Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va


Download 2.91 Mb.
bet101/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

5.Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va
taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish.


Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo’yicha ko’rilgan zararlarining farqidir.
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu schyot tranzit bo’lib, aktiv-passiv schyot xarakteriga ega. Schyotning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu schyotning debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to’langunga qadar bo’lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar», 9820-«Boshqa soliq va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarida foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig’imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9810, 9820-«Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar»,
Ushbu muomaladan so’ng 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida qolgan summa korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyotiga o’tkaziladi:
- sof foyda summasiga:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» 152
- zarar summasiga:
D-t 8710-«Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
Aktsionerlik kapitalining muhim bir qismi hisoblangan taqsimlanmagan foyda hisobot davrida ishlab topilgan barcha daromadlardan shu davrning barcha xara-jatlarini ayirib topilgan sof foyda hisobidan yuzaga keladi. Ya’ni sof foyda taqsimlanmagan foyda summasini ko’paytiradi, shu bilan birga hisoblangan divi-dendlar summasi uni kamaytiradi. «Taqsimlanmagan foyda» schyotidagi kre-ditli qoldiq foyda summasini jamg’arilib borayotganidan dalolat beradi. Agar hisobot davrida qilingan xarajatlar summasi shu davrda olingan daromadlardan ko’p bo’lsa, oxir oqibatda bu holat «Taqsimlanmagan foyda» schyotida debetli qol-diqning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Debetli qoldiq summasi balansning "Aktsionerlik kapitali" bo’limida aks ettirilib, umumiy kapital summasidan ayirib tashlanadi. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar hisobini yuritish uchun quyidagi schyotlar ko’zda tutilgan:
«Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)»;
«Jamgarilgan foyda (qoplanmagan zarar)»
Hisobot davrida yuzaga kelgan sof foyda summasini taqsimlanmagan foydaga qo’shilishi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling