Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo’jalik xisobining bajaradigan vazifalari
Xo’jalik hisobi deganda - xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jixatidan tavsiflashga aytiladi.
Ho’jalik hisobining maqsadi- foydaning shakllanishi jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lishdir. Xo’jalik xisobining bajaradigan vazifalari: a) hisobda aks ettiriladigan ob’ektlarni boshqarish uchun ma’lumotlarni yig’ish, ularni filьtrlash va kerakli axborotni shakllantirish; b) korxonalar faoliyati natijalari xaqidagi axborotni o’lchash va taqdim etish; v) soliq organlariga mahalliy soliqlar, ish haqiga olinadigan soliqlar va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar, transport vositalariga soliqlar, aktsiz yig’imlari va qo’shilgan qiymat soliqlari va xokazolar bo’yicha to’lovlarning to’g’riligini nazorat qilish; g) xo’jalik hisobini mustahkamlashga yordam berish; d) xo’jalik operatsiyalarini samarali boshqarishdan iboratdir. Хo’jalik faoliyatini boshqarish va uning amalga oshirilishi ustidan nazorat o’rnatish uchun esa faqat kuzatishning o’zi yetarli emas. Kuzatish nati-jasida olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifoda etish lozim. So’ngra bu ko’rsatkichlarni shunday qilib ro’yxatga olish ke-rakki, toki ulardan xo’jalikni boshqarish maqsadida har qanday vaqtda foy-dalanish imkoni paydo bo’lsin. Kuzatish, o’lchash va ro’yxatga olish orqali miqdoriy ifoda etish xo’jalik hisobining asosiy mazmunini tashkil etadi. Shunday qilib, xo’jalik hisobi – bu umuman xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining hisobi ekan. Xo’jalik hisobiga undan samarali foydalanish uchun qo’yiladigan talablar quyidagilar: 1.Qisqalik. 2.Aniqlik 3.Tezkorlik 4.Solishtirish imkonining mavjudligi 5.Maqsadlilik 6.Rentabellik 7.Xolislik 8.Egasining mavjudligi 9.Maxfiylik Iqtisodiy taraqqiyot omillari turlicha bo’lib, ular bevosita mablag’lar harakatini tartibga solish bilan, kuzatish va umumlashtirish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Amalga oshirilgan iqtisodiy o’zgarishlarni tartibga solishda hisob turlarini tanlash va ulardan foydalanishga alohida ahamiyat talab qilinadi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling