Andijon viloyati investitsiyalar va tasqi savdo boshqarmasi


Download 85.21 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi85.21 Kb.
#1454657
Bog'liq
Амалиёт буйруқ




ANDIJON VILOYATI INVESTITSIYALAR VA TASQI SAVDO BOSHQARMASI
B U Y R U Q





УПРАВЛЕНИЕ ИНВЕСТИЦИЙ И ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ


П Р И К А З





2023 yil “03” aprel № 77-sht Andijon sh.








Malakaviy amaliyoti o‘tash to‘g‘risida


  1. Andijon mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 362-19 guruh talabasi Olimjonov Olimjon Axmadjon o‘g‘li boshqarmada 2023 yilning 3 aprel kunidan 2023 yil 6 may kuniga qadar malakaviy amaliyoti o‘tasin.

Asos: Andijon mashinasozlik institutining 2023 yil 3 apreldagi 31-sonli yo‘llanmasi.

  1. Amaliyot rahbari etib boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Raximov tayinlansin.

  2. D.Raximovga malakaviy amaliyoti o‘tovchi talabaga amaliy bilim va qo‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy yordam berish hamda amaliyot natijasi bo‘yicha suhbat o‘tkazish vazifalari topshirilsin.

  3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

Boshliq B.Xamrayev

Andijon Mashinasozlik instituti mashinasizlik texnologiyasi


fakulьteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Olimjonov Olimjon Axmadjon o‘g‘liga berilgan
TAVSIFNOMA

Andijon Mashinasozlik instituti mashinasizlik texnologiyasi fakulьteti 3-kurs “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabasi Olimjonov Olimjon Axmadjon o‘g‘li 2022 yil 30 maydan 2022 yil 6 avgustga qadar Andijon viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi (01.06.2022 y. 107/1-sht-sonli buyruqqa asosan) “Hududiy sanoatni rivojlantirish bo‘limi”da malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadi.


Amaliyot jarayoni talabaning amaliyot dasturi va kundalik ish jadvali asosida tashkil etildi. Talabaga malaka o‘tashdan oldin boshqarma ish tartibi, xavfsizlik qoidalari hamda yo‘l-yo‘riqlar berildi. Talabaning malaka o‘tib borishi va uning muddatiga rioya qilinishi muntazam ravishda nazorat qilib borildi.
Malaka o‘tish davrida talabaga viloyatda sanoat salohiyatini rivojlantirish, korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, ichki bozor talabining qondirilish darajasi bo‘yicha hamda ichki va tashqi bozorlarda muhim sanoat mahsulotlari narxlarining o‘zgarish tendentsiyalari bo‘yicha tahlillar tayyorlash to‘g‘risida amaliy bilimlar berildi.
Talabaning amaliyoti hisobotini yozishga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi, amaliyoti natijalari o‘rganildi va tegishli tartibda baholandi.
Talaba Olimjonov O.A amaliyot davrida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatdi, amaliyotga o‘z vaqtida kelib-ketdi hamda ichki tartib qoidalarga amal qilib bordi. Unga berilgan bilim va ko‘nikmalarni to‘g‘ri o‘zlashtirdi, amaliyot yakuniy suhbatidan muvafaqqiyatli o‘tadi.


Andijon Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish
bosh boshqarmasi xodimlar bilan ishlash
va maxsus ishlar bo‘limi
boshlig‘i R.Tuxtaboyev
Download 85.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling