Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 1.15 Mb.
|
Djurakulova Sarvinoz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temirning eng muhim rudalari.
- Fizik xossalari
- Olinish usullari.
Temir birikmalari
Tabiatda uchrashi. Temir qadimdan ma’lum bo’lgan elementlardan biridir. Bu metal to’grisida ma’lumotlar eramizdan oldingi 2500-3000 yil ilgari uchragan. Temir eng ko’p tarqalgan kimyoviy elementlardan biri hisoblanadi. Uning yer po’stlog’idagi mol ulushdagi miqdori 2% ga ga boradi. U tuproq, har xil minerallar, gemoglobin, xlorofil tarkibida bo’ladi. Temirni kometalarda, saturn halqasida va quyoshda borligi aniqlangan. Temir erkin holda meteoritlar tarkibida uchraydi. Temirning eng muhim rudalari. Magnitli temirtosh yoki magnetit Fe3O4, bunda temirning miqdori 73 % ga boradi. Qizil temirtosh yoki boshqacha gematit- Fe2O3 (60%) va qo’ng’ir temirtosh yoki limonit Fe2O3 *nH2O (60%). Temir shpati yoki FeCO3-siderit ham ma’lum. Eng ko’p uchraydigan birikma temirli kolchedan yoki pirit FeS2.Temir gemoglobinning asosiy qismi hisoblanadi. Fizik xossalari. Kimyoviy toza temir oq kumushsimon metall. U alyuminiydan bir oz qattiqroq. Oltin va kumushga nisbatan yumshoq. Temirni to’rtta allotropik shakl o’zgarishlari ma’lum. Bularga , , va - temirlar kiradi. temir 769o C gacha , temir esa 910 oC gacha , - temir 1400 oC va -(to’rttnchi shakl o’zgarish) 1510 oC gacha mavjud. Agar temir tarkibida C,Si, Mn bo’lsa allotropik shakl o’zgarishlar aralash holida bo’ladi. Toza temir suyuqlanish harorati 1539oC, lekin 600oC da yumshoq bo’lib qoladi. 1000o C da sim qilib cho’zilishi va bir-biriga ulanishi mumkin. Olinish usullari. Laboratoriya sharoitida temir uning tuzlari eritmalarini elektroliz qilib olinishi mumkin. Buning uchun temir(II) yoki temir (III) xlorid eritmasi elektroliz qilinadi. Agar elektroliz oddiy sharoitda o’tkazilsa, olingan temir tarkibida ko’p vodorod eriydi. Jarayonni yuqori haroratda olib borib katodda temirni toza qavatini hosil qilish mumkin. Bunda ularni tarkibida vodorod bo’lmaydi. Temir oksididan vodorod bilan qaytarib: Fe2O3 + 3H2 = 2Fe + 3H2O Havosiz joyda pentakarbonil temirni qizdirish orqali: [Fe(CO)5] = Fe + 5CO Texnikada temir rudalaridan cho’yan olinadi. Uning suyuqlanish harorati 1100oC. Cho’yan tarkibida 95% temir, 1,7% dan ortiq uglerod hamda oltingugurt, fosfor, kremniy va marganes bo’ladi. Domna jarayonida quyidagi reaksiyalar sodir bo’lib cho’yan hosil bo’ladi: 3Fe2O3+CO= 2Fe3O4 + CO2 Fe3O4+CO=3FeO+CO2 FeO+CO=Fe+CO2 Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling