Andijon Mashinasozlik instituti "Iqtisodiyot" Fakulteti "Iqtisodiyot" yo‘nalishi IV kurs
Download 16.63 Kb.
|
Taqriz
Andijon Mashinasozlik instituti “Iqtisodiyot” Fakulteti “Iqtisodiyot” yo‘nalishi IV kurs 317-guruh bitiruvchisi Sobirov Muhammadrizoning “UzAuto Motors” AJda “Raqamli iqtisodiyotga o’tishdagi natijaviy omillar va xorij tajribalari” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishiga TAQRIZ
Bu borada talaba tanlagan mavzu hozirgi kunda juda dolzarb mavzulardan hisoblanadi. “Iqtisodiyot” yo‘nalishi IV kurs 317-guruhi bitiruvchisi Sobirov Muhammadrizo bizning korxonada 2023-yil 3-apreldan 6-maygacha bitiruvoldi amaliyotini o‘tadi hamda institutda olgan bilimlari asosida ushbu Bitiruv malakaviy ishini tayorladi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 ta bob, xulosa, takliflar, foydalanilgan adabiyotlar hamda “UzAuto Motors” Aksiyadorlik jamiyatining tegishli meʼyoriy hujjatlari asosida tayorlangan ilovalardan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va ushbu maqsadga erishishdagi belgilangan vazifalar hamda mavzuni yoritishdagi manbalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Birinchi bob nazariy qism bo‘lib, unda raqamli iqtisodiyotning mohiyati va iqtisodiy ahamiyati, raqamli iqtisodiyotni ijtimoiy tashkil etish usullari, tarkiblanishi, undan foydalanishning ko‘rsatkichlari tizimi hamda raqamli iqtisodiyotda ilg’or texnalogiyalar o’rni bo‘yicha nazariy fikrlar bildirilgan. Ikkinchi bobda korxonaning tashkiliy-iqtisodiy tavsifi, 2020, 2021 va 2022 yillarda asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda korxonada ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishning holati tahlil qilingan. Uchinchi bobda Raqamli iqtisodiyotning avtomobilsozlikda qo’lanishi va istiqbollari masalalari keltirilgan. Xulosa qismida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar berilgan. Sobirov Muhammadrizo bizning korxonada qisqa fursat davomida faoliyat olib borganiga qaramay, korxonaning ish jarayonlarini puxta o‘rganib, ish faoliyatimizni olib borishda yaqindan yordam berdi. Sobirov Muhammadrizoni kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishiga va iqtisodiyotimiz rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildiramiz. Bitiruv malakaviy ishida hozirgi davrdagi mavjud muammolar o‘rganib chiqilgan va uni ijobiy baholash mumkin. Ishni Yakuniy Davlat Attestatsiyasi Hayʼati muhokamasiga tavsiya etiladi. “UzAuto motors ”AJning “Iqtisodiy rejalashtirish direktsiyasi” Bo’linma boshlig’i : Abdugafurov Shavkatbek Download 16.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling