Angren universiteti fan: Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil qilish Mavzu: Axloqiy tarbiya


Download 418.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi418.06 Kb.
#1561476
  1   2
Bog'liq
Axloqiy tarbiya



 
 
 
 
 
 
ANGREN UNIVERSITETI
 
 
Fan: Maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil qilish
Mavzu: 
Axloqiy tarbiya
 
 
MUSTAQIL ISH
 
 
 

Guruh: MT-108 
Bajardi: Erkabayeva Muxlisa
Qabul qildi: Giyasova M. 
Angren 2023
 


Axloqiy tarbiya 
 
 
Reja: 
 
Kirish
1. Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari 
2. Axloqiy tarbiyaning vazifasi va tamoyillari 
3. Bolalar bog‟chasida axloqiy tarbiya vositalari 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish 
«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bо‘lib, uning moxiyati shaxs 
xatti-xarakatlari, yurish – turishi, turmush tarzi xayot kechirish tamoyillari, 
qoidalari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning 
uchun axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy ruxiy xayotida muxim 
axamiyat kasb etadi. 
«Axloq» tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida 
kishilik jamiyatining ilk boskichida shakllangan.Demak «axloq» tushunchasi 
qadim-qadimdan ijtimoiy falsafaiy, psixologik, pedagogik, tarixiy badiiy, 
etnografik va madaniyat-shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli 
kо‘lamlarda ishlatib kelingan. Axloq (xulq -atvor demakdir) - ijtimoiy ong 
shakllaridan biri bо‘lib, ijtimoiy tartib qoida bо‘lib, bu tartib qoida 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga 
solish vazifasini bajaradi. 
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bо‘lgan ma’naviy 
moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. 
Axloq kishilarning xulq atvor meyorlari va qoidalarini, ularning о‘z-
о‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy 
tushunchalarni о‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning aloxida shaklidir. 
Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar 
tomonidan tо‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, 
axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g‘oyalarsiz shaxsning 
ruhan va jismonan yetukligining asosi bо‘lgan ma’naviy komillik 
shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma’naviy 
jihatdan yetukligi bilan bog‘lanadi. 
Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy 
mazmunga ega uy fikrlari, niyatlar, g‘oyalar, nazariya va ta’limotlar 
mazmunining amaliy faoliyatidagi tarkibida namoyon bо‘luvchi ruhiy 
jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki shaxs ma’naviyati asosida ijobiy 
mazmunga ega bо‘lgan о‘y fikrlar, niyatlar, g‘oyalar, nazariyaning va 


ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini e’tiborga olish lozim. Demak 
о‘zbek xalqining ma’naviyati haqikatgо‘y va adolatli bо‘lish jaholat va 
qabixlik yо‘lini tо‘sish, insoniylik mexr-shavqat ma’rifat dо‘stlik, 
mardlik, birodarlik, mexmondо‘stlik, poklik, xushxulqlilik, insof 
vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.
Qadim-qadimdan о‘zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi 
markaziy о‘rin egallab kelgan. Kaykovusning «Qobusnomasi» dan tortib, Al 
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning 
nazmiy va nazariy Yusuf Xos, Hojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad 
Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq» (Haqiqat sovg‘alari), Imom Ismoil al-
Buxoriyning «Al adab Al-Mufrat kabi jahonga mashhur asarlarida Alisher 
Navoiyning о‘lmas sheriyatida, Munis, Xorazmiyning kabi shoirlar asarlarida 
axloq - odob masalalari yoritilgan. 
Koshifiyning asarlaridagi talim - tarbiya, axloq masalalari kо‘pchilik 
uchun andoza, namuna, odob meyori sifatida qisqa asosli, lо‘nda qilib yozilgan. 
Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim - tarbiyasiga 
bog‘liq. Shundagina u odobli hisob-lanishi mumkin. «Odob - bu qalbni yomon 
sо‘zlardan va nojо‘ya xulqdan saqlay olish, о‘zini va о‘zgalarni xurmat qila 
bilishdir»,- deydi olim. 
Navoiy esa, «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha 
odamlar ichida yoqimlirog‘idir» - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik 
belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan о‘lchanadi, deb ta’kidlaydi va 
barcha insonlarni yaxshi xulqli bо‘lishga chakiradi. 
Shuningdek Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida odob, axloqqa oid 
g‘oyalar ilgari surilgan. Uning birdan - bir orzu-umidi, ideali insonga bо‘lgan 
mehr - muhabbat, samimiylik edi: «Donishmandlar aytadirlarkim, odobli 
inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U 
mansabdor kishilardan gо‘zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. 
Yoshlarni kо‘zga ulug‘ qilib kо‘rsatadigan narsa odobdir». 


Qoshg‘ariy: «Insonlarda oq kо‘ngillilik, bag‘ri kenglik, mehnat- 
sevarlik, sofdililik, rostguylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, katiyatlilik 
kabi fazilatlar, bо‘lishi shart va bular insonning barkamolligidan dalolat 
beradi,- deydi, ammo xasislik, olg‘irlik, ochkо‘zlik, g‘irromlik, pastkashilik, 
tuhmatchilik, xoinlik, yolg‘onchilik kishilarni beburd, axloqsiz qilib qо‘yadi. 
Bunday salbiy xislatlar ularni obrо‘sizlantiradi, hayotini izdan chiqaradi, 
notо‘g‘ri yо‘lga boshlaydi. Pastkash, baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz 
daraxtdan meva kutishga о‘xshaydi». Odobli bо‘lishning fazilati tо‘g‘risida she’r 
va dostonlardan adabiy manbalardan juda kо‘plab parchalar she’riy misralar 
keltirish mumkin. Odobli, yaxshi xulqli bо‘lish tо‘g‘risida dono xalqimiz tо‘qigan 
kо‘plab maqol, matallar asrlar osha og‘izdan og‘izga о‘tib kelmoqda: Odobing-
obrо‘ing odob kishining zebu-ziynati. Oltin olma odob ol. Yaxshilikka yaxshilik 
xar kishining ishidir, yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir.
Maktabgacha tarbiya yoshining о‘ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda 
bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqning suz bilan aniq tasvirlab berolmaydilar. 
Lekin bolalar bog‘chasidagi tо‘g‘ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini 
anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq 
namunalarini kо‘rsalar о‘zlari ham ularga о‘xtashg» qarakat qiladilar 
Axloqiy tarbiyaniig g‘oyaviy asosi uning maqsadi vazifasi va prinsiplarini 
belgilaydi, ruhiy pydagogak lgosi esa, bolalpr bogchasida axloqiy tarbiya 
berishning vazifasi va mazmuni vositalari va metodini qamda pedagogik 
shart - sharoitini belgilab boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni 
axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy 
dunyosini, uniig ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini 
tarbiyalash va rivojlantirishi taqozo etadi.

Download 418.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling