Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Download 2.91 Mb.
bet61/195
Sana18.06.2023
Hajmi2.91 Mb.
#1556951
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   195
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Kt «Bank xizmati» 5500

Investitsiyalar kirimi korxona ta’sischilar tomonidan qilingan badal sifatida ham yuzaga kelishi mumkin.




Dt «Qisqa muddatli investitsiyalar» yoki
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar»
Kt «Ta’sischilarni Ustav kapitaliga badallari bo’yicha qarzdorligi»

Agar investitsiyalarni sotib olish to’liq yoki qisman boshqa aktivlarga almashtirish orqali yuzaga kelsa, ularni hisobga olish tartibini quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin:


Misol. «A» kompaniyasi o’zining doimiy mol yetkazib beruvchisi hisoblangan «V» kompaniyaning nominal qiymati 500 so’m bo’lgan 1000 dona aktsiyasini uzoq muddat davomida daromad olish maqsadida sotib olish niyatini bildirdi. «V» kompaniyasi nominal qiymati 350000 so’m, lekin shu kundagi joriy qiymati 625000 so’m bo’lgan o’z aktsiyalarini «A» kompaniyaning uskunasiga almashtirishi mumkinligini aytdi. Tomonlar roziligi bilan kelishuv imzolandi. Bu xo’jalik muomalasi 12-sonli Buxgalteriya hisobining «Moliyaviy qo’yilmalar» deb nomlangan milliy standartiga ko’ra quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 625000
Kt «Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa
sabablarga ko’ra chiqib ketishi» 625000

Investitsiyalar qo’shma, shu’ba va qaram korxonalarni Ustav kapitalida daromad olish maqsadida qatnashish orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda quyidagi buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi:


Dt «Avlod korxonalarga investitsiyalar»
Dt «Xorijiy kapitali mavjud korxonalarga investitsiyalar»
Dt «Qaram korxonalarga investitsiyalar»
Kt «Pul mablag’lari»
Kt «Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa sabablarga ko’ra chiqib ketishi»
Kt «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqa sabablarga ko’ra chiqib ketishi»
Investitsiya sifatida kirim qilinayotgan qimmatli qog’ozlar ko’pchilik hollarda nominal qiymatidan yuqori yoki kam bahoda xarid qilinishi mumkin. Sotib olish va nominal qiymat o’rtasida yuzaga kelgan farq (ustama yoki chegirma) 12-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti talablariga binoan ushbu qimmatli qog’ozlarning harakat muddati davomida hisobdan chiqarilib boriladi.
misol. «A» kompaniyasi hisobot yilining 1 martida nominal qiymati 300000 so’m bo’lgan yillik 24 % daromad keltiruvchi 6 oy muddatga chiqarilgan bank obligatsiyasini 312000 so’mga sotib oldi. Demak bu xo’jalik muomalasi bo’yicha 12000 so’m ustama yuzaga keldi. Bu xo’jalik muomalasi quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtirildi.

Download 2.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling