Ishlanma tavsifi:
Suv oqimlarini tartiblashtirishga imkon beradigan qurilma yasash imkoniyati mavjud. Qurilmani ishlab chiqarish jarayonida tadbiq etish mumkin, undan suv favvoralaridagi oqimlarni tartiblashtirishga foydalanish mumkin.
Taklif etilayotgan qurilma favvoralarini chiroyli ko‘rinishga keltirish, turli ranglar bilan boyitish imkoniyatini beradi.
Qurilmaning asosiy maqsadi uning ishchi organlari yordamida suv oqimlarini bir xilda laminar oqim ko‘rinishda saqlab qolishdan iborat.
Ilmiy yangiligi:
Eksperimental tadqiqot natijasida truba ichiga joylashtirilgan naychalar to‘plami uchun eng optimal uzunlik 12-16 sm ekanligi aniqlandi va naychalar to‘plami ortib borishi bilan qarshilik koeffisienti kamayishi ko‘rsatildi, natijada betartib oqimlarni laminar oqimlarga aylantirish qurilmasi yaratildi.
Qo`llanilish sohasi:
Ishlab chiqarish sohasida.
Kutulayotgan natijalar:
Taklif etilayotgan qurilma quvurda qisilmaydigan yopishqoq suyuqliklar harakatida paydo bo‘ladigan laminar oqimni chuqur tahlil etish texnika sohasidagi tadbiqlarda muhim ahamiyatga ega, undan turbulent (betartib) oqimlarni, laminar (qatlamli, tartiblangan) oqimlarga aylantirish zarurati paydo bo‘lganda, jumladan, saylgohlarda istirohat bog‘larida ya’ni, suv oqimlarini samarali boshqarish zarurati tug‘ilganda, ya’ni o‘rnatiladigan favvoralarda suvdan turli yoqimli va rangli tartiblashgan oqimlarni tashkil etishda, insonlarga estetik zavq beradigan ko‘rinishga keltirishda foydalanish mumkin.
Samaradorligi:
Trubadagi suv oqimlarini laminar holatga keltirish o‘ta foydali bo‘lib, iqtisodiy samaradorlikka ega, ya’ni, suv tejamkorligiga olib keladi.
Ishlanma muallifi:
Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mengliyev Shaydulla Abdusalomovich
Manzil:
Termiz shahar, B. Avlod ko‘chasi 43, Termiz davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi
Telefon +998-91-587-86-81, +998937979681, www.tami.uz va www.rd.uz saytlar muallifi
Е-mail: shoydullo@mail.ru
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Quvurlardagi suv oqimlarini laminar ko‘rinishga keltirish qurilmasini yaratish
Termiz-2020
Do'stlaringiz bilan baham: |