Angren universiteti fan: Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil qilish Mavzu: Axloqiy tarbiya


Axloqiy tarbiya vazifalarini kuyidagilar


Download 418.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi418.06 Kb.
#1561476
1   2
Bog'liq
Axloqiy tarbiya

Axloqiy tarbiya vazifalarini kuyidagilar: 
1. Bolalarda axloqiy his - tuyg‘ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni 
tarbiyalash. 
2. Xulq madaniyatini va ijobiy sifatlarni tarbiyalash.
3 Shasda axloqiy his-tuygularni tarbiyalash. 


4. Xulqdagi salbiy tomonlarni barham toptirish. 
Bu tarzdagi umumiy vazifalar yosh guruhlari buyicha aniqlashtiriladi va 
о‘quv-tarbiya jarayonining mazmunida о‘z aksini topadi. Axloqiy 
tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilar: 
- g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi; 
- ta’lim - tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondoshish; 
- axloqiy tarbiya ishini xayot va zamon bilan xamnafaslikda olib borish; 
- bolalarning faolligi;
- jamoada tarbiyalash; 
- tarbiyaviy ishning sistemalari va izchilligi;
- ta’sirchanligi; 
- oila, bog‘cha, hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; 
- boladagi ijobiy sharoitlarga suyanish, 
- bola shaxsini xar tomonlama rivojlantirishni kо‘zda tutish. 
Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar 
yordamida amalga oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida 
kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari 
vaqtlarda ta’lim berish kun davomidagi maishiy faoliyatda mustaqil badiiy 
faoliyatda, kо‘ngil ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Xar xil
bayramlar San’at vositalari ijtimoiy xayot voqealari, bolalar baiiy adabiyoti, 
musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san’at, о‘yinchoq va о‘yin materiallari, 
ommaviy axborot vositalari, oynai jaxon va radio, kino va diafilmlar, 
diapozitivlar va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir kо‘rsatadi. 
Bunday 
vositalardan 
ma’lum bir izchillik va sistemalilik bilan 
foydalanilgandagina bolalarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish 
mumkin. 
Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq Odob o‘zbek millati 
hayotinipg mazmuni hisoblanadi. Kayerda, qaysi jamiyatda, qaysi davlatda 
yaxshi xulq qaror topsa, o‘sha jamiyatdagi kishilarning hayoti farovon
turmushi tinch, odamlari boy-badavlat bo‘ladi. 


Xulosa 
Xulosa qilib aytganda erta, maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi axloqiy 
tarbiya tajribaga ega bo'lish, o'z his-tuyg'ularini ko'rsatish, xulq-atvor qoidalarini 
o'rganish, boshqalarga do'stona munosabatda bo'lish qobiliyatiga asoslanishi kerak. 
Ko'pincha oddiy bolalar o'yinlari yordam berish uchun olinadi. Ularning yordami bilan 
bola turli xil ijtimoiy rollarni o'ynashga harakat qiladi, ko'proq muloqotga kirishadi
o'zining va boshqa odamlarning his-tuyg'ularini yaxshiroq ifodalaydi va tushunadi. 
Yordam berish istagi va empatiyani bolalar bilan o'ynash orqali ham rivojlantirish 
mumkin. O'yinda bolaning birinchi axloqiy g'oyalari shakllanadi. Ularni to'plagan holda, 
u bu e'tiqodlarni o'z harakatlariga bog'lashi mumkin. U allaqachon ma'lum bir axloqiy 
asosga ega, shuning uchun u o'z tanlovini amalga oshirishga qodir. O'yinda bola jamiyat 
tomonidan 
tasdiqlangan 
me'yorlarga 
rioya 
qilishni 
o'rganadi.


ADABIYOTLAR RO`YXATI 
1. О„zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi. T.,О„zbekiston. 1992. 
2. О„zbekiston Respublikasining Qonuni «Ta‟lim tо„g„risida», 
3. Karimov I.A. Yuksak ma‟naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma‟naviyat” 2008 y. 
4. Karimov I. A. Barkamol avlod О„zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., 
Sharq nashriyot – matbaa konserni, 1998. 
5. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T,, 1995. 
6. Karimov I.A. О„zbekiston XXI asr bо„sag„asida. T., 1997- 
7. Karimov I. A. О„zbekiston kelajagi buyuk davlat. T., 1998. 
8. Karimov I. A. Xalqimizning yuli mustaqillik, ozodlik va tub islohotlar 
yо„lidir. T., 1996. 

Download 418.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling