Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi “genetika” fanidan kurs ishi mavzu: hujayra sikli va rak hujayralari bajardi


Download 1.35 Mb.
bet8/19
Sana06.05.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1436198
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
HUJAYRA SIKLI VA RAK HUJAYRALARI

Ribosomalar. Elektron mikroskop yordamida 1955 yilda Palada tomonidan ochilgan ribosomalar ham hujayraning muhim organomdlaridandir.
Ribosomalar yadro qobiqining tashqi membranasida ham yotadi. Membranalar bilan birikmagan sitoplazmada erkin yotuvchi ribosomalar ontogenez davrida turli manbalardan hosil bo‘ladi. Masalan, kalamush me’da osti bezining asinar hujayralarida, embriogenez davrida oldin ribonukleoproteid granulalari va keyinchalik kanalchalar sistemasi hosil bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lanadilar. Membrana bilan bog‘liq bo‘lgan ribosomalar erkin ribosomaga nisbatan radioktiv aminokislotalarni ko‘proq qabul qilishi kuzatilgan. Yadroda, yadrocha joylashgan ribonukleoproteid donachalari o‘z fizik-kimyoviy xossalari bilan sitoplazmatik ribosomalardan farq qiladi. Ular yadro oqsili sintezida ishtirok etadi.
Ribosomalar teng miqdorda RNK va oqsildan iborat. Ribosoma tarkibiga noaktiv ribonukleaza, latent dezoksiribonukleaza, lesinaminopeptidaza, galaktozidaza va boshqa fermentlar kiradi. Ribosomalarlarda magniy va kalsiy bo‘ladi. Xayvon, o‘simlik hujayralaridan va mikro-organizmlardan ajratib olingan ribosomalar kimyoviy tarkibi, molekulyar og‘irligi bilan bir-biriga yaqin. Ribosomalar oddiy va bir xil tipidagi moddadan tuzilganga o‘xshasada, ular mayda subbirliklardan iborat (15-rasm). Ribosomalar
50 S va 30 S lik 2 ta subbirlikdan birikib, 70 S bo‘lgan o‘lchamni tashkil qiladi. Xar bir subbirlik bitta yuqori polimer ribosomal RNK molekulasini o‘zida tutadi, lekin ular alohida bo‘lganda radioktiv aminokislotalarni qabul qila olmaydi.
Ribosomaning tuzilishi.1-kichik subbirlik; 2-katta subbirlik.
Ribosomaning funksiyasi. Ribosomalarda yadrodan informasion RNK (i-RNK) orqali berilgan genetik axborotga qarab aktiv aminokislotalar kondensasiyasi hamda ularning polipeptid bog‘ga terilib, oqsilning sintezi ro‘y beradi. Ayrim oqsillar sintezi alohida ajratib olingan ribosomalarda ham topilgan. Matrisa rolini i-RNK bajarib, u ribosomalarga o‘tadi. Ribosoma yuzasida transport RNK
(t-RNK) va aminokislotalar kompleksi bilan i-RNK ning komplementar nukleotidlar o‘zaro ta’sir qiladi.
Ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra oqsil sintezi yakka ribosomalarda bormasdan, ularning bir to‘dasida-poliribosoma yoki polisomalarda boradi. Polisomalar 5-70 ta ribosomalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro diametri 1-1,5 nm keladigan nozik ipchalar bilan birlashadi va bir-biridan 5-15 nm masofada yotadi. Ribosoma polipeptid zanjirni hosil qilib, oqsilni o‘zidan ajratadi va i-RNK bog‘lamidan tushib qoladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling