Aniq fanlar
Funsiyalar haqida tushuncha va ularni yaratish
Download 0.61 Mb.
|
O
Funsiyalar haqida tushuncha va ularni yaratish. Dasturlash amaliyotida,
ma’lum bir maqsadni amalga oshiradigan bir xil operatorlar guruhi ishtirok etgan ko‘p hollarida, dasturning ba’zi bir qismlarida o‘zgarishsiz takrorlash zarur bo‘lgan vaziyatlarga duch kelinadi. Bu holatlarda ortiqcha dastur kodi yozishdan voz kechish uchun qismdasturlar taklif etiladi. Qismdastur – bu dasturning turli qismida bir necha marotaba qo‘llash mumkin bo‘lgan til birikmalari guruhidir. Misol va masalalarni dasturlashda qismdastur funksiya yoki protsedura ko‘rinishi ishlatiladi. Funksiya – bu ma’lum bir vazifani bajaradigan tavsif va operatorlarning nomlangan to‘plamidir. Funksiya parametrlarni qabul qilishi va hisoblashning natijaviy qiymatini berishi mumkin. Funksiyaga ishlov berish uchun berilgan ma’lumot, uning parametri, hisoblash natijasi esa funksiya qiymati deyiladi . 5 Ma’lumki, C ++ dasturi bir yoki bir nechta funksiyalardan tashkil topadi. Dastur ishga tushgach, avval asosiy funksiya bajariladi. Agar funksiyaga murojaat asosiy funksiyaning operatorlari orasida ishlatilsa, u holda boshqarish funksiyani operatorlariga o‘tkaziladi. Funksiyaning barcha operatorlari bajarilgandan so‘ng, boshqaruv funksiyaga murojaat qilingandai so‘ngi operatorga o‘tkaziladi. C++ funksiyalar tili deyiladi. Chunki dasturda kamida bitta main funksiyasi bo'ladi. Asosiy dastur, asosiy funksiya deganda aynan manashu main funksiyasini tushunamiz. Asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parameter qabul qilib olmaydigan funksiyalarga, parametrsiz funksiyalar deyiladi. Parametrsiz funksiyaning o'zi ham 2 xil bo'lishi mumkin: 1) Asosiy dasturga (yoki chaqiruvchi funksiyaga) natijani qaytaruvchi. 2) void turidagi funksiya bo'lib, asosiy dasturdan (yoki chaqiruvchi funksiyadan) xech qanday parametr qabul qilib olmaydi xam, asosiy dasturga xech qanday natija qaytarmaydi ham. Parametrsiz funksiyaga murojaat qilishda dastur tanasida funksiya nomi yoziladi. Dasturda funksiya nomi operatorlar kabi ishlatiladi. Parametrsiz funksiyada asosiy dasturning barcha global o`zgaruvchilaridan foydalanish mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling