Andijon viloyatida xalqaro yuklarni tashish jarayoni uchun yetkazib berish zanjiriini boshqarishni takomillashtirish
Download 64.54 Kb.
|
!Yulchibayev Omadbek Ulug‘bek o‘g‘li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
ANDIJON VILOYATIDA XALQARO YUKLARNI TASHISH JARAYONI UCHUN YETKAZIB BERISH ZANJIRIINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH Karimova Muyassar Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Andijon Mashinasozlik instituti Yulchibayev Omadbek Ulug‘bek o‘g‘li Andijon Mashinasozlik instituti magistranti Annotatsiya. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi logistika va ta'minot zanjiri boshqaruviga qiziqish ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Logistikada u bo’ylab moddiy va axborot, moliyaviy va servis oqimlari ta’minotchidan iste’molchi tomon o’tib boradigan logistika zanjiri tushunchasi mavjud. Kalit so’zlar: Logistika zanjiri, xalqaro tashish, logistic tizim, logistika kanali, takomillashtirish. Logistika zanjiri – moddiy va hamrohlik qiladigan oqimlar bo’yicha chiziqli tartibga solingan hamda tashqi moddiy manbani bitta logistika tizimidan boshqasiga yoki yakuniy iste’molchiga yetkazish bo’yicha logistika operatsiyalarini amalga oshiruvchi logistika tizimi bo’g’inlari to’plami. Eng oddiy logistika zanjiri ta’minotchi va iste’molchidan iborat bo’ladi. Murakkab logistika tizimlari daraxtsimo strukturaga yoki, masalan, yo’naltirilgan jadval ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin. logistika zanjirining asosiy bo’g’inlari – materiallar, xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar xarid qilish va yetqazib berish; mahsulot va xomashyoni saqlash; tovarlar ishlab chiqarish; tayyor mahsulot omboridan tovarni jo’natish; tayyor mahsulot iste’moli hisoblanadi. Logistika tizimining har bir bo’g’ini o’z elementlarini qamrab oladi, birgalikda ular logistikaning moddiy asosini tashkil qiladi. Integratsiyalangan logistika nuqtai nazaridan to’liq logistika zanjirlari tushunchasini ajratib ko’rsatish mumkin. To’liq logistika zanjiri – moddiy resurslar ta’minotchisidan tayyor mahsulot yakuniy iste’molchisigacha logistika tizimi bo’g’inlari chiziqli tartibga solingan yig’indisi. Tabiiyki, real bozor sharoitlarida bunday zanjirlar amalda mavjud bo’lmaydi. Bu logistika vositachilarining ko’p sonli ekanligi, moddiy resurslar ko’p assortimentli ekanligi, taqsimot kanallari tarqoq ekanligi bilan asoslanadi. SHu sababli amaliyotda odatda «logistika kanali» tushunchasi ko’rib chiqiladi. Logistika kanali – moddiy oqimlarni muayyan mahsulot turi (mahsulot assortimenti) ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslar ta’minotchilaridan yakuniy iste’molchilargacha o’tkazadigan barcha logistika zanjirlari va ularning qismlarini o’z ichiga oladigan logistika tizimi bo’g’inlari tartibga solingan to’plami. Logistika operatsiyalarini rejalashtirish va logistika tizimi elementlari darajalarini tahlil qilish zarurati uni makrologistika va mikrologistikaga ajratishni belgilab berdi. Yetkazib berish zanjiri bu bir nechta kompaniyalar tomonidan materiallarni oxirgi istemolchi tomoniga xarakatlantirilishi. Ta'minot zanjiri - bozorga mahsulot va xizmatlarni yetkazib beradigan kompaniyalarning muvofiqlashtirilishi. Ta'minot zanjiri mijozlarni qoniqtirish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan bosqichlardan iborat. Yetkazib berish zanjiri uz ichiga uch va undan ortik korxonalarni materiallar va tayer maxsulotlarni oxirgi istemolchiga yetkazib berish uchun jalb etadi. SHuni kayd etish lozimki u uz ichiga oxirgi mijozni oladi. 1 – rasm. Yetkazib berish zanjiri klassifikatsiyasini tuzilishi Yuqoridagi rasmda yetkazib berish zanjiri klassifikatsiyasining tuzilishi keltirilgan. Ushbu klassifikatsiyaga asosan u uch guruhga ajratilgan, birinchi guruxiga yetkazib berish zanjirining oddiy bosqichi kiritilgan, ikkinchi bosqichiga yetkazib berish zanjirining o‘rtacha qiyinlikdagi bosqichi kiritilgan va uchinchi bosqichida yetkazib berish zanjiridagi eng qiyin bosqichi kiritilgan. Iqtisodchi olimlarni ayrimlari yetkazib berish zanjirini o’zaro sheriklar zanjiri deb ataydilar, ayrimlari esa yetkazib berish zanjirini ishlab chiqarish logistikasi va taqsimlash logistikasini o’zaro boglikligi deb yuritadilar. Shunday qilib logistik zanjir raqobatbardosh maxsulotni so’ngi istemolchilarga yetkazib berishda qatnashuvchi ko’pgina jismoniy va yuridik shaxslarni chiziqli tartiblangan tizimi xisoblanadi. Download 64.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling