Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 1.15 Mb.
|
Djurakulova Sarvinoz
Tabiatda uchrashi.Tabiatda kobalt yaltirog’i - CoAs2S2 smolatit minerali holida va CoAs-millerit holatida uchraydi. Bundan tashqari NiAsS-nikel yaltirog’i holida va NiS- millerit ham uchraydi. CoO,Co2O3 va Co3O4 larni uglerod, uglerod(II) oksidi, alyuminiy, kremniy hatto vodorod bilan qaytarib kobalt olinadi.
Kobalt tabiatda birgina izotop holatida uchraydi:2759Co (100%). Kobaltning radiaktiv izotopi 2760Co tibbiyotda saraton kasalligiga qarshi kurashda ishlatiladi. Uning yarim yemirilish davri 5,24 yilga teng. Tashqi ko’rinishi jihatidan temirga o’xshash, yaltiroq, kul rang metall. Kobalt yaxshi cho’ziladi va bolg’alanadi. U temirga qaraganda qattiq va mo’rt. Vodorodni o’ziga oson yutadi. CoH2 hosil qiladi. Qizdirilganda oson oksidlanib 10000 S da kobalt (II) va (III) oksidini hosil qiladi. 2Co + O2 = 2CoO 4Co + 3O2 = 2Co2O3 CoO + Co2O3 = Co3O4 Nam ishtirokida S, Cl, selen, fosfor, mishyak reaksiyaga kirishmaydi. Co + S = CoS Co + Cl2 = CoCl2 Yuqori haroratda As(CoAs2) va Si bilan (Co2Si dan CoSi gacha) C bilan (Co3C) karbidlar hosil qiladi. Kobalt mineral kislotalarda yomon eriydi. Kobalt yuqori konsentrasiyali sovuq nitrat kislota bilan passivlashadi. Konsentrlangan nitrat va sulfat kislota, zar suvi kobalt va nikelni (II) valentli holatga o’tkazadi. Kobalt is gazi bilan ta’sirlashib pentakarbonilkobalt hosil qiladi: Co + 4CO =[C o(CO)4] Kobalt asosan issiqqa chidamli va pishiq materiallar olishda ishlatiladi. Kobalt(II) gidroksidi uning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi: CoCl2 + 2NaOH = Co(OH)2¯ + 2NaCl ko’k pushti rangli Qizdirilganda gidroksiddan kobalt oksidi hosil bo’ladi: Co(OH)2 = CoO+ H2O Co(OH)2 havoda qiyinchilik bilan oksidlanadi. NaClO oksidlanishni tezlashtiradi. 2Co(OH)2 + NaClO + H2O = 2Co(OH)3¯ + NaCl Co(OH)3 qora tusli asos xossali modda. Co(OH)3 ga kislorod saqlovchi kislotalar qo’shilganda kobalt (III) tuzlari hosil bo’lmaydi, balki kobaltning (II) valentli tuzlari hosil bo’ladi. 4Co(OH)3 + 4H2SO4 = 4CoSO4 + O2 + 10H2O 2Co(OH)3 + 6HCl = 2CoCl2 + 6H2O + Cl2 Eritmada [Co(H2O)6]2+ qizgish rangli. Kompleks birikmalar asosida Fisher reaktivi ma’lum: 3Co(NO3)2 + 4CH3COOH + 18NaNO2 = = 3Na3[Co(NO2)6] + NO + 4CH3COONa + 5NaNO3 + 2H2O Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling