Angren shahar 4-ixtisoslashtirilgan davlat


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana16.04.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1361685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOLOGIYA PISA DAFTAR

TAMAKI CHEKISH 
Tamaki sigaret, sigar va va chekish naychalari ko‘rinishida chekiladi. 
Tadqiqotlardan ko‘rinadiki, butun dunyoda har kuni 13 500 ga yaqin odam tamaki 
chekish bilan bog‘liq kasalliklardan o‘ladi. 2020-yilga kelib, dunyodagi barcha 
o‘limlarning 12 % iga tamaki chekish bilan bog‘liq kasalliklar sabab bo‘lishi 
prognoz qilinmoqda. Tamaki tutuni tarkibiga ko‘plab zararli moddalar kiradi. Eng 
ko‘p zarar yetkazadigan moddalar: smola, nikotin va uglerod monoksidi. 
1-savol 
Tamaki tutuni o‘pkalarga yutiladi. Tutundagi smola o‘pkalarga yig‘iladi va bu 
o‘pkalarning normal faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Quyidagilarning qaysi biri 
o‘pkalarning funksiyasidir? 



A Kislorodga to‘yingan qonni tanangizning barcha qismlariga yetkazib
berish 
B Siz nafas olayotgan kislorodning bir qismini qoningizga o‘tkazib berish 
C Karbonat angidrid miqdori nolga tushgunga qadar qoningizni tozalash 
D Karbonat angidrid molekulalarini kislorod molekulalariga aylantirish 
Javob:_______ 
2-savol 
Tamaki chekish o‘pka saratoni va ba’zi bir boshqa kasalliklarga chalinish 
ehtimolligini oshiradi.
Tamaki chekkanda quyidagi kasalliklarga chalinish ehtimolligi ortadimi?
Har 
bir qatorda “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling. 
3-savol 
Ba’zi odamlar chekishni tashlashga o‘ziga yordam berishi uchun nikotinli 
plastirlardan foydalanishadi. Plastir teriga yopishtiriladi va qonga nikotin ajralib 
chiqadi. Odamlar chekishni to‘xtatganlarida yuzaga keladigan kuchli xohishni 
so‘ndirish va simptomlarni yo‘qotishga yordam beradi. Nikotinli plastirlarning 
samaradorligini o‘rganish maqsadida tasodifiy tanlash yo‘li bilan chekishni 
tashlashni xohlovchilardan 100 kishilik guruh shakllantirildi. Ushbu guruh olti oy 
davomida tadqiq etildi. Nikotinli plastirlarning samaradorligi guruhdagi necha nafar 
odam tadqiqot oxiriga qadar chekishni qaytadan boshlamaganliklari bilan aniqlandi.
Quiydagilarining qaysi biri eng yaxshi tajriba rejasidir? 
A) Guruhdagi barcha odamlar plastirlardan foydalanishadi. 
B) Hamma plastirlardan foydalanadi, faqat bitta odam undan
foydalanmasdan turib, chekishni tashlashga harakat qiladi. 
C) Chekishni tashlashga yordam berishi uchun plastirlardan foydalanish yoki 
foydalanmaslikni odamlarning o‘zlari tanlashadi. 
D) Tasodifiy yo‘l bilan tanlanganlarning yarmi plastirlardan foydalanishadi va 
qolgan yarmi esa ulardan foydalanishmaydi. 
 
Javob:_______ 
10 


4-savol 
Odamlar chekishni tashlashlari uchun ularga ta’sir ko‘rsatishning har xil
usullari bor. 
Muammoni hal qilishning quyidagi usullari texnika va texnologiya 
sohasidagi yutuqlardan foydalanishga asoslanganmi?
Har bir holatda “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling. 
Ball___________ 
11 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling