Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
-Mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya fanini o’qitishda oliy va o’rta maxsus, kasb–hunar ta’limi pedagoglariga qo’yiladigan talablar
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
12-Mavzu. Uzluksiz ta’lim tizimida biologiya fanini o’qitishda oliy va o’rta maxsus, kasb–hunar ta’limi pedagoglariga qo’yiladigan talablar
Reja 1. Biologiya fanini o’qitishda oliy va o’rta maxsus, kasb–hunar ta’limi pedagoglariga qo’yiladigan talablar 2. O’quchi talablarni intellektual qobiliyatlarini o‘stirish Uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bo‘lgan oliy ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologiyani umumta’lim fani sifatida o‘qitish yagona o‘quv dasturi asosida tashkil etilsa-da u ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi. Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan muassasa ekanligini hisobga olgan holda, biologiyani o‘qitishda ilmiy-nazariy masalalarga keng o‘rin berish, o‘quvchilarning chuqur o‘zlashtirayotgan fani bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlari, mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikr yuritish, tajriba qo‘yish va kuzatish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish masalalariga e’tiborni qaratish, ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazmuni va natijalari, biolog olimlarning hayoti, ularning fan rivojiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish, uchrashuvlar tashkil etish tavsiya etiladi. Kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari tanlagan kasblari bo‘yicha ixtisoslik olishlarini nazarda tutgan holda biologiyani o‘qitishda ko‘proq amaliy masalalarga, ayniqsa qishloq xo‘jalik, tibbiyot, o‘rmonchilik, baliqchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, hamda xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida biologiyaning tutgan o‘rniga ahamiyat qaratiladi. O‘quv yurtining ixtisosligiga bog‘liq holda jamoa, fermer, o‘rmonchilik xo‘jaliklari va tibbiyot muassasalariga ekskursiyalar uyushtirish, tabiatni muhofaza qilishning nazariy va amaliy masalalariga e’tiborni qaratish lozim. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida biologik ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari bilan me’yorlangan, shu asosda o‘quv dasturi tayyorlangan va unga muvofiq holda darslikning yangi avlodi yaratilgan. Biologiya darsligida o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va o‘z-o‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o‘zlashtirish ko‘nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan. O‘qituvchi biologik ta’lim samaradorligiga erishish va o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish usullarini bilishi lozim. Ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bo‘lgan bilimlar o‘quvchilar tomonidan o‘kuv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, o‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash bosqichlari yordamida o‘zlashtiriladi. O‘quvchilarda faoliyat turlari - ko‘nikma va malakalarni shakllantirish ko‘nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, ko‘rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, ko‘nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni o‘qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. O‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular o‘kuv materialini mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari, o‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasavvur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, o‘rganilayotgan ob’ektlarni tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, o‘xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganishlari lozim. Ta’lim mazmunining to‘rtinchi tarkibiy qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, o‘quvchilarda tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar mazkur tarkibiy qismni o‘zlashtirishlari uchun avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlar ijodiy qo‘llashlari, bir so‘z bilan aytganda faol o‘quv-bilish faoliyati talab etiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling