Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi
JAVOBGARLIK MARKAZLARI VA XARAJATLARNING KELIB CHIQISH JOYLARINI NAZORAT QILISH
Download 2.91 Mb.
|
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mas’uliyat markazlarining to’rtta turini ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Xarajat markazi. 2. Daromad markazi. 3. Foyda markazi.
4.JAVOBGARLIK MARKAZLARI VA XARAJATLARNING KELIB CHIQISH JOYLARINI NAZORAT QILISH
Boshqaruv hisobining vazifasi rahbariyat faoliyatini rejalashtirish va nazorat bo’yicha harakatlarini ularning natijaviyligi va samarasini ta’minlash maq-sadida baholash hisoblanadi. Xarajatlarni mas’uliyat markazlari bo’yicha tashkil qilish boshqaruv hisobining muhim funktsiyasi hisoblanadi. Mas’uliyat markazi- bu korxona ichidagi segment bo’lib,uning boshida qaror qabul qilish xuquqiga ega bo’lgan mas’ul shaxs turadi. Xarajatlarni mas’uliyat markazlari bo’yicha tashkil qilish kompaniya ichidagi rejalashtirish maqsadlarini qoniqtirishga mo’ljallan-gan. Xarajatlarni mas’uliyat markazlari bo’yicha tashkil qilishning xususiyatli tomonlari quyidagilardan iborat: ■ har bir menedjerni xuquq va mas’uliyatlari doirasini aniqlash: ■ menedjer o’zi nazorat qilishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichlar uchun mas’uldir; ■ ichki hisobot hujjatlarini personallashtirish; ■ mas’uliyat markazlari menedjerlarini o’tgan davrlar uchun hisobotlar va kelgusi davr uchun esa reja (byudjet) tayyorlash jarayonida qatnashuvini ta’minlash; Mas’uliyat markazlarining to’rtta turini ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Xarajat markazi. 2. Daromad markazi. 3. Foyda markazi. 4. Investitsiya markazi. Mas’uliyat markazlarini tashkil qilish boshqaruv nazorati tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.SHuning uchun ushbu mas’uliyat markazlari o’rtasidagi farqni yaxshi bilish lozim. Xarajat markazi - bu ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish,funktsiya,faoliyat yo’nalishi, yoki uskunaning joylashgan joyidir. Xarajat markazi - bu unga nisbatan xarajatlarni aniqlash va keyinchalik xarajat birliklariga olib borish mumkin bo’lgan korxonaning qismi hisoblanib, undagi rahbar faqat o’zining nazorati ostida bo’lgan xarajatlarga javob beradi. Masalan, korxona ichidagi tsexlar, bo’linmalar, partiya, buyurtma, jarayon, alohida turdagi mahsulot va shunga o’xshashlar. Ip gazlama ishlab chiqaruvchi korxonaqsh uchun, masalan, xarajat markazi bo’lib quyidagilar yuzaga chiqishi mumkin: ♦ ip yigiruv tsexi; ♦ to’quv tsexi; ♦ pardozlash tsexi; ♦ materiallar ombori; ♦ korxona buxgalteriyasi va hokazolar Auditorlik firmasi uchun esa, xarajat markazlari bo’lib quyidagi bo’limlar yuzaga chiqishi mumkin: ♦ audit; ♦ konsalting ; ♦ buxgalteriya hisobini tiklash va yuritish. Daromad markazi - marketing (sotish) faoliyati bilan bogliq bo’linmalarni o’z ichiga olib, ularning rahbarlari mahsulotni sotish,xizmatlar ko’rsatish va ishlarni bajarishdan olingan tushum va sotishni tashkil qilish bilan bogliq xarajatlar darajasi uchun javob beradi. Masalan,sotish bo’limi,xizmat ko’rsatish bo’limi, tashqi iqtisodiy aloqalar bo’limi va xokazolar. Foyda markazi - bu korxonaning shunday markazlariki,undagi rahbarlar nafaqat xarajatlar, balki faoliyatning oxirgi natijalari uchun ham javobgardirlar. Bunday markazlarga yirik korxonaning filiallari, sho’ba korxonalari, savdo vakolatxonalari va boshqalarni kiritish mumkin.Ayrim g’arb olimlarining fik-riga ko’ra, bo’linma foyda markazi bo’lishi uchun bo’linma quyidagi talablarga ja-vob berishi lozim : - asosiy maqsad – foyda olish ; - uning rahbari foyda darajasini belgilash bilan bog’liq muhim omillarga ta’sir ko’rsatuvchi qarorlar qabul qilish xuquqiga ega; - rahbariyat foydalilikka asoslangan qarorlar qabul qilish bilan bog’liq usullardan foydalanadi deb faraz qilinadi; - uning rahbari yuqori boshqaruv bo’g’iniga foyda summasi bo’yicha hisob beradi Investitsiya markazi - bu shunday bo’linmaki, uning rahbari investitsiyalar kilish jarayoni bilan bog’liq xarajatlar darajasi, moliyaviy va kapital qo’yilmalarning samadorligi uchun mas’uldir. Masalan, ulushli va qarz qog’ozlarini sotib olish, moliyalashtiriladigan lizing, boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilish, intelektual mulk sotib olishga mablag’ yo’naltirish va boshqalar. Mas’uliyat markazlari bo’yicha hisob tushunchasi nazorat maqsadida egiluvchan byudjetlardan foydalanishni talab etadi. Ko’p xarajatlar boshqaruv nazorati doirasida o’zgaruvchandir.SHunday qilib ular faoliyat darajasi byudjetda ko’rsatilgan darajaga nisbatan o’zgarganda o’zgaradi. Xarajatlar hajmi oshib ketganda agar bunday xarajatlar byudjetda belgilangan ishlab chiqarish hajmidan yuqori bo’lgan nati-ja bo’lsa rahbarni tanqid qilish noto’g’ridir. Va aksincha, agar faoliyat darajasi past bo’lsa, u holda xarajatlar darajasi ham pasayishi kutiladi va o’zgargan ma’lumot-larni aks ettirish uchun boshlang’ich byudjet o’zgartirilishi lozim. Egiluvchan byudjet - bu shunday byudjetki, doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar cheklanaishi natijasida mahsulot ishlab chikarish hajmi o’zgarishiga javoban o’zgarishi uchun ishlab chiqilgan. Egiluvchan byudjetga asoslangan og’ishlar xaqidagi hisobot xaqiqiy erishilgan faoliyat darajasi bo’yicha byudjetda belgilangan xarajatlar bilan xaqiqiy nati-jalarni solishtiradi. Mazkur hisobot alohida ta’kidlanishi kerak bo’lgan smeta hajmidagi o’zgarishlarga tushuntirish bermaydi. Download 2.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling