Andijon qishloq xo’jaligi. Agrotexnologiyalar instituti sirtqi bo’lim talabasi. G’ulamova Bibisaro 07 gurux yònalishi spk


Download 9.37 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi9.37 Kb.
#1471715
Bog'liq
Bibisora mevachilik

Andijon qishloq xo’jaligi. Agrotexnologiyalar instituti sirtqi bo’lim talabasi. G’ulamova Bibisaro S2.07 gurux yònalishi SPK .


Mavzu: Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi
Reja:
  • Danakli mevalar haqida tushuncha
  • Danakli mevalar turlari va yetishtirish texnologiyasi
  • Oʻzbekiston tarqalgan danakli meva navlari

Danakli meva daraxtlari - raʼnoguldoshlar (atirgullilar oilasi)ga mansub, mevasi danakli koʻp yillik oʻsimliklar. Ularga oʻrik, shaftoli, olxoʻri, olcha (olvoli), gilos, togʻolcha, jiydadoshlardan jiyda va b. kiradi. D.m.d. Oʻzbekistonning deyarli hamma viloyatlarida bor. D.m.d. urugʻli meva daraxtlarita qaraganda ertaroq gullaydi, 3—4 yilda hosilga kiradi, odatda har yili hosil beradi, danagida, mas, oʻrik magʻzida 60% ga qadar yogʻ boʻladi.
Meva daraxtlari yil davomida bir necha o‘suv fazalarini boshidan kechiradi. O‘zbekiston sharoitida meva daraxtlari kuzda barglarini to‘kib, qishki tinim davriga kiradi. Bahorda kunlar isishi bilan daraxtlar uyg‘ona boshlaydi. Danakli meva daraxtlarining tinim davri urug‘lilarnikiga nisbatan qisqaroq o‘tadi.
Bir xil sharoitlarda olma, nok, olxo‘ri daraxtlari mineral o‘g‘itlarni ko‘proq, o‘rik, gilos va olcha daraxtlari esa kamroq talab qiladi. Olma daraxtlari azotli va fosforli o‘g‘itlarni ko‘proq, o‘rik, gilos va bodom esa kaliyli o‘g‘itlarni ko‘proq talab qiladi. Danakli mevalarga azot ko‘p berilsa kasalliklarni ko‘payish hollari kuzatiladi.
Dunyo mamlakatlari bogdorchiligida D.sh.b.ning gʻoyat xilma-xil turlari qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda meva daraxtlarining koʻpchiligiga past tanali (asosiy tana bal. 50—70 sm) qilib shakl beriladi, natijada meva daraxtlari hosilga erta kiradi, ularni parvarish qilish, butash, zararkunandalarga qarshi kurash, hosilni yigʻib-terib olish osonlashadi. Xiyobonlarga, yoʻllarning chetlariga oʻtkaziladigan daraxtlarga baland tanali (150—200 sm), anjir, anor, koʻpgina past boʻyli payvandtag daraxtlarga asosan buta (tana bal. 50 sm) koʻrinishida shakl beriladi.
Markaziy tana va asosiy shoxlarning joylashishiga qarab D.sh.b. pogʻonali, siyrak pogʻonali, kosasimon, butasimon va b. boʻlishi mumkin.
Pogʻonali shakl (olma, gilos, nok va b. qoʻllaniladi)da asosiy shoxlar tanada pogʻonalab joylashtiriladi, pogʻonada 3—5 tadan shoxboʻladi. Siyrak pogʻonali shaklda (koʻpchilik meva turlari uchun qabul qilingan) daraxtda 5—8 ta asosiy va 1—2 qoʻshimcha shoxlar qoldiriladi. Kosasimon shaklda koʻchat boqqa oʻtkazilishi bilan tanadan chiqqan 3—5 ta shox 20—30 sm uzunlikda krldiriladi, markaziy tana qirqib tashlanadi. Bu shaklda koʻproq shaftoli, olcha oʻstiriladi. Butasimon shaklda (ildizidan rivojlanadigan oʻsimliklar — anor, anjir, turkman olmasi, smorodina, malina va b.) markaziy tana boʻlmaydi, ildizdan 2—3 ta mustaqil tana va ulardan shoxshabba chiqariladi, tanalar qariganidan keyin ildizdan chiqqan yangi tana bilan almashtirilad
1970-yillardan boshlab Oʻzbekistonda Italiyada (prof. Baldosari) kashf etilgan sunʼiy shakl berish usullaridan biri — palmetta shakli (past boʻyli payvandtaglardagi meva daraxtlari — olma, nokni shox-shabbaga yassi shakl berib, soʻri yoki simbagʻazlarda oʻstirish) sinab koʻrildi, lekin sermehnatligi tufayli keng yoyilmaydi. D.sh.b.ning asosiy tizimlari rasmda berilgan.
Mevali daraxtlarni yoshartirish — yangi novdalar oʻsib chiqishi uchun daraxtlarning eski va qurigan shoxlarini kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil berishini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar kariganida, asosiy shoxlarini tiklash, novdalarining oʻsishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini shakllantirish maqsadlarida qoʻllaniladi. Koʻpgina 25—30 yoshdagi olma, nok, 15—20 yoshdagi oʻrik, 8—12 yoshdagi olxoʻri, gilos va boshqa yoshartiriladi. Asosan, fevral— mart oylarida utkaziladi. Yoshartirishning yengil, kuchli hamda butab yoshartirish xillari bor. Yengil yoshartirishda asosiy shoxlar, qulay tomonga rivojlangan yon shoxlar yuqorisidan, kuchlisida asosiy shoxlarning uchdan ikki qismi kesiladi.
Yoshartirilgan olma va nok daraxtlari 4-yilda, oʻrik, shaftoli 2-yildayoq hosilga kiradi. Shoxlarning kesilgan joyiga bogʻ malhami yoki alif aralashtirilgan moyli boʻyoq surib qoʻyiladi. Yoshartirishdan oldin daraxt oʻsayotgan atrof yerning 1 m2 ga 5–6 kg chirigan goʻng yoki goʻng bilan mineral oʻgʻit aralashmasi solib, chopiladi, qondirib sugʻoriladi. Toʻgʻri yoshartirilgan mevali daraxt yana 10—15 yil va undan ham uzok, hosil beradi (yana q. Butash, Daraxtlarga shakl berish, Kallaklash).
O'rik tarkibida ularning o'sish joylari sharoitlari va pamalogik navlariga qarab moddalar miqdori quyidagicha bo'ladi: suv 83-87%, qand 4,5-23,0% , kislatalar 0,2-2,5 %, pektin moddalari 0.4-1,2 %. O'riklardagi asosiy vitamin askarbin kislatasi va korotin xisoblanadi. O'rikning maxalliy navlarida C vitaminining miqdori 20-28% karotin miqdori esa 1,2-3,5% nitashkil etadi. Bu ko'rsatkichlar Qirim maldaviyada yetishtirilgan o'riklar bo'yicha ilmiy adabiyotlarda keltirilgan malumotlardan bir muncha yuqori, bu esa Respublikamizning issiq iqlim sharoiti o'riklarning ko'proq qand pektin moddalari va vitaminlarni to"plash asosiy omil ekanligidan dalolat beradi.
SHaftoli. Tarqlganligi bo'yicha o'rikdan keyingi o'rinda turadi. Shaftolilar asosan xuraki mevalar tarkibida istemol qilinadi. Shuningdek ular mraabbo sharbatlar, kompotlar olishda ham ishlatiladi.
Shaftolilar meva sirtining holatiga qarab tukli va tuksiz, danaginning ajralishiga qarab oson ajraladigan va ajralmaydigan, etining rangiga qarab och va sariq etli turlarga bo'linadi.
Oila (Familia) — biol. sistematikasida taksonomik kategoriya. Tuzilishi va kelib chiqishiga koʻra, bir-biriga yaqin boʻlgan urugʻlar (oʻsimliklarda turkumlar)ni birlashtiradi. Mushuksimonlar O.si mushuklar, qoplonlar, ge-pardlar urugʻini hosil qiladi. Ayrim O.lar juda koʻp, boshqalari ozroq tur-kumlarni oʻz ichiga oladi. Mac, qoqidoshlar 1000 ga yaqin, anordoshlar 1 ta turkumdan tashkil topgan. O.ning lotincha nomi tipik urugʻning lotincha nomiga idae (zoologiya va vi-rusologiyada) va aseaye (botanika, mikologiya, bakteriologiyada) qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Yirik O.lar baʼzan kenja O., tribalar va kenja tribalarga ajratiladi. Kenja O.ning lotincha oti urugʻ otiga inae qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oʻzaro yaqin O.lar zoologiyada turkumlarga yoki botanikada tartiblarga birlashtiriladi.
  • Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 29 мартдаги ПФ-5388-сон “Ўзбекистон Республикасида мева-сабзавотчиликни жадал ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони.
  • Арипов А.У., Арипов А.А. – Уруғли интенсив мева боғлари. Т., 2013. - Б. 224.
  • . Бўриев Ҳ.Ч. -Ҳаваскор боғбонларга қўлланма. Т., 1987.
  • Рибаков А.А., Остроухова С.А. -Ўзбекистон мевачилиги. Т., 1981.
  • Мирзаев М.М., М.Қ. Собиров –Боғдорчилик., Т., 1987.
  • Мирзаев М.М., М.Қ. Собиров -Ўзбекистонда боғдорчилик., Т., 1980.

Foydalanilgan adabiyotlar
Download 9.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling