Ayiruv bog’lovchilari.
O’zaro bog’lanayotgan bo’lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko’rsatuvchi bog’lovchilar ayiruv bog’lovchilari sanaladi.
Masalan: yo…yo, goh…goh, dam…dam, bir…bir.
Takror qo’llanuvchi ayiruv bog’lovchisi oldidan yozuvda vergul qo’yiladi.
Zidlov bog’lovchilari.
O’zaro zidlik munosabatida bo’lgan uyushiq bo’laklar va gaplarni bir-biriga bog’lab keluvchi ammo,lekin,biroq bog’lovchilari zidlov bog’lovchilari sanaladi.
Inkor bog’lovchisi.
Uyushiq bo’lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog’lovchi na…na yordamchisi inkor bog’lovchisi sanaladi.
Bunda gapning kesimi tasdiq shakilda bo’ladi. Na qo’shiq, na kulgu,
na churq etgan ovoz eshitiladi. Na kampirning, na Qoratoyning
yupatishlari kor qildi.
XULOSA
O’zaro tobe munosabatda bo’lgan gap bo’lagi va gaplarni bog’lash uchun ishlatiladigan bog’lovchilar ergashtiruvchi bog’lovchilar sanaladi.
Chunki, ya’ni, agar, garchi singari so’zlar ergashtiruvchi bog’lovchilardir.
Adabiyotlar:
1. К.Назаров. Ўзбек тили пунктуацияси, Тошкент, 1976, 33-116-б.
2. М.Мирзаев ва бошқалар. Ўзбек тили, Тошкент, 1978, 245-252-б.
3.К.Назаров. Тиниш белгилари ва ёзма нутқ,Тошкент,1974, 32-61-б.
4. Б.Ўринбоев. Ҳозирги ўзбек адабий тили (синтаксис), Самарқанд, 2001, 162-171-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |