Andijon mashinasozlik instituti I. M. Sirojiddinova o. X. Pulatova «kasbiy psixologiya»


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/137
Sana29.10.2023
Hajmi4 Mb.
#1733075
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137
Bog'liq
64745eedd17d9 Касбий психология укув кулланма (1)

6.2. Idrok va uning xususiyatlari 
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok 
qiladi.
Masalan, gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ham oʻz ismimizni birov aytib 
chaqirsa, darrov oʻsha tarafga qaraymiz. Ism - figura boʻlsa, bozordagi shovqin - 
fon rolini oʻynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok qilayotgan 
paytimizda 
uni 
albatta 
biror 
fondan 
ajratib 
olamiz. 
 
Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‘rish, 
eshitish va tuyish mumkin. 


103 
Masalan, gul bozorida aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, oʻshani harid 
qilasiz, qolgan gullar fonday ongingiz aktiviga oʻtmaydi.
Shunday qilib,
Ya‘ni, idrokning asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, 
bu obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok oʻziga nisbatan soddaroq boʻlgan sezgi 
jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, xidini, mazasini, rangini 
sezamiz, ya‘ni alohida-alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. 
Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta‘minlaydi. Lekin olimlar idrokni 
sezgilarning oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloq qarshilar. 
Chunki idrok ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon boʻlib, unda shaxsning 
u yoki bu obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol oʻynaydi. 
Masalan, buni isboti uchun koʻpincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita 
qora profil oq fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab, «Bu - 
vaza» deb atasa, boshqalar uni bir-biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon 
tomondan koʻrinishi, deb ta‘riflashi mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta 
shu rasmni koʻrgan odam uni yaxlit idrok qilib, nima ekanligini tushunishga 
harakat qiladi, lekin biror figurani koʻrgach, ma‘lum vaqtgacha boshqasini 
koʻrmay turadi. Agar shu idrok darajasi qolsa, ya‘ni yana nimanidir koʻrishni 
xoxlamasa, u ikkinchi figurani koʻrmasligi ham mumkin. Bu bizdagi idrok 
jarayonlarining faolligimizga, obyektga munosabatimizga bevosita bogʻliqligini 
koʻrsatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning qayfiyatimizga ham bogʻliq. Tashvish 
bilan yoʻlakchadan oʻtib ketayotib, oyogʻingiz tagidagi narsa tugul, roʻparadagi 
odamni ham koʻrmay qolishingiz mumkin.

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling