Banklarning umumiy kapitali — banklarning o‘z faoliyatlarini (bank operatsiyalarini) amalga oshirish uchun mo‘ljallangan moliyaviy resurslari bo‘lib, u banklar tomonidan turli manbalar orqali jalb etilgan pul kapitalidan iborat. Banklarning umumiy kapitali xususiy kapital bilan bir qatorda undan bir necha barobar ko‘proq bo‘lgan jalb etilgan kapitalni ham o‘z ichiga oladi.
Banklarning nizom jamg‘armalari — banklarning doimiy tasarrufida bo‘1gan moddiy va pul mablag‘1ari yig‘indisi bo‘lib, ularning miqdori banklar tashkil topgan chog‘da nizomda qat’iy belgilab qo‘yi1adi.
Bank kapitalining etarlilik darajasi — bu jami kapitalning riskka tortilgan aktivlarga nisbati bo‘1ib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko‘ra kamida 8% ni tashkil etishi kerak.
Broker — sotuvchi va oluvchi o‘rtasidaga vositachi; mijozlarning topshirig‘i bilan va ular hisobiga ishlaydigan hamda vositachilik ishi uchun o‘z komission haqini oluvchi shaxs.
Buyurtma — xaridoming (buyurtmachining) sotuvchiga jo‘na- tadigan hu ati bo‘lib, unda molni xarid qilishga qat iy qaror qilinganligi ifodalanadi.
Valvasiya — chet el tangasi qiymati ni davlat pu1 birligida baholash.
Valyuta — biror mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va pu1 birligi.
Valyuta kursi — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishi. Valyuta kursining o‘rnatilishi kotirovka deyiladi.
Veksel — qonun tomonidan qat’iy belgilangan, qarkni ifoda- lovchi yozma maJfiuriyat bo‘lib, veksel oluvchi uni egasiga topshiradi. Venchur korxonalari — davlat, yirik firmalar bilan shartnoma asosida ilmiy izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini
yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq etuvchi korxona.
Garantiya — kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani ta’minlaydigan sharoit. Shartnoma tuzuvchi tomonlar, masalan, shartnomaning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga kafillik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |