Arbitraj — xo‘jalik tomonlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi hakamlar sudi.
Aylanma fondlar — bu fondlar odatda ishlab chiqarish jarayonlarida bir marta ishlatilib, ularning har birida yangilanadi va o‘z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga to‘la o‘tkazadi.
Asosiy fondlar — bu fondlar ishlab chiqarish jarayonida qayta- qayta ishlatiladi. Ular uzoq muddat davomida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, emirilishi darajasiga qamb, ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini asta-sekinllk bilan o‘tkazib boradi.
Assortiment — sotish xonasidagi turli-tuman mollarning to‘p1anishi; ba’zida bir molning turlar, navlarining to‘p1ami.
Assosiasiya — to‘planma, uyushma; biror maqsadga erishish uchun (xo‘ja1ik, siyosiy, ilmiy, madaniy yoki boshqa maqsadlar) birlashish. Assosiasiya yuridik shaxs hisoblanadi.
Auditor fırmasi — mustaqil tashkilot bo‘1ib, shartnoma asosida korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini tekshiradı va tasdiqlaydi. Tekshiruv davomida auditor firmasi buxgalteriya hisob-kitobining holati va talabga mos kelishi, moliya-xo‘jalik faoliyati masalalarining haqiqiy holatga mos kelishini nazorat qiladi.
Auksion — kimoshdi savdosi. Bu alohida xususiyatga ega bo‘lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan maxsus bozor. Auksion o‘zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.
Aholining xarid qobiliyati — aholining bozordagi vujudga kelgan narx asosida mollar va xizmat ni xarid qilish imkoniyati. Aholining xarid qobiliyati bozor sig‘imini belgilash da etakchi o‘rin egallaydi.
Aholining minimal iste’mol byudjeti — har bir oila a’zosining ish kuchini qayta tiklash i uchun zarur mablag‘ miqdori. Bunda zamr iste’mol mollari, xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi va oilaning har bir a’zosiga pul birligida hisoblanadi.
Baza — asos, tayanch, quyi qism. ombor va boshqalar. Tijorat ishlarida band bazalar; mol qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, nav- larga, turlarga ajratuvchi va saqlovchi bazalardan iborat bo‘1adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |