Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mtmichja yo`nalishi iii-bosqich 191-16-guruh talabasi Abdujabborov samidullo ning Mashinasozlik texnologiyasi-1 fanidan taqdimoti Mashinasozlikda bazalash va bazalar Reja: Bazalash


Download 342 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi342 Kb.
#157902
Bog'liq
Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti MTMICHJA yo`nalishi

Andijon Mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti MTMICHJA yo`nalishi III-bosqich 191-16-guruh talabasi Abdujabborov SAMIDULLO ning Mashinasozlik texnologiyasi-1 fanidan taqdimoti

Mashinasozlikda bazalash va bazalar

Reja: 1. Bazalash asoslari, asosiy tushunchalar 2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi 3. Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо’yicha bazalar sinfi 4. Bazalashning asosiy prinsiplari


Bazalash deb, zagotovkaga yoki biron buyumga tanlangan koordinata sistemasiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. Zagotovkaga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, zagotovkaga stanokning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan ma’lum holat berilishiga aytiladi.

Texnologik amalni bajarish vaqtida, zagotovkaga ma’lum holat berishdan tashqari, uni moslamada qimirlamasligini ham ta’minlash talab etiladi.

Bu ikki masala har xil bо’lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan echiladi, ya’ni fazodagi biron-bir harakatni ma’lum darajada cheklab qо’yish bilan yoki erkinlik darajasidan maxrum etishlik bilan amalga oshiriladi.

Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini tо’la chegaralab (tо’xtatib) qо’yish uchun,uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata о’qlari bо’ylab ilgarilanma va shu о’qlar atrofida aylanma xarakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan aniqlanadi

Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat sistemasiga nisbatan holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata sistemasi bilan detal koordinat sistemasining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir. Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va etarlidir. Bu xulosa bir detalni ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega bо’lib “6 nuqta qoidasi" deb ataladi. Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarni о’rnini о’tovchi boshqa yuzalar, ya`ni koordinat sistemasi bо’lishi kerak.

2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi

Bular quyidagilar:



- Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza.

- Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо’llaniluvchi konstruktorlik baza.

- Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig’ilma birlikni buyumdagi о’rnini (holatini) aniqlash uchun qо’llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda masalan; pog’anali valning tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya’ni: A1 o’lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o’lchamlar uchun esa Ι Ι-sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi.

- Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig’uv bazalari deb yuritiladi



Asosiy

va

yordamchi bazalar

Konstruktorlik

baza

- Texnologik baza deb, zagotovkani yoki buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (8.7-rasm). - O’lchash bazasi-zagotovkani yoki buyumni va о’lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza

Texnologik baza

O’lchash bazasi


Ι,ΙΙ,ΙΙΙ-texnologik baza komplekti; Ι-o’rnatuv baza;ΙΙ-yo’naltiruvchi baza; ΙΙΙ-tayanch baza



A-o’lchov baza sxemasi

Bularga о’rnatuv, yо’naltirgich, tayanch, qо’shaloq yо’naltirgich va qо’shaloq tayanch bazalar;



- о’rnatish bazasi-zagotovkani yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishi va boshqa ikki koordinata о’qlari atrofida aylanish harakatlari);

- yо’naltirgich baza-zagotovkani yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan va boshqa о’q atrofida burilish harakati);

- tayanch baza-zagotovkani yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan yoki о’q atrofida burilish harakati);

- qо’shaloq yо’naltirgich baza-zagotovkani yoki buyumni tо’rtta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishidan va shu о’qlar atrofida aylanma harakatlari);

-qо’shaloq tayanch baza-zagotovkani yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza.

Qo’shaloq yo’naltiuvchi

baza sxemasi

Qo’shaloq tayanch

baza sxemasi 

Bazalar tanlashda boshlang’ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi qо’yilgan о’lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо’yilgan texnik talablar, zagotovka kо’rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan bazalar tо’g’risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо’rib chiqqanmiz.



Bazalar doimiylik prinsipiga amal qilish detal yuzalarining о’zaro joylashish aniqligini oshiradi. Aylanuvchi yuzalarning yuqori konsentrikligini ta’minlash, kо’p hollarda о’shu bitta tanlangan bazani kо’p marotaba ishlatish natijasida amalga oshiriladi. Bu prinsipi tо’la amal qilish sun’iy bazalar (yordamchi); bobishkalar, platiklar, markaziy teshiklar, о’rnatuv belchalari va boshqa еlementlar yaratishga olib keladi, va shuningdek barcha ishlov berishlar birlamchi zagotovka qora yuzasidagi bazada bir о’rnatuvda bajariladi.

Baza tanlashda ishlov berish aniqligiga va g’adir-budirligiga bо’lgan talablar mazmuni yozilishi kerak, shuningdek zagotovka materialida mavjud ichki kuchlanishdan hosil bо’lgan deformasiyani yо’qotish maqsadida qaytadan ishlov berilishi kо’zda tutilishi kerak.



Baza tanlash birlamchi ishlov berish rejasiga bog’liq bо’lib, texnologik jarayon loyihalashning keyingi еtaplarida har bir еlementi bо’yicha aniqlab borish natijasida konkretlashtiriladi.

E`tiboringiz uchun raxmat


Download 342 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling