Andijon mashinasozlik instituti «sanoat tarmoqlari texnologiyasi»
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Download 53.1 Kb.
|
СТТназорат иши(1) (1) (6)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanni o‘qitishning asosiy vazifalari
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyotga ixtisoslashgan talabalarga texnologiyaning asosiy vazifa va tushunchalarini, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, hamda sanoatni tashkil etish masalarini, muhim sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari texnologiyasini, ularda qo‘llaniladigan xom - ashyolar, yangi progressiv texnika va texnologiyalarni, sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining asosiy texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rgatadi. Fanni o‘qitishning asosiy vazifalari - fanning bo‘limlarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirish uchun texnologiyani iqtisodiyot bilan bog‘lay olish; texnologik tushunchalar, qonuniyatlarni bilish; xom ashyolar, energiya va suv resurslaridan ratsional ravishda foydalanishni egallash; asosiy e’tiborni energiya va resurslarni tejay oladigan texnologiyalarga qaratish. Ilmiy-texnika revolyutsiyasi (ITR) va ilmiy-texnika taraqqiyotining (ITT) asosiy yo‘nalishlarini, progressiv texnologik jarayonlarini, kam chiqitli texnologiyalarni, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan samarali foydalanishni, sanoat materiallari, mahsulotlarini, konstruktsiya va inshootlarni ishlab chiqarishning hozirgi zamon texnologik jarayonlarini bilish va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishdan iborat. «Sanoat tarmoqlari texnologiyasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: -mavjud ishlab chiqarishni kelajakdagi rivojlanishi masalalari; olib borilayotgan texnologik operatsiyalarni mohiyati; texnologik moslamalarini va agregatlarning ishlash printsiplari; olib borilayotgan jarayonlarning rejimini, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishni, atrof-muhit muhofazasi, mahsulot ishlab chiqarishning ratsional usullarini tanlash va kelajakda uning tannarxini kamaytirish yo‘llari; ishlab chiqarish sohasiga doir bo‘lgan qonuniy va huquqiy xujjatlarni, O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi ma‘lumotlari haqida bilishi kerak; - turli xildagi texnologik jarayonlar variantini baholay olish va mahsulot ishlab chiqarishni eng qulay optimal variantini tanlashni, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tannarxini kamaytirish; ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari masalasini; agregatlarning ishlab chiqarish quvvatini, uskunalarning ishlash vaqti; ishlamay turib qolish va uning sabablari; ishlash vaqtida asbob-uskunalar, mashina va mexanizatsiyalardan foydalanish; ishlab chiqarishga yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni; ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni, mahsulot sifatini va boshqalar bo‘yicha ko’nikmalarga ega bo‘lishi kerak; - fan, texnikani hozirgi zamon tendentsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, ularni bozor munosabatlariga o‘tkazish printsiplari to‘g‘risida; kishilik jamiyatni mavjud bo‘lishi, rivojlanishi uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish usullari; ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi texnikani joriy etish, texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni takomillashtirish, rentabellik va fond qaytimi darajasini oshirish, moddiy resurslardan samarali foydalanish, mahsulot sifatini oshirish haqidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Download 53.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling