birinchi turkum sezgilarni koʻrish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta‘m-maza kabi turlar tashkil qiladi. Koʻrish 380-770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat. Eshitish chastotasi 16 dan 20 000 gacha boʻlgan tovush toʻlqinlaridan iborat. Taktil sezgilari mexanik qoʻzgʻatuvchilarning teri yuzasida ta‘siri natijasida hosil boʻladi. Ular uchun sezgining yashirin davri 130 millisekund, ogʻriq sezgilari uchun esa 370 millisekund toʻgʻri keladi, maza-ta‘m sezgisi esa til yuzasiga ta‘sir etilgandan soʻng 50 millisekund vaqt oraligida hosil boʻladi. Koʻrish sezgilari bosh miyaning orqa boʻlagiga joylashgan, eshitish sezgilari esa miyaning tepa burmasida joylashgan. Teri-tuyush, harakat sezgilari miyaning markaziy burmasi orqa qismida joylashgan. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling