Andijon mashinasozlik instuti transport va lagistika fakulteti transpor vositalari muxandisligi yo’nalishi 2-bosqich 99-21-gurux talabasi oboqulov abdumajidning elektronika va elektrtexnika fanidan mustaqil ishi
Download 0.7 Mb.
|
OBOQULOV ABDUMAJID
Elektr yuritmalaming asosiy turlari va ularning vazifalari. Barcha elektr yuritmalami funksional vazifalari, energiyaning boMinishi, ish mashinasi chiqish o‘qining harakat shakli, iste’mol qilayotgan tok turi, o‘zgartgich, dvigatel, uzatish va boshqarish qurilmalarining o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa holatlari bo‘yicha bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Funksional vazifalari bo‘yicha elektr yuritmalar bosh va yordamchi elektr yuritmalarga bo‘linadi. Bosh elektr yuritma jarayonning asosiy operatsiyasini yoki ish mashinasining ijrochi organini harakatga keltiradi. Yordamchi elektr yuritma esa, mashinaning yordamchi organlarining harakatini ta’minlaydi. Masalan, tokarlik dastgohi bosh elektr yuritmasi ishlov berilayotgan detalni aylanma harakatga keltiradi, yordamchi elektr yuritma esa kesish asbobini detaining bo‘ylamasi bo‘yicha ilgarilama harakatga keltiradi.
Kuchli o ‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizimini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantirish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasining asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq. Boshqarish va axborot qurilmalari energiya oqimi W va mashinalaming ishchi organlari harakatlarini boshqarishning berilgan qonuniyatlar bo‘yicha shakllantirish uchun moijallangan. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmani avtomatik boshqariluvchi elektromexanik tizimning (ABT) keng qo‘llaniladigan turi deb qarash mumkin.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling