Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 1.15 Mb.
|
Djurakulova Sarvinoz
Kimyoviy xossalari. Namlangan havoda temir tez qorayib qoladi. Suvda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:
2Fe + 3/2O2 + nH2O = Fe2O3*nH2O 3Fe + 2O2 + nH2O = Fe3O4*nH2O Kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi: Fe + 2HCl = FeCl2 + H2 Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2 Temir suyultirilgan nitrat kislota bilan NO, NO2, N2 N2O yoki juda syultirilgan bilan NH4NO3 (34-rasm) hosil qiladi: rasm. Temir bilan qaytarilishda nitrat kislota konsentratsiyasining qaytarilish mahsulotlariga ta’siri. Fe + 4HNO3 = Fe(NO3)3 + NO + 2H2O Konsentrlangan sulfat kislota bilan qaynatilganda SO2 hosil qilishi kuzatiladi: 2Fe + 6H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3SO2 + 6H2O 100 %li konsenrlangan sulfat kislota temirni passivlashtiradi. Yuqori konsentratsiyali nitrat kislota ham temirni passivlashtiradi. Xlor ishtirokida temirning (III) birikmalari olinadi: 2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3 Oltingugurt bilan sulfidlar hosil bo’ladi: Fe + S = FeS Azot va fosfor temir bilan fosidlar, nitridlar hosil qilib, ular metallarga xos birikmalardir: Fe2N, Fe4N, Fe3Si , Fe3P, Fe2P. Temir vodorod bilan gidridlar hosil qiladi. Bular quyidagilar FeH, FeH2, FeH3 va FeH6 gidridlar hosil bo’ladi. Fe0 birikmalari. Agar temir kukuni ustidan 150-200 haroratda 1*104-2*104 kPa bosimda CO o’tkazilsa pentakarboniltemir hosil bo’lishi aniqlangan: Fe+5CO=[Fe(CO)5] Bu birikma uchuvchan sariq rangli suyuqlik (suyuqlanish. -20oS, qayn. harorati 103 oS), organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, lekin suvda erimaydigan modda. Temirning yana ham murakkab tarkibli karbonillari olingan: [Fe2(CO)9], suyuql. 100oS. Bu birikma ikki yadroli kompleks hisoblanadi. Temirning nitrozillari [Fe(NO)5] ham olingan. Shunga o’xshash birikmalar Ru, Os, Ni uchun ham xos hisoblanadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling