Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabi


Download 63.35 Kb.

Sana06.06.2018
Hajmi63.35 Kb.

Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Davlat 

umumta’lim maktabi 

 

 

 



 

 

Mehnat ta’limi



 

o`qituvchisi 

Malika Djurayevaning 7-sinf uchun  

m

ehnat ta’limi



 fanidan  

1 soatlik dars ishlanmasi 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2015 yil 

Fan:

 Mehnat ta’limi. 



Sinf:

 7-sinf 

        63-64-dars 



Mavzu: Oddiy va murakkab usullarda parda tikish texnologiyasi. 

Dars maqsadi: 

a)  Ta’limiy  maqsad:

  Oddiy  va  murakkab  pardalar  haqida  ma’lumot 

berish va ularni tikish texnologiyasini o`rgatish. 

 b)  Tarbiyaviy  maqsad:

  Xonaga  parda  tanlashda  o`quvchilarning 

estetik didlarini shakllantirish. Gazlamalarni iqtisod qilishni o`rgatish. 

v)  Rivojlantiruvchi  maqsad:

  Oddiy  va  murakkab  pardalar  tikish 

texnologiyalarini farqlay olish haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarni 

shakllantirish. 



Dars  uslubi: 

Mavzuni  ilmiy  asosda  nazariy-amaliy  o`rgatish  metodi, 

savol-javob, muammoli vaziyat. 

Dars tipi:

 Yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi. 



Dars jihozi:

 Oddiy va murakkab pardalar tasvirlangan rasmlar, lineyka, 

o`lchov lentasi, tarqatma manbalar, ish qutisi,  

Darsning 

texnik 

vositalari:

 

Tikuv 



mashinalari, 

kompyuter, 

multimediya, magnitafon. 

Darsning borishi:  

Darsning vaqt taqsimoti: 

№  Darsning rejasi 

Ajratilgan vaqti 

Tashkiliy qism 



5 min 

O`tilgan mavzuni takrorlash. 



10 min 

Yangi mavzu bayoni 



15 min 

Guruhlar bilan ishlash 



10 min 

Amaliy mashg`ulot 

35 min 



Dam olish daqiqasi 



2 min 

 



O`quvchilar bilimini 

mustahkamlash 

10 min  

 



Dars yakuni 

2 min 


Uyga vazifa 

1 min 

  

I. Tashkiliy qism: 



a) Salomlashish 

b) Davomatni aniqlash 

s) Sinf xnasini darsga hozirlash 

d) O`quvchilarni darsga tayyorligini nazoratdan o`tkazish. 

e) Guruhlarga bo`lish. Har bir guruh o`ziga nom tanlashi yoki o`qituvchi 

tomonidan  oldindan  guruhlar  nomini  yozib  qo`yish  ham  mumkin. 

Umumiy  holda  o`quvchilarni  guruhlarga  bo`lish  vaqtida  bevosita 

o`quvchilarning psixo- fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim. 



II. O`tilgan darsni takrorlash: 

O`quvchilardan uyga qanday vazifa berilganini so`raladi. 

 “Videotopishmoq” metodi. O`quvchilar e’tiboriga ”Parda tikish uchun 

gazlama  va  kerakli  xomashyo,  jihoz  va  moslamalar  tanlash.  Parda 

modeliga  qarab  gazlamani  hisoblash”    haqida  bir  necha  videolavha  

namoyish etiladi: 

-

 

O`quvchilar  har  bir  lavhada  qanday  jarayon  aks  ettirilganligini 



izohlaydilar: 

-

 



Jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar: 

-

 



O`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar:  

Guruhlar javobi baholanadi, o`quvchilar rag`batlantiriladilar. 

III. Yangi mavzu bayoni: 

Reja: 

1. Pardalarni inson hayotida tutgan o`rni. 

2. Oddiy parda turlari va ularni tikish texnologiyasi. 

3. Murakkab parda turlari va ularni tikish texnologiyasi. 



O`qituvchi: 

- Xona uchun parda tanlashda nimalarga e’tibor berish zarur? 

1849-1850  yillardan  boshlab  pardalar  inson  hayotida  muhim  o`rin  tuta 

boshladi. 

Pardalar xonani tashqi muhitdan himoya qilishda, ko`cha va qo`shni 

derazalardan  to`sishda,  quyosh  nuridan  himoyalash,  soya  qilish,  xonani 

sovib ketishidan, yozda issiq kirishidan, chang kirishidan va ko`chadagi 

shovqin-surondan himoyalanishda ishlatiladi.   

Xonananing  qorong`u  -  yorug`ligini  e’tiborga  olgan  holda  parda  turi 

tanlanadi:  bir  qavatli  va  ko`p  qavatli.  Agar  derazaga  to`g`ridan-to`g`ri 

quyosh  nuri  tushadigan  bo`lsa,  pardani  astarli  qilib  tikish  mumkin. 

Bunda  astar  pardani  oqarib  ketishidan  asraydi.  Ba’zi  pardalar  quyosh 

ta’sirida  o`zgaradi.  Shuning  uchun    och  tusdagi  matolardan  tavsiya 

etiladi. Oq rang quyosh nurini qaytaradi. Qalin ko`p qavatli parda qishda 

xonani  sovib  ketishidan,  yozda  esa  isib  ketishidan  asraydi.  Agar  xona 

derazasi shovqinli mashina yo`liga qaragan bo`lsa, ikki qavatli pardalar 

tavsiya  etiladi.  Ikki  qavatli  pardalar  tovush  shovqinini  yutadi.  Xonaga 

parda  tikishdan,  mato  tanlashdan  oldin  xonaning  rangiga  va  jihozlar 

rangiga e’tibor berilishi zarur. Xonaning hamma jihatlarini e’tiborga olib 

tanlangan parda shakli va rangi insonning faoliyatining ijobiy bo`lishiga 


ta’sir  ko`rsatadi.  Hozirgi  vaqtda  pardalar  xonalarni  tashqi  muhitdan 

saqlash  uchungina  emas,  balki  xonalarni  bezatish,  xonaga  hashamatli 

ko`rinish berish uchun, xonalarning jihoziga aylanib bormoqda. Pardalar 

XIX  asrdan  boshlab  xonalarni  bezatish  uchun  ishlatilgan,  murakkab 

turdagi  pardalar  paydo  bo`lishiga  va  rivojlanishiga  sabab  bo`ldi. 

Murakkab  turdagi  pardalarga  ko`p  qavatli,  bichilishi  murakkab,  tikish 

texnologiyasi  bir  necha  komponentlardan  iborat  bo`lgan  pardalarni  o`z 

ichiga  oladi.  Pardalar  shakli,  turi,  bichilishi  va  tikilishi  texnologiyasiga 

ko`ra oddiy va  murakkab turlarga bo`linadi. Bichilishi sodda va tikilish 

texnologiyasi qiyin bo`lmagan pardalarga oddiy pardalar deyiladi. 

  IV.  Guruhlar bilan ishlash:  

Amaliy mashg`ulot o`qituvchi nazorati ostida amalga oshiriladi. Har bir 

guruh  oddiy  va  murakkab  usullarda  parda  tikish  texnologiyasini 

quyidagi  bosqichlar  asosida  o`rganib,  amalda  qo`llaydilar.  Faol 

qatnashgan guruhlarga rag`bat kartochkalari tarqatiladi.  

 

V. Amaliy mashg`ulot:  

Oddiy  pardalarga:  Taxlamali  pardalar,  kulisali  pardalar,  burmali 

pardalar,  erkin  teriluvchan  pardalar,  yelpig`ichli  va  boshqalar 

kiradi. 

Tahlamali parda tikish texnologiyasi. 

Taxlamali  pardalar  bir  qavat  olinadi.  Bu  pardalarga  ko`p  hollarda 

sidirg`a  mato  tavsiya  etiladi.  Pardani  bichayotganda  parda  uzunligiga 

10+10 sm va tahlovlarini aniq ko`rsatish uchun yuqori qismiga 10+10sm 

chok haqqi olinadi. Yon chokiga esa 4+4 sm qaytarish uchun chok haqqi 

qo`shib  bichiladi.  Taxlamalar  qotib  chiroyli  chiqishi  uchun  qotirma 



bichib,  pardaning  yuqori  qismiga  yopishtiramiz.  Pardalarga  tikiladigan 

taxlamalar 5 turga bo`linadi: 

1. Fransuzcha taxlamalar (6-10sm) 

2. Rulonli taxlamalar (6-12 sm) 

3. Yelpig`ichli taxlamalar (6-15 sm) 

4. Rumkali taxlamalar (8-10sm) 

5. Interval taxlamalar (9-10 sm) 

Pardalarni  tikishdan  oldin  gazlamani  bexudaga  sarf  qilmaslik, 

gazlamani  iqtisod  qilish  uchun  to`g`ri  o`lcham  olish  va  hisoblashni 

bilish zarur. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki  taxlamalarga 3 barobar 

matolar sarf bo`ladi. 

Masalan: Ketma-ket taxlamani hisoblash. 

Berilgan: Karniz uzunligi 240 sm, taxlamaning kengligi 8 sm bo`lsada, 

qancha gazlama sarflanadi? 

240 : 8 = 30 Taxlama 

8 x 3 = 24 sm 

30 x 24 = 720    720 + 12 (chok haqi) = 732 

Taxlama intervalini hisoblash. 

Berilgan:  Karniz  uzunligi  500  sm  (5  m).  Taxlama  kengligi  8  sm, 

interval 4 sm bo`lsa, qancha gazlama sarflanganini aniqlaymiz. 

500 – 8 = 492 sm 

8 + 4 = 12 

492 : 12 = 41 

41 x 24 (tah x 3) = 984 

41 x 4 = 164 

984 + 164 + 24 = 1172 + 12 = 1184 sm 



Kulisali parda tikish texnologiyasi. 

 

 

 

Bu pardalarning uzunligi yuqori hoshiya o`lchami, kulisa balandligi, 



jihozning  uzunligi  va  burma  usuliga  qarab  o`zgaradi.  Pardalarni  astar 

bilan  yoki  astarsiz  tikish  mumkun.  Astar  yuqori  hoshiya  burmalarining  

osilib qolmasligidan  saqlaydi. Yon choklarni mustahkamlaydi. 

Tikishdan oldin karnizdan kerakli uzunlik o`lchab olinadi. 

a) Yuqori hoshiya kulisa tepasida burmalar hosil bo`ladigan qismi. 

b) Kulisa karniz kiradigan qismi.  

Bichish,  tikish  texnologiyasiga  etak  qismi  yon  tomoni  choklanadi. 

Oxirida karniz qismi ishlanadi. 



Burma beruvchi tasmali pardalar tikish texnologiyasi. 

Pardalarni  tasmalar  yordamida  tez  va  oddiy  tikish  mumkin.  Burma 

berib  yuqori  qismi  tikiladi.  Agar  tasma  yordamida  tikilgan  bo`lsa, 


shnurlar  tortiladi.  Shnur  tortilganda  burmalar  hosil  qilinadi.  Pardalar 

karnizga mahkamlanadi. Bir-biriga o`tish istalgan holda bo`ladi. Karniz 

uzunligi  ikkiga  bo`linadi.  Bir  tomoni  yana  ikkiga  bo`linadi,  bir-biriga 

o`tishi uchun. Uni 3 ga ko`paytiriladi, burmaga tikish uchun. Pardaning 

yuqori  qismiga  karsaj  tortiladi.  Etak  qismi  teskariga  chok  beriladi  yoki 

bezaklar bilan ishlov beriladi. 

 

 

Erkin teriluvchan parda tikish texnologiyasi.                                                                    



Bu eng oson tikiladigan parda. Shunga qaramay u juda chiroyli. Uni 

katta  pardalarsiz  osish  mumkin.  Ko`proq  yengil  matolardan  tikish 

tavsiya  etiladi.  Bunday  pardalar  karnizdagi  maxsus  halqachalarga 

o`rnatib qo`yiladi. Tayyor parda uzunligi taxminan 2 ta parda uzunligiga 

barobar matoni eni 1,5 mdan kam bo`lmasligi kerak. Pardani drapirovka 

qilib  karnizni  berkitish  ham  mumkun.  Uni  esa  galstukka  o`xshatib 

tushirib  qo`yish  mumkin.  Parda  shaklini  o`zgartirmasligi  uchun 

yopishtirg`ichlardan  foydalaniladi.  Pardani  astarli  qilib  tikish  mumkin. 



Pardaning yana bir qulayligi yuvib,dazmollangandan so`ng yana boshqa 

ko`rinishda  ilib  qo`yish  mumkun.Bu  parda  eng  oson  tikiladigan  parda 

hisoblanadi.Pardaning  qulayligi  uni  har  xil  ko`rinishda  osish  mumkin. 

Bu parda uchun yengilroq mato tavsiya etiladi. 

 

 

Yig`iluvchan bezak pardalar tikish texnologiyasi. 



Bunday pardalarni to`r tipidagi matodan tikish mumkun. 

Pardani  tikish  uchun  karniz  uzunligi  bilan  teng  mato  olinadi. 

Yig`iluvchan bo`lganligi sababli parda uzunligi tokchagacha yoki tokcha 

uzunligiga  30-50  sm  qo`shib  bichiladi.  Parda  uzunasiga  asos  ip 

yo`nalishida  bichilgan  bo`lib  oldin  etak  qismi  4+4  sm  qaytarib  tikiladi. 

Keyin ikki yon tomoni 1.5 + 1.5 sm chok beriladi. 

 


Pardaning  o`rtasi  belgilanib  ingichka  tasma  qo`yib  chok  tikiladi. 

Pardaning  yuqori  qismiga  ishlov  beriladi.  Pardaning  o`rtasini  belgilab 

pastki  qismidan  yuqori  qismiga  30-50  sm  qoldirib  qolgan  qismiga 

xalqachalar  qo`yiladi.  Maxsus  halqachalarning  oralig`i  bir  xil  bo`lishi 

zarur. Chunki tortilgan burmalar bir xil teriladi. Halqalar orasidan shnur 

o`tkaziladi.  Shnurni  istalgancha  tortib  pardani  istalgancha  ko`tarib 

tushirish mumkun. 

Murakkab  pardalarga:  tahlamali  feston,  lamberkenlar,  buffali  paralar 

kiradi. 


Lamberkenlarni tikish texnologiyasi. 

Lamberkenlar  bir  qavat  matodan  iborat  bo`ladi.  Bichish  uchun  karniz 

uzunligi  o`lchanadi  va  teng  bo`laklarga  bo`lib,  feston  kengligi 

belgilanadi. Feston o`lchamlarini olib, andoza qilinadi. Festonlarni qiya 

ip yo`nalishiga qo`yib bichiladi. Festonlarni tikishdan oldin etak qismiga 

ishlov berish zarur. Etak qismiga ishlov berilgandan so`ng, bichiqni ikki 

chetidan  burma  terib  boriladi,  to  feston  hosil  qilinguncha.  Festonlarga 

burma tortishda maxsus tasmalardan foydalanilsa, burmaga tortilgandan 

so`ng  tasmalarni  mahkam  bog`lab  qo`yiladi.  Qirqib  yuborilmaydi.  Bu 

tasmalarning  qulayligi  pardalar  yuvilayotganida  tasmalari  yechilib, 

yuvish va dazmollash qulay bo`ladi. 


 

 

1÷2=fes keng                           x÷5=2÷3sm 



3÷4=fes keng ½                       x÷6=2÷3sm 

4÷4a=(3÷a)x2                         4a÷3=yoy chiziladi                           

4a÷1a=4÷1 

(1÷3):2=x 

(3÷2):2=x 

Tahlamali feston tikish texnologiyasi. 

Tahlamali feston  lambriken pardalar bilan o`xshash. O`lcham olish, 

bichish  usullari  lambriken  pardalar  texnologiyasi  singari  bajariladi. 

Farqli  jihati  shundaki,  lambriken  pardalarda  burmalar  terilsa,  tahlamali 

feston  pardalarida  tahlamalar  2  chetdan  o`rta  qismiga  qarab  tahlanadi. 

Festonlarni 3 hil shaklda bichish mumkin. 

Fes=90 sm 

1÷2 = Fes 

(1÷2):2 = a 

a÷3 = 1/2 



3÷4=fis 

4÷4a=3÷2             yoy           

4÷4b=3÷1           

Bichilgan festonlarni 2 yonidan o`rtaga qarab tahlamalar yordamida 

tahlanadi. Tahlamalar kengligi bir-hilda bo`lishi shart. 

Festonlarni etak qismini bezashda turli bezaklardan foydalaniladi. 



Festonlarning 3 hil ko`rinishda tikilishi. 

Buffali parda tikish texnologiyasi. 

Bu pardani deraza va eshiklarga ham tiksa bo`ladi. Derazaga tiksa karniz 

uzunligi  teng  bo`laklarga  bo`lgan  holda  lodkalarni  bir  nechta  qilib 

belgilangan  chiziqlar  bo`yicha  burma  beruvchi  tasmalar  bilan  tikiladi. 

Eshikka mo`jallangan bo`lsa, bitta lodka qilib bajariladi. Pardaning etak 

qismi bezaklar, baxramalar bilan bezatilib tikiladi. 



Masalan:  Karniz  uzunligi  3m,  matoning  kengligini  3  m  olamiz. 

Buffaning uzunligi 70 sm, matoning uzunligi 70 x 2 = 140 sm olinadi.     

                                 

                            

150                           150       

       


 

 

 



     

10-25 sm                                                                    10-25 sm 

Pardaning  kengligi  karniz  uzunligi  bilan  teng.  Parda  uzunliga  esa 

umumiy  parda  uzunligiga  1/5  qismiga  teng.  Yig`ma  uchun  2  barobar 

mato olinadi. 

 

    



   

    


  

    


   

    


   

    


    

   


    

   


    

    


   

   


 

1

4



0

 

           



 

VI.  Dam olish daqiqasi:  

O`quvchilarga musiqali slayd namoyish etiladi. 



VII. Yangi mavzuni mustahkamlash. 

O`quvchi va o`qituvchi o`rtasida savol-javob o`tkaziladi. 

O`quvchilarni  bilimlarini  mustahkamlash,  ularda  bilim,  ko`nikma  va 

malakalarni  shakllantirish  uchun  guruhlarda  savol-  javob  metodidan 

foydalaniladi.  Bunda  o`quvchilarga  mavzuga  oid  savollar  tarqatiladi. 

Savol varaqasida 3 ta savol mavjud bo`ladi. 



Masalan: 

1. Parda tikish uchun uning turini tanlang. (oddiy yoki murakkab) 

2.  Karniz  uzunligi  350  m.  Tanlagan  parda  turingizga  qancha  mato 

ketishini aniqlang. 

3. Tikilayotgan pardangizga gazlama tanlang. 

O`quvchilar  javob  yozishlari  uchum  ma’lum  vaqt  belgilanadi. 

O`quvchilar javoblarni muhokama qilinadi va baholanadi. 

VIII. Darsni yakunlash: 


O`quvchini 

bilimni 


baholash, 

faol 


qatnashgan 

guruhlarni 

rag`batlantirish. 

IXUyga vazifa berish: 

Har  bir  o`quvchi  o`z  yotoq  xonasi  deraza  pardasini  oddiy  va 

murakkab  usullardagi  parda  modelini  tanlab,  gazlama  sarfini  hisoblab 

kelish.  

O`quv xonasini tozalash. 

  

 



 

 

 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling