Andijon viloyati Jalaquduq tumani 5-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Jo’rayeva Jamilaning 2-sinflar uchun tayyorlagan soatlik dars ishlanmasi


I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash. O'quvchilarni darsga hozirlash. II. O'tgan mavzu: Bo'lim yuzasidan takrorlash


Download 1.63 Mb.
bet2/2
Sana12.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1190831
1   2
Bog'liq
2 5256251547452442227

I. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash. O'quvchilarni darsga hozirlash. II. O'tgan mavzu: Bo'lim yuzasidan takrorlash

Savollar:

  • Tabiatdagi qanday qushlarni bilasiz?
  • Uy hnlari va hayvonlardan
  • qaysilarini bilasiz?

    -Bo’limda qaysi matn yoki she’r sizga yoqdi?

    Nima uchun ?

    Darsda faol ishtirok etgan

    o’quvchilar rag’batlantiriladi.


III. Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu e’lon qilinadi
va xattaxtaga yoziladi :
“ Tansihatlik –tuman boylik “.
Dars davomida
Abu Ali Ibn Sinoning
hikmatli so’zlari aytiladi.
Sog’lom tanda sog’ aql.
Ertalabki badan tarbiya tanani qiladi tarbiya.
Tansihatlik –tuman boylik
(O’zbek xalq ertagi)
O’tgan zamonda bir qashshoq yigit donishmand oldiga kelib: -ota , yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo’q, juda qiynaldim, nima qilishni bilmay qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan,-debdi. Chol:
-Sen kambag’almisan?-desa, u:
-Ha, bola-chaqalarim va o’zim ochman , kiyim-kechagimiz yo’q,-deb zorlanibdi. Chol:
-Xo’p, bo’lmasa menga o’ng qo’lingni sot, necha pul beray , - desa, haligi yigit:-Yo’q, o’ng qo’lim o’zimga kerak, sotmayman, -dedi . Shunda chol : -bo’lmasa o’ng ko’zingni sot, -debdi.
-Nega men o’ng ko’zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, -debdi yigit.
Chol shu tarzda yigitning tana az’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi . Yigit”Yo’q” javobinio qaytaravergach , chol unga :
-Ha , butun tanang sog’ bo’lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan?
Kishining tan –joni sog’ligi –tuman boyligi –ku . “Sog’ tanda sog’lom aql”, deb bekorga aytilmagan . Sog’ bo’lsang hamma ish qo’lingdan keladi,kuning o’tadi ,-deb javob beribdi.
Lug’at ishi:
Qashshoq-o’ta kambag’al,faqir. Zorlanib-shikoyatqilib,xafa
bo’lib.
Tuman-nihoyatda ko’p,sanog’iga yetib bo’lmaydigan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
  • Ertakdan qanday hulosa chiqardingiz?
  • Inson yaxshi yashashi uchun nima qilishi kerak deb o’ylaysiz?
  • Dars davomida o’quvchilar “ Tansihatlik –tuman boylik” ertagini navbat bilan “ Zanjir “ usulida o’qiydilar .
  • Ertak mazmunini sahna ko’rinishi yordamida ko’rsatib beradilar.

Test topshiriqlari
  • Donishmand cholning oldiga kim kelibdi?
  • Dono qiz B)Boy yigit D)Qashshoq yigit E) Dehqon

  • 2. Qashshoq yiigit nima deb zorlanibdi?
  • Mem boyman B) men ochman, kiyimim yoq D) ro’zg’orim to’kin- sochin E) mening ilm olgim kelyapti
  • Donishmand chol yigitdan nimasini so’rabdi?
  • Kiyim –kechagini B) idish-tovoqini D) uyini E) tana a’zolarini
  • Yigit nima deb javob beribdi?
  • Yo’q B) ha D) mayli E) o’ylab ko’raman
  • Maqolni davom ettiring. “ Sog’ tanda-sog’lom…..
  • Fikr B) hayot D)boylik E) aql


Maqol
Mehnat qilsang, yasharsan,
Katta-katta osharsan.
Darslikdagi maqolni mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilar mehnat haqida maqollar aytadilar,mazmunlari haqida so’zlab beradilar.
“So’zdan so’z top”
(O’yin)
O’quvchilar “Tansihatlik” so’zidan so’zlar topadilar :
tana, sihat, tani. sina,ana …
V. O’quvchilarni rag’batlantirish.Darsni yakunlash.
O’quvchilarga yanigi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha savollar bilan murojaat etiladi:
1. Insonning tan-joni sog’ bo’lsa nima qilishi kerak?
2. Biror- bir hunarni egallash inson uchun zarurmi?
O’quvchilar darsda ishtirokiga ko’ra baholanadi.
VI. Uyga vazifa
“Tasihatlik-tuman boylik” ertagini ifodali o’qish. Mehnat haqida maqollar yod olish.
E’tiboringiz uchun
raxmat.
Sog’ bo’ling !
Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling