Andijon mashinasozlik isntituti tmj yo’nalish 3 kurs k 14 20 guruh Sotvoldiyev Diyorbekning O’zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fanidan mustaqil ishi
Download 0.73 Mb.
|
1 2
Bog'liqMahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida
Andijon mashinasozlik isntituti TMJ yo’nalish 3 kurs K 14 20 guruh Sotvoldiyev Diyorbekning O’zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fanidan MUSTAQIL ISHIMahalla fuqarolik jamiyati instituti sifatida Reja : 1. O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining o‘rni 2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokartik tamoyillar asosidagi o‘zini-o‘zi boshqarish tizimining tiklanishi. 3. Mahallaning fuqarolarning demokratik qarorlari qabul qilishda tshtirokini ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o‘rni. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahondagi ilg‘or demokratik mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qaror topishi bilan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning jamiyatni boshqarishidagi asosiy instituti sifatida takomillashib kelmoqda. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (g‘arbda «munitsipal» deyiladi) deb, u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarish tushuniladi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish nomarkazlashish tamoyillari asosidagi boshqaruv bo‘lib, uning asosiy belgilari, bu-mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishligi va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatiga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqilligidir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat tashkilotining unsurlarini tashkil etadi. Shuningdek, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimidagi yuqori darajaga taalluqli bo‘lmaydi. Chunki, odatda hududlarni boshqarish funksiyalarining aksariyati hukumat va alohida vazirliklarning quyi organlariga berilgandir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar tomonidan saylanishi, shuningdek, mahalliy aholining vakillari sifatidagi rasmiy o‘rinlarga binoan vakillik tizimining tarkibiy qismlaridan biridir. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari aholi uchun ulkan ahamiyatga egadir. O‘zini o‘zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvining boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan byurokratizmga berilish kamroq bo‘ladi. Ana shu barcha fazilatlar saylanuvchi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni demokratiya qadriyatlaridan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratdi. G xollis va K. Plokker (yevropa ittifoqi ekspertlari) kabi olimlar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir tushunchalarni talqin qilib unga binoan, «mahalliy boshqaruv» deganda «davlat boshqaruvidan qo‘yidagi barcha darajalarni, «mahalliy hokimiyat» deganda- «saylangan kengash va uning ijroiya organlari vositasida o‘z saylovchilari manfaatlarini ifoda etuvchi va harakat qiluvchi tashkilotlar», «mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish»ni esa- «milliy boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirishi va boshqarishi» dir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, mashhur olim aleksis de tokvil ning talqinicha, «shunday bir siyosiy institutki, u nafaqat siyosatchilar uchun, balki, umuman barcha fuqorolar uchun bir maktabdir. Bu insitutga xos bo‘lgan imkoniyatlar shu qadar yuyuyuyuksakki , u fuqarolarning keng siyosiy ishtirokii uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarii siyosiy madaniyat elementlarini shakllantirishningg ham beqiyos omilidir. Oxir oqibatda bu organlar faoliyati siyosiy tizimning bir butun barqarorligi va moslashuvchanligini taa’minlab beradi. Millat jamoaviy institutlarsiz ham erkin hukumat shakllantirishi mumkin, lekin u erkinlikning haqiqiy ruhiyatiga ega bo‘la olmaydi.» Milliy mustaqillik davriga kelibgina fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning qonuniy maqomini mustahkamlash, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, poselka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakat 8142 ta mahallalar musatqil tashkilot sifatida qaytadan mustahkamlandi va ularning aksariyati o‘zining qadimgi nomlarini va xalq o‘rtasidagi obro‘ e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar. O‘zbekiston respublikasi kosntitutsiyasining 105-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlariga quyidagi huquqiy ta’rif berildi: «shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi,faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aperlda qabul qilingan «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida (yangi tahriri)»gi qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy tushunchasi quyidagicha ta’riflandi: «fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishi-fuqarolarning o‘zbekiston respublikasi kosntitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faolyaitidir». Ko‘rinib turibdiki mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilqor demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar bilan bir xil tarzda ifodalandi. Hozirgi davrga kelib, jamiyatimiz siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga boshqaruvning turli yo‘nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahalla o‘z hududida yashayotgan fuqarolar turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar faxriylar, yetimlar, baynalminal-harbiylar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi, mahalla faollarini mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi.Shu bilan birgalikda insonni ma’naviy yuksalishi vaamaliy tashabbuslarini namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi, moddiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlanadi. Mahalla fuqorolar yig‘ini ijtimoiy ta’minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yrdam. Kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz kishilarga beg‘araz moddiy yordam ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o‘z zimmalariga olganlar. Shu bilan birga , mahallalar o‘z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yuli bilan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o‘rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga bosh va qosh bo‘lmoqda. Respublika «mahalla» xayriya jamg‘armasi, uning viloyat shahar,tuman bo‘limlari bilan hokimliklar hamkorligida har yili «eng yaxshi mahalla», «eng ibratli oqsoqol», «mahalla jonkuyari», «eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelindi. Ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari har yili obro‘li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, qimmatli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston oqsoqollar kengashi va respublika «mahalla» jamg‘armasining aholini huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish maqsadlarida o‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasini mahallalarda o‘rganishni tashkil etish komissiyasi ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan «mahalla darsxonasi»ning mavzular rejasi jamoatchilik e’tiboriga yetkazish uchun «mahalla» gazetasida e’lon qilib borildi. Hozirgi davrga kelib, jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga boshqaruvning turli yo‘nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahalla o‘z hududida yashayotgan fuqarolar turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, yetimlarp, baynalminal-harbiylar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi, mahalla faollarini mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi. Shu bilan birgalikda insonni ma’naviy yuksalishi va amaliy tashabbuslarini namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi. Mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy ta’minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz kishilarga beg‘araz moddiy yordam ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o‘z zimmalariga olganlar. Shu bilan birga, mahallalar o‘z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yo‘li bilan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o‘rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga bosh va qosh bo‘lmoqda. Albatta, bu faoliyat faqat fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda. Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari, «mahalla» jamg‘armasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi. 2001 yil may-iyun oylarida mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla, ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig‘inlarigao‘tkazilgan saylov bu soha rahbarlarini yetuk kadrlar hisobiga sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keldi. O‘zbekiston respublikasi oliy majlisi kengashiningn 2001 yil 12 apreldagi «fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida tashkilotchilik qobiliyatiga hamda aholi o‘rtasida yuqori obro‘-e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lgan, davlat hokimiyati organlari vakolatlarining bir qismi bosqichma-bosqich fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilishi munosabati bilan, ushbu organlar oldida turgan vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan shaxslar oraida fuqarolar yig‘inlari rais va oqsoqollari va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tanlash maqsadi qo‘yildi. Rivojlangan yevropa va shimoliy amerika mamlakatlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lish maqomiga erishi tajribalaridan kelib chiqib, shuningdek, bu sohaga doir milliy mreos va an’analardan foydalangan holda o‘zbekistonda «kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy dasturdan kelib chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inlarining mustaqilligini va huquqlarini hayotda to‘la amalga oshira olish darajasiga yetkazish maqsadlarida ular faoliyatini qo‘yidagi yo‘nalishlarda isloh etish davom etmoqda: -Huquqiy me’yorlar qabul qilish masalalaridagi mustaqillik-o‘z hududi doirasida hamma bajarishi majburiy bo‘lgan –oilalar nizomlar, qarorlar, o‘z hududi doirasidagi aktlar qabul qilish erkinligi; - Kadrlar masalasidagi mustqillik-boshqaruv organlari oqsoqollarini yig‘inning o‘zi tanlashi va saylashi qoidalarini yanada demokratlashtirish: - Boshqaruv masalalaridagi mustaqillik, ya’ni, musatqil ravishda qarorlar qabul qilish va ularni ijrosini ta’minlash imkoniyatlarini yaratilishi; A D A B I YO T L A R: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling