Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
Download 1.15 Mb.
|
Djurakulova Sarvinoz
Fe 3+ birikmalari. Temir (III) oksidi –Fe2O3 (qora qizil rangdan qizilgacha o’zgaradi). Temirli surik, mumiyo, oxra bo’yoq sifatida ishlatilishi ma’lum. Termitli aralashma bu alyuminiy va temir (II,III) oksidining aralashmasi, bu aralashma relslarni payvand qilishda, aviabombalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu aralashma portlashidan ko’p energiya chiqadi:
8Al +3Fe3O4 = 9Fe + 4Al2O3 Fe(OH)3 –qizil-jigar rangli, amfoter xossaga ega, lekin ishqorlarda kam eriydi: Fe(OH)3+NaOH=NaFeO2+H2O Temir(III) oksidi ishqorlarda suyuqlantirilsa ferritlar hosil bo’ladi: Fe2O3+2NaOH=2NaFeO2+H2O Temir (III) ga tegishli bo’lgan H3FeO3 (ortoferrit) va HFeO2(metaferrit) kislotalarining tuzlari (K3FeO3, KFeO2) olingan. Temir (III) ko’p tuzlar hosil qiladi. K2SO4·Fe2(SO4)3·24H2O achchiq tosh deyiladi. FeCl3 tuzlari oson gidrolizga uchraydi. Soda ishtirokida to’la gidroliz sodir bo’ladi: 2FeCl3 + 3Na2CO3 + 3H2O = 2Fe(OH)3 ¯+ 6NaCl + 3CO2 Fe3+ birikmalari oksidlovchi xossasini namoyon etadi: FeCl3 + 6KI = 2FeI2 + I2 +6KCl Mg + Fe2(SO4)3 = MgSO4 + 2FeSO4 2FeCl3 + 3Na2S = 2FeS¯ + S ¯+ 6NaCl Tibbiyotda FeCl3 qon to’xtatuvchi modda sifatida ishlatilishi ma’lum. Bu tuz ishqoriy metallar xloridlari bilan qo’sh tuzlar hosil qiladi. Na[FeCl4], Na3[FeCl6]. [Fe(NH3)6]Cl3 Fe(II)ning ammiakatlaridan ko’ra beqaror. Yangi olingan Fe(OH)3 konsentrlangan ishqorlarda eriydi va qizil rangli gidroksi komplekslar hosil qiladi: Fe(OH)3+3KOH=K3[Fe(OH)6] Muhim birikmalardan FeS2 pirit hisoblanadi. Pirit ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi. FeS2 + FeS2 = 2FeS + 2S Bu reaksiya oltingugurt olishda ishlatiladi. Pirit disproporsialanish reaksiyasiga kirishadi: 6FeS2 + 12KOH = 6FeS + 2K2SO4 + 4K2S + 6 H2O 9060C da temir karbidlar hosil qiladi ( Fe3C). Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling