Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


- Kobalt va uning birikmalari


Download 1.15 Mb.
bet8/14
Sana16.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1492811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Djurakulova Sarvinoz

1.2- Kobalt va uning birikmalari
Kobalt va uning birikmalari-Kobalt (Cobaltum), Co — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 27, atom massasi 58,9332. Kobalt metalini ilk bor 1735-yilda shved kimyogari Yu. Brand rudalardan ajratib olgan. Uzoq, vaqtgacha Kobaltni rudadan ajratib olish mumkin boʻlmagan, shuning uchun Kobold deb atalgan (nem. Kobold togʻ va konlarda yashaydigan jin demakdir; metall Kobalt nomi shundan olingan).
Tabiatda 2 ta barqaror izotopdan tashkil topgan: 59Co (99,83%) va 57Co (0,17%). Oksidlanish darajasi +2 va +3, goho +1, +4 va +5. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,9; atom radiusi 0,125 nm. Kobalt massa jihatidan yer poʻstining 4-10~3% ini tashkil qiladi, okean suvlaridagi miqdori 0,005 mg/l. 30 ga yaqin minerallari bor. Eng muhimlari: karrolit CuCo2S4, linneit Co3S4, kobaltin CoAsS, safflorit (CoFe)As2, skutterudit CoAs3, shmaltin CoAs2, absolin Co3O4-mMnO2 pN2O, eritin Co3(AsO4)2-8H2O, sferokobaltit CoCO3va h.k. Sof kobalt rudalari juda kam. Kobalt, asosan, mis, nikel, kumush, temir, margimush, marganets bilan birikma holida uchraydi. Kobalt — kumushsimon oq, qizgʻishochsariq rangda tovlanadigan metall. Suyuqlanish temperaturasi 1494°, kaynash temperaturasi 2960°, zichligi 8,90 g/sm³. Ferromagnit xossasiga ega. Brenel boʻyicha qattiqligi 470—1230 MPa. Zichjoylashgan Kobalt havo taʼsiriga chidamli, 300° da oksid parda bilan qoplanadi, kukun holdagi Kobalt havoda oʻz-oʻzidan alangalanadi. Suv, ishqor, karbonat kislota bilan reaksiyaga kirishadi. Ftorid kislota hatto qizdirilganda ham unga taʼsir qilmaydi, tutunlanuvchi nitrat kislota Kobaltning faolligini susaytiradi (oksidlaydi). Oddiy haroratda galogenlar (Gʻ dan tashqari) bilan birikmalar hosil qiladi. Oʻyuvchi ishqorlar Kobalt eritmalariga taʼsir ettirilganda havorang Co(OH)2 choʻkmaga toʻshadi, havo taʼsirida esa u Co(OH)3 ga oʻtadi. Kobalt anorganik va organik birikmalar bilan 2 va 3 valentli kompleks birikmalar, koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kobalt metalini Kobalt rudalaridan ajratib olish uchun dastlab rudalarni oksidlovchi sharoitda maxsus pechlarda kuydirib eruvchan holga oʻtkaziladi. Kobaltni boshqa metallardan tozalash uchun kimyoviy va gidrometallurgiya usullaridan foydalaniladi. Oxirgi mahsulot sifatida Co3O4 olinadi. Uni koʻmir, vodorod, SO kabi qaytaruvchilar ishtirokida qaytarib yoki alyumotermiya va elektroliz usullari bilan metall holidagi Kobalt olinadi.
Hozirgi ajratib olinayotgan Kobaltning taxminan 65%i maxsus qotishma va poʻlatlar, 10%i katalizatorlar, 10%i pigmentlar tayyorlashda qoʻllaniladi. Kobalt birikmalari rangli shishalar, keramika, organik sintez uchun katalizatorlar olishda, neft va ammiakni tozalashda, moy boʻyoqlarni quritishda, chiroyli va turgʻun emal va boʻyoqlar, yarimoʻtkazgichlar (CoSb2, CoSb3) va oʻta kesgich asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Soʻnggi yillarda radioaktiv 60Co ("Kobalt lushkasi") tibbiyotda saraton kasalligini davolashda qoʻllanmokda. Hayvonlardagi anemiya kasalligiga qarshi kurashda ham Kobaltdan foydalaniladi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling