Anemiya Reja
Download 0.71 Mb.
|
Anemiya
Kamqonlikning boshqa turlaridan farq qilib, temir yetishmasligidan kelib chiqqan kamqonlikda sideropeniya belgilari bo‘ladi. Bunda bemorning teri qoplamlari, tirnoqlari va sochlarida o‘zgarishlar qayd qilinadi. Teri qoplamlari quruq boiib, oyoq va qo‘lida yorilishlar paydo bo‘ladi. Bemorlaming 10—15 % ida og‘iz burchaklari yorilgan bo‘ladi.
Laboratoriya tekshirishlari. Qonni tekshirganda, eritrotsitlar soni o‘rtacha kamayganda, gemoglobin miqdori ancha pasaygan- ligi aniqlanadi. Anemiyaning bu turi gipoxrom anemiyalar qato- riga kiradi. Surtmadagi eritrotsitlar yomon bo‘yalgan, ularning diametri kamaygan, leykotsitlar soni normadabo‘ladi. Ertaxloroz yoki kamqonlik gormonal buzilishlar, xususan, tuxumdonlar gor- monlarining suyak ko‘migiga rag‘batlantiruvchi ta’sirining pasayi- shi natijasi hisoblanadi. Temir yetishmasligidan paydo bo‘ladigan kamqonlikda qon zardobidagi temir miqdorini aniqlashning ahamiyati katta. Bunda bemor tekshirishga qon topshirish uchun 5 kungacha tarkibida temir bo‘lgan preparatlami qabul qilmay turishi kerak. Qon zardobidagi temir miqdori normada 70—170 mkg % yoki 12,5—30,4 mmol/1 bo‘ladi. Temir yetishmasligidan kelib chiqadigan kamqonlikda esa qon zardobidagi temir 10—30 mkg (1,8—5,4 mkmol/l)gacha pasayib ketishi mumkin.
Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling