Andijon tumani 54-umimiy o’rta ta’lim maktabi fizika fani o’qituvchisi Ibragimova dinora Ma’rufjon qizi


takomillashib bo'lmaganini ko'rsatadi


Download 0.88 Mb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi0.88 Mb.
#245957
1   2   3   4
Bog'liq
psixologiya

takomillashib bo'lmaganini ko'rsatadi.

Yurak muskullari tez o'sadi, qon tomirlarining diametri sal

kattaroq bo'ladi, miyaning og'irligi boshlang'ich sinflarda 1250-1400 grammni tashkil etadi. Miya

po'stining analitik-sintetik faoliyati takomillashadi, qo'zg'alish bilan tormozlanish o'rtasidagi munosabat o'zgaradi, lekin qo'zg'alish nisbatan ustunlikka ega bo'ladi. Shuning uchun bolaning

to'g'ri o'sishiga g'amxurlik qilish, toliqishining oldini olish, o'qish va ham olish rejimiga qathiy

rioya etish zarur.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar idrokining salbiy xususiyati obhektlarni bir-biridan

farqlashdagi zaiflikdir. Ular ko'pincha o'rganiladigan materialni noaniq, hatto, noto'g'ri idrok qiladilar,

buning oqibatida aynan o'xshash harflar, so'zlar, narsalar tasviri, shakli, fazoviy joylashuvining

farqini to'la tasavvur qila olmaydilar. Masalan, «q» bilan «k» harflarini, «uqish» bilan «o'qish»

so'zlarini aylana bilan doira shakllarini, kesma bilan to'g'ri chiziq alomatlarini bir-biridan

farqlamaydilar.

Ta‘lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam,

kuchli, to'planuvchan, taqsimlanuvchan, faol, ongli diqqatini rivojlantirishga qulay shart-sharoit

yaratadi. Bilim olish uchun mustaqil aqliy mehnat qilish, misol va masalalar yechish, mashqlarni

bajarish, takrorlash, irodaviy zo'r berishda ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. Shuningdek uning eng

zarur xususiyatlari takomillashadi, bu esa ongli boshqarish imkoniyatini beradi.

Bolalarning diqqati

o'qish faoliyatiga doir maqsadga muvofiq, ijtimoiy motivlar, hamda ularda paydo bo'layotgan yangi

xislatlar(mashuliyatlilik, javobgarlik, uyalish hislari) bilan bir paytda rivojlanadi.

Kichik maktab

yoshidagi o'quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa

chiqarish, taqqoslash, tahlil qilishning turli usullarini qo'llashdek o'ziga xos xususiyatlari bilan

maktabgacha yoshdagi bolalardan va o'smirlar tafakkuridan keskin farq qiladi. Bolalar

tafakkurida yaqqol obrazlarga suyanib mulohaza yuritish, yahni yaqqol tafakkur mavhum

tafakkurdan mahlum darajada ustun turadi va ularning tafakkuri yosh xususiyatiga mutlaqo

mosligini ko'rsatadi.

Ta‘lim jarayonida bolalarning yorqin, aniq, tiniq, yaqqol tasavvur obrazlari xayol

yordamida muayyan voqelikka aylanadi. O'rganilayotgan fan materiallari eshitilgan va o'qilgan

badiiy asarlardagi obrazlar tartibga solinadi, yaxlit bir butunlikdan iborat umumlashgan obrazlar

tizimi yaratiladi. O'qish davomida turmush tajribasida to'plangan taassurotlarni qayta tiklash,

yangi belgilar bilan boyitish, ularni o'zaro birlashgan holatga keltirish yangi obrazlar, ijodiy

izlanishning eng muhim omili-ijodiy xayolni takomillashtiradi.
Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling