Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


- Nikel va uning birikmalari


Download 1.15 Mb.
bet10/14
Sana16.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1492811
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Djurakulova Sarvinoz

1.3- Nikel va uning birikmalari
Tabiatda uchrashi. Nikel tabiatda kupfernikel NiAs va mishyak nikel yaltirog’i holatida uchraydi NiAsS.
Nikel juda yaltiroq oq kumushsimon metall, juda qattiq, magnitga tortiladi. Kobaltga o’xshash olinadi. U juda korroziyaga chidamli. Atmosferada, suvda, kislotalarda va ishqorlarda barqaror. Nikelning kislotalarga munosabati temir va kobaltga o’xshash.
Nikel qotishmalari juda ko’p ishlatiladi. Nixrom 70% Ni va 20% Cr. Nikel konstantin termoparalarda ishlatiladi.
NiO, Ni2O3, Ni(OH)2 va Ni(OH)3 ma’lum.
NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2 ¯ + Na2SO4
Oqish yashil cho’kma
Ni(OH)2 va Co(OH)2 temir birikmalaridan farq qilib havo kislorodi bilan o’z-o’zidan oksidlanmaydi:
2Ni(OH)2 + Br2 + 2NaOH = 2Ni(OH)3 + 2NaBr
Qora tusli asos
Eritmada [Ni(H2O)6]2+- to’q yashil rangli ion hosil qiladi. NiCl2 sariq rangli.
Temir oilasi elementlarining tibbiyotdagi ahamiyati. Temir va kobaltning tabiatdagi roli juda muhimdir. Temir barcha o’simlik va hayvon organizmlari uchun zarur elementddir. Odam organizmida temir gemoglobin, jigar, taloq,orqa miya, buyrak,qon plazmalari tarkibida uchraydi.Turli to’qimalarda temirning miqdori 4-5 g ga etadi.O’simliklarda temir nafas olishni ta’minlovchi fermentlar tarkibiga kirib, xlorofil sintezida ishtirok etadi.Temir birikmalari tirik organizmda to’qimalarga kislorod yetkazib berish, oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga katalizatorlik qilish, elektron tashish kabi muhim vazifalarni bajaradi.
Gemoglobin va mioglobin to’qimalarning nafas olishini ta’minlaydi. Ular tarkibida temir(II) birikmalari bo’ladi.Gemoglobin ikki vazifani bajaradi: u kislorodni o’pkadan to’qimalarga tashiydi, CO2 ni bo’lsa to’qimalardan o’pkaga tashiydi.Temirning qolgan birikmalari organizmdagi turli xil oksidlanish-qaytarilish kabi biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
Organizmga temir yetishmasa, kamqonlik kasalligi boshlanadi, odamning madori qurib, o’zini behush sezadi, kayfiyati buziladi. Bunda organizmga qaytarilgan temir beriladi. Masalan feramid. Feramid bu temir hamda nikotin kislotasi amidining kompleks birikmasi bo’lib bu modda Toshkent farmatsevtika institutida prof. M.A.Azizov rahbarligida institutning markaziy ilmiy tekshirish laboratoriysida ishlab chiqarilgan va tibbiyotga joriy etilgan.
Bundan tashqari tibbiyotda FeCl3 qon to’xtatuvchi modda sifatida ham ishlatiladi. FeSO4*7H2O va temir laktati va temir gliseratining ham ishlatilishi ma’lum. Ortiqcha temir yurak-qon tomirlari, jigar va o’pka faoliyatini buzilishiga sabab bo’ladi.
Biotizimlarda kobalt birikmalarining ayniqsa, B12vitaminining(C63 H90 N14 P Co ) ahamiyati katta. B12 kompleks birikma bolib, uning tarkibida kobalt(III) bo’ladi. B12 vitamin organizmda o’sish, qon aylanishi, eritrositlarning yetilishi, qonning ivishi, uglevod va lipidlar almashinuvini boshqaradi.Odam organizmida bu vitamin yetishmasa, xuruj qiluvchi kamqonlik zo’rayadi, organizmning turli yuqumli kasalliklarga bardoshi susayadi.
Hayvon va odam organizmi ichak devoralari B12 vitaminini ishlab chiqaradi.
Nikel ham biokimyoviy jarayonlarda qatnashib, fermentlar faoliyatiga ta’sir qiladi. Tarkibida oltingugurt tutgan aminokislotalar sitnezini faollashtiradi.
Qolgan VIII B guruh elementlari ichida platinaning kompleks birikmalari organizmda oksidlanish jarayonlarini boshqarishda qatnashishi aniqlangan. Tsis holatdago yuzilishga ega bo’lgan platina(II) va (IY) larning kompleks birikmalari xavfli o’smalarga(saraton) qarshi samarali vositaligi topligan.
Tibbiyotda anemiyaga qarshi temir, temirII) sulfat, temr(III) sulfat, temir(II) xlorid, temir(III) oksid, temir (II) laktat va boshqa temir birikmalarini tutgan moddalar dori sifatida keng qo’llaniladi. Masalan: qaytarilgan temir, temir gliserifoafat, gemostumulin, fitoferrolaktol, ferropleks, konferon, ferum-lek, ferrosen, feramid va boshqalar. Anemiyga qarshi samarali vositalardan biri vitamin B 12 hisoblanadi. Bu vitamin boshqa kasalliklarda ham samaralidir.

Nikel (nem. Nikel, lot. Niccolum), Ni — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 28, atom massasi 58,69. Tabiiy Nikel 5 ta barqaror izotop 58Ni (67,88%), 60Ni (26,23%), 61Ni (1,19%), 62Ni (3,66%) va MNi (1,04%) aralashmasidan iborat. Eng uzoq mavjud boʻluvchi sunʼiy radioaktiv izotopi — 59Ni (T1/2 = 105 yil). Nikelni dastlab 1751-yilda shved kimyogari Nikel Kronstedt kashf qilgan va nom qoʻygan. "Nikel" nomi kupfernikel mi-nerali — Kupfernickel (NiAs) nomidan olingan (nem. Kupfer — mis. Nickel — jin). Bu mineral koʻrinishi bilan mis rudalariga oʻxshab konchilarni koʻp chalgitgani uchun shunday nom olgan. Ne-mis kimyogari Nikel Rixter 1804-yil ancha toza Nikel olishga muvaffaq boʻlgan.
19-asrning 80-yillariga qadar Nikeldan faqat zargarlikda va tanga pullar tayyorlashda foydalanilgan. Yangi Kaledoniyada va Kanadada Nikel rudalariga boy konlar ochilib, poʻlatga Nikel qoʻshilganida poʻlatning xossalari yaxshilanishi aniklanganidan keyin Nikel ishlab chikarish sanoati keng rivoj topdi. Massa jihatidan Yer poʻstining 8103%ini tashkil qiladi. Nikel tabiatda pentlan-dit (Fe, Ni)9S8, millerit NiS, nikelin NiAs, xloantin NiAs2, gerodorfit NiAsS, ulmanit NiAsSb nomli minerallar holida va boshqa metallarning sulfidlariga aralashgan holda uchraydi. Nikelning 50 dan or-tiq minerali maʼlum. Nikel ishlab chiqarishda, asosan, uning sulfidli mi-nerallari, sulfidli misnikel rudalari, garniyerit minerali (magniy va Nikelning oʻzgaruvchan tarkibli silikatlari) hamda magnitli kolchedan katta ahamiyatga ega.
Nikel— kumush kabi oq, yaxshi yassilanuvchan yaltiroq metall. Birikmalardan ajratib olingan kukun holidagi Nikelning tusi qoramtir. Nikelning 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: geksagonal pan-jarali holda kristallanadigan a-Nikel va kub panjarali r-Nikel a-Nikel 250—300° da R-Nikel ga aylanadi. Nikel 0°dan 1200° ga qadar, asosan, r-Nikel shaklida boʻladi. Nikelning suyuqlanish temperaturasi 1455°, qaynash temperaturasi 2900°, zichligi 8,9 g/sm1. Nikel xuddi temir va kobalt singari ferromagnit moddalar jumlasiga kiradi. Nikel kimyoviy xossalari jihatdan temir va kobaltga, mis x.amda asl metallarga oʻxshaydi. Valentligi 2 va 3 Nikelning juda koʻp kompleks birikmalari maʼlum.
Sanoatda boshqa metallar bilan qotishmalar holida ishlatiladi. Mis, temir, xrom va boshqa elementlarning nikelli qotishmalari korroziyaga chidamli yuqori mexanik, magnit, elektr xossalarga ega. Shuning uchun Nikel krtishmalari atom reaktorlari qurishda ishlatiladi. Nikelning talaygina miqsori ishqorli akkumulyatorlar, korroziyaga chidamli qoplamalar, quvurlar uchun ketadi. Kimyo sanoatida kimyoviy qurilmalar va katalizatorlar tayyorlashda ishlatiladi.
Nikel organizm uchun zarur mikroelementlardan hisoblanadi. Oʻsimlik tarkibida 5,010"5%, quruklikdagi hayvonlar organizmida l,0-10"6%, dengiz hayvonlari organizmida 1,6104% Nikel boʻladi. Nikel arginaza fermetini faollashtiradi va oksidlanish jarayoniga taʼsir koʻrsatadi.
Nikel birikmalari. Nikel galogenlar bilan birikib, asosan, digalogenidlar hosil qiladi.
Nikel diftorid, NiF2 — yashilsargʻish tetragonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1452°, zichligi 4,72 g/sm³. Suvda oz eriydi. NiO, NiCl2 yoki nikelning boshqa bi-rikmalariga ftor taʼsir ettirib olinadi. Kimyoviy reaksiyalarda katalizator, tok manbalarida katod, lazer ma-teriallarning komponenti sifatida qoʻllanadi.
Nikel triftorid, NiF3 — KHF2 eritmasini elektroliz qilishda pushti rangli qoldiq koʻrinishida hosil boʻladi. Kuchli oksidlovchi, suvda parchalanib, undan kislorod ajratib chiqaradi.
Nikel dixlorid NiCl2 — yashil rangli trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 1009°, zichligi 3,54 g/sm³. Suvda yaxshi eriydi. Nikellashda, nikel kukuni olishda, katalizator sifatida, shuningdek, termosezgir boʻyoklar tayyorlashda ishlatiladi.
Nikel dibromid, NiBr2 — sargʻishjigarrang trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 963°, zichligi 5,45 g/sm³; gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Suvli erit-malaridan yashil rangli geksagidrat NiBr2-6H2O holida ajralib chiqadi.
Nikel diyodit, Nil2 — poʻlat kabi kulrang yoki qora rangli, trigonal panjarali kristallar. Suyuqlanish temperaturasi 797°, zichligi 5,83 g/sm³, gigroskopik, suvda, spirtda yaxshi eriydi. Geksagidrat Nil2 6N2O koʻk-yashil rangli kristall modda. Nikel bromid va nikel diyodit katalizatorlar va ter-mosezgir boʻyoqlar olishda qoʻllanadi.
Nikel oksidlaridan nikel monooksid, NiO toʻgʻrisidagina ishonchli maʼlumotlar bor. Olinish usuli va holatiga qarab NiO och-yashildan toʻq yashil ranggacha oʻzgaradi. a- va R-shakllari mavjud. Kuchsiz asos xossaga ega, suvda erimaydi. 2 valentli nikel tuzlarini 1000—1100° da qizdirish yoki nikelni kislorodli muhitda yoki havoda qizdirish yoʻli bilan olinadi.
Nikel karbonat, NiCO3 — yashil (zichligi 4,39 g/sm³) yoki sariq (zichligi 4,6 g/sm³) rangli kristallar. 300°dan yuqorida parchalanadi. Keramika va shisha ishlab chiqarishda pigment sifatida qoʻllanadi.
Nikel n i trat, Ni (NO3)2 — kub singoniyali yashil kristallar. Kizdi-rilganda avval 200—250° da Ni (NO2)2 gacha, soʻngra 300—350C° da NiO gacha parchalanadi. Nikelli katalizatorlar olishda, metallarni nikellashda, rangli keramika ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Nikel sulfat, NiSO4— romb panjarali och sariq rangli kristall modda. Zichligi 3,65 g/sm³, suvda yaxshi eriydi. Havodan nam yutib asta-sekin yashil tusga kiradi. Suvdagi eritmalaridan romb panjarali zumrad tusli goʻzal kristall tuz — Nikel kuporosi NiSO4 7N2O holida ajralib chiqadi. Toza nikel olishda, galvano-texnikada, metallarni nikellashda ishlatiladi.
Nikel oltingugurt bilan NiS, NiS2, Ni2S2, Ni3S4, Ni6S5, Ni7S6 kabi sulfidlar hosil qiladi. Nikel-sulfidlari tabiatda millerit u — NiS. xizlevudit Ni3S2, godlevskit Ni7S6, polidimit Ni3S4, vo-esit NiS2, pentlandit Ni5 x Fe4+vS8 (0
Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling