Andijon mashinasozlik instituti "Yer usti transport tizimlari" kafedrasi


Download 16.77 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi16.77 Kb.
#1648399
Bog'liq
Ichki taqriz


Andijon mashinasozlik instituti “Yer usti transport tizimlari” kafedrasi
assistenti M.A.Ro’zimatov tomonidan o‘tilgan “Yer usti transport tizimlari ekspluatatsiyasi” fanidan “Avtomobilning yurish qismiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari tеxnologiyasi” mavzusidagi ochiq dars ma’ruzasiga


TAQRIZ

Andijon mashinasozlik instituti “Transport va logistika” fakulteti “Kasb ta’limi (5310600-YUTT va UE)” yo’nalishi 4-kurs 244-17-guruh talabalari uchun assistent M.A.Ro’zimatov tomonidan 2021 yil 23 mart kuni “Yer usti transport tizimlari ekspluatatsiyasi” fanidan “Avtomobilning yurish qismiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari tеxnologiyasi” mavzusi yuzasidan ochiq darsi kuzatildi.


Dars davomida o‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni haqida quyidagicha aytib o‘tdi:
Fanning dolzarbligi unga nisbatan tobora ortib borayotgan talab va qiziqish transport vositalari konstruksiyasi va texnik ekspluatatsiyasining rivojlanish yo‘nalishlari, zamonaviy muammolari nuqtai-nazardan yondashishning samaradorligi bilan belgilanishi.
Shu bilan birga mavzuga doir quyidagi asosiy ma’lumotlarni aytib o’tdi, yurish qismi ramalar, o‘qlar va g‘ildirak osmalaridan iborat bo‘lib, ularning nosozligi avtomobil harakatlanishida shovqin, tebranish, g‘ichirlash va siltanish kabi nohush holatlarni keltirib chiqaradi, natijada haydovchi va yo‘lovchilarning toliqishi va avtomobilda tashiladigan yukning sifati pasayadi.
Yurish qismidagi asosiy nosozliklariga asosan, avtomobilning eng yuqori yuk ko‘taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, shuningdek, shakl berilmagan yo‘llarning og‘ir sharoitlarida ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib egiladi, unda yoriqlar paydo bo‘ladi, parchin-mixli birikmalar bo‘shashadi, dvigatel va transmissiya agregatlarining o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi buziladi.
Oldingi ko‘prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangligining buzilishi, ko‘prik balkasi va burilish richaglarining egilishi, shkvorenni o‘rnatish teshigining, shkvoren va uning vtulkasining, buriluvchi sapfalar podshipniklarini o‘rnatish teshigining yeyilishi misol bo‘ladi. Oldingi ko‘prik detallarining yeyilishi g‘ildiraklar o‘rnatish burchaklarining buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi.
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklarni bilish kerakligini hamda yurish qismidagi nosozliklarni ko’rgazmali vositalar va stendlar orqali ko’rsatib talabalarga tushuntirib berib o‘tdi.
Bundan tashqari yo‘l sharoitida shinalarni teshigi qo‘ziqorinsimon tiqinlar yordamida berkitiladi.Tiqin shinani ichki tomonidan maxsus bigiz yordamida tiqiladi.
Kameralar esa pishmagan rezina bilan, yo‘l sharoitiga mo‘ljallangan yamash moslamalari yordamida yamaladi. Yo‘lda yamash moslamasi, maxsus vint yordamida bir-biriga yaqinlashtiriladigan yassi plitkalardan iborat bo‘lib, ularga ichidan qizdirish elementlari o‘rnatilgan bo‘ladi, hamda akkumullyator batareyasi yordamida ishlashi haqida ma’lumotlar aytib o’tdi.


Taqrizchi: YUTT kafedrasi katta
o’qituvchisi S.S. Ortiqov

Download 16.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling