Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Download 383.68 Kb.
|
математикадан мисол ва масалалар ечиш фан дастури
Ozbekiston ResPubLikasi xaLQ ta’Limi vazirLigi NAMANGAN viLoyat XALQ TA’LIMI XODIMLarini Qayta tayyorLash va ularning maLakasini HUDUDIY MARKAZI ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI KAFEDRASI Matematika fanini o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining ixtisoslik fanlari tarkibiga kiruvchi “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi” fani bo’yicha ischi OQuv – reja va dastur (Xo’jalik hisobidagi pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun) Namangan – 2020 Matematika fanini o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining umumkasbiy fanlari tarkibiga kiruvchi “Matematikadan misol va masalalar yechish”fani bo`yicha tayyorlangan mazkur ishchi oquv – mavzu reja va dastur Xalq ta`limi vazirligining ______-yil __-______ ____-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan hamda A.Avloniy nomidagi MOMI ilmiy kengashining _____ – yil ___-___________dagi ___-sonli yig`ilishida ma’qullangan Matematika fanini o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining o’quv fanlari dasturlarining umumkasbiy fanlari tarkibiga kiruvchi “Matematikadan misol va masalalar yechish” fani boyicha davlat talablari, _______-sonli buyruqdagi ______-ilovaga asosan hamda namunaviy o`quv dasturida ko`rsatilgan _____-ilovasiga muvofiq ishlab chiqildi. «Tasdiqlayman» NVXTXQTMOHM o`quv va ilmiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari __________ H.Eraliyev ___ «_______» 2020 yil KELISHILDI: Namangan VXTXQTMOHM O’quv-metodik ishlar bo’yicha direktor o`rinbosari: H.Eraliyev Namangan VXTXQTMOHM aniq va tabiiy fanlar ta’limi kafedrasi mudiri: M. Muminov
Namangan VXTXQTMOI aniq va tabiiy fanlar ta’limi kafedrasi matematika fani o’qituvchisi: F.Nabiyev Ushbu ishchi oquv reja va dastur kafedraning ______ yil __ ______dagi __ sonli yigilishida muhokama etilgan va institut ilmiy kengashining _____ yil ___ yanvardagi yigilishida № ___ sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan. Matematika fanini o’qitish huquqini berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining ISHCHI O’QUV REJASI
IXTISOSLIK FANLARI 2.01. MATEMATIKADAN MISOL VA MASALALAR YeCHISH METODIKASI KIRISH «Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi» fani yuqorida ko’rsatilgan ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo’lib, ushbu dastur umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey vakasb-hunar kollejlari matematika fanlarining Davlat ta’lim standartlarini hisobga olgan holda, oliy ta’limning “ 5110100 - Matematika o’qitish metodikasi” yo’nalishi Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan. O’quv fanining maqsadi va vazifalari. Fanni o’qitishdan maqsad – “Matematika fanini o’qitish uchun huquq berish bo’yicha kasbiy qayta tayyorlash” ta’lim yo’nalishi bo’yicha matematika fanini o’qitish huquqi beriladigan o’qituvchilarga matematikadan masala va misol yechish jarayonini o’rgatish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi matematik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Fanning vazifasi – tinglovchilarga umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qaralayotgan matematik masalalarni, ularni yechish usullarini chuqurroq o’rgatish, tinglovchilarda matematik masalalar yechish bo’yicha umumlashgan ko’nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Fan bo’yicha tinglovchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi: – matematikadan masala va misollarni yechish, uni turlarga ajrata bilish, yechish usulini tanlay bilish, matematik modelini tuzib, shu modelda yechishni amalga oshirish, masala yechimlarini tahlil qila bilish haqida tasavvurga ega bo’lishi; – sanoq sistemalari ustida arifmetik amallar bajarishni, ratsional va irratsional sonlar xossalari, ustida amallarni, ko’phadlar va ular ustida amallar bajarishni, turli tenglama va tengsizliklarni yechish usullarini, geometrik almashtirishlarning masalalar yechishga tatbiqlarini, aylana doira va ulardagi metrik munosabatlarni, uchburchakda metrik munosabatlarni, yassi figuralar yuzalarini hisoblashni, ko’pburchaklarga ichki aylana chizish shartlari, ko’pyoqli figuralar, ularning sirtlari, hajmlari, aylanma jismlar va ularning sirtlari va hajmlarini hisoblashni, fazoviy figuralarning o’zaro kombinatsiyasiga doir masalalarni yechishni, haqiqiy argumentli trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalarini, bir xil argumentli trigonometrik funktsiyalar orasidagi munosabatlarni, qo’shish teoremalari va ularning natijalarini, trigonometrik funktsiyaning ko’paytmasini yig’indiga va aksincha, almashtirish formulalarni, trigonometrik funktsiyalarning grafiklarini yasashni, teskari trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalarini, grafiklarini, trigonometrik tenglamalar va ularni yechish usullari, trigonometrik tengsizliklarni va ularning sistemalarini yechishni bilishi va ulardan foydalanaolishi; –algebra va sonlar nazariyasi, geometriya, matematik analiz, sonli sistemalar, matematik mantiq kabi fanlarning asosiy tushuncha va metodlari dan misol va masalalar yechishda foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
“Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi” kursi algebra va sonlar nazariyasi, geometriya, matematik taxlil, sonli sistema, matematik mantiq va boshqa matematika fanlari bilan bevosita aloqadorlikda bo’lib, mavzulari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida matematika o’qitish bilan bog’liq. SHuning uchun xam bo’lajak matematika o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligini amalga oshirishda, tinglovchilarni pedagogik amaliyotini muvaffaqiyatli o’tishi, kurs va malakaviy bitiruv ishlarini yuqori saviyada bajarishiga yaqindan yordam beradi. Fanning ta`limdagi o’rni “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi” fanining ta’limdagi o’rni ushbu kursning maqsadi va mazmunida to’la aksettirilgan bo’lib, bu kurs davomida tinglovchilar misol va masala yechishning umumiy va xususiy usullarini to’liq egallaydi. Bu mahnoda matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi matematikadan bilim, ko’nikma va malakalarni umumlashtiradi, chuqurlashtiradi. Matematik tahlil, algebra va sonlar nazariyasi, geometriya fanlarini ongli o’zlashtirishga xizmat qiladi. Tinglovchilarda matematikaning yagonaligi haqidagi tasavvur larini shakllantiradi. Bundan tashqari “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi” fani bo’lajak matematika o’qituvchilari kasbiy tayyorgarligining o’zagini tashkil qilishi bilan ta’limda alohida ahamiyatga ega. Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Tinglovchilarning “Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi” fanini o’zlashtirishi uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish; yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi. Asosiy qism
1-mavzu. Sanoq sistemalari. Turli sanoq sistemalarida arifmetik amallar bajarish (2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot). Sanoq sistemalari: pozitsion, nopozitsion sanoq sistemalari, ixtiyoriy pozitsion sanoq sistemalarida arifmetik amallarni bajarish bilim, ko`nikma va malaka hosil bo`lish. 2-mavzu. Bo’linish belgilari. Qoldiqli bo’lish. Tub va murakkab sonlar. EKUB va EKUK (4 soat amaliy mashg’ulot). Bo’linish belgilari. Qoldiqli bo’lish. Tub va murakkab sonlar. EKUB va EKUK. Arifmetikaning asosiy teoremasi. 3-mavzu. Sonlarni kiritish yo’llari. Taqribiy hisoblashlar va ularning tatbiqi (4 soat amaliy mashg’ulot). Natural sonlarning kanonik yoyilmasi. Butun koeffitsientli aniqmas tenglamalar. Ratsional sonlarni kiritish yo’llari. Ratsional sonlar ustida amallar. Munosib kasrlar. CHeksiz davriy munosib kasrlar. Irratsional sonlar. Haqiqiy sonlar ustida amallar. Algebraik va transtsendent sonlar. Taqribiy hisoblashlar va ularning tatbiqi. 4-mavzu. Bir o’zgaruvchili va bir jinsli ko’phad. Ko’phadlar ustida amallar (2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot). Bir o’zgaruvchili va bir jinsli ko’phad. Uning kanonik ko’rinishi, ko’phadlar ustida amallar. Ko’phadning bo’linishi. Ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratish. Ratsional ifodalarni ayniy almashtirishlar. 5-mavzu. Tenglama va uning turlari. Tenglamalarni yechish. Tenglamalar sistemasi. Tenglamalar sistemasini yechish usullari (2 soat ma`ruza, 4 soat amaliy mashg’ulot). Tenglama. Tenglamalar tasnifi. Teng kuchli tenglamalar. Birinchi va ikkinchi darajali tenglamalar. Qaytma va yuqori darajali tenglamalar. Kasr-ratsional tenglamalar. Modulg’ qatnashgan tenglamalar. Tenglamalar sistemasi. Tenglamalar sistemasini yechishning elementar usullari. 6-mavzu. Sonli tengsizliklar va ularning xossalari. Tengsizliklarni yechish (2 soat amaliy mashg’ulot). Sonli tengsizliklar va ularning xossalari. Tengsizliklarni isbotlash. Tengsizliklar tengkuchliligi. Birinchi va ikkinchi darajali tengsizliklarni yechish. 7-mavzu. Irratsional tenglama va tenglamalar sistemasi. Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasi (4 soat amaliy mashg’ulot). Kasr-ratsional va yuqori darajali tengsizliklar. Irratsional ifodalarni ayniy almashtirish. Irratsional tenglama va tenglamalar sistemasi. Irratsional tengsizliklar va tengsizliklar sistemasi. 8-mavzu. Ko’rsatkichli va logarifmik tenglama, tenglamalar sistemasi. Ko’rsatkichli va logarifmik tengsizliklar, tengsizliklar sistemasi. Parametr qatnashgan tenglama va tengsizliklar, tenglama va tengsizliklar sistemasi (4 soat amaliy mashg’ulot). Ko’rsatkichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirish. Ko’rsatkichli va logarifmik tenglama. Tenglamalar sistemasi. Ko’rsatkichli va logarifmik tengsizliklar. Tengsizliklar sistemasi. Parametr qatnashgan tenglama va tengsizliklar. Parametr qatnashgan tenglama va tengsizliklar sistemasi. 9-mavzu. Geometrik almashtirishlarning masalalar yechishga tatbiqlari. Aylana, doira va uchburchakda metrik munosabatlar (2 soat amaliy mashg’ulot). Geometrik almashtirishlarning masalalar yechishga tatbiqlari. Aylana doira va ularda metrik munosabatlar. Uchburchakda metrik munosabatlar. Uchburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar. Styuart, Ptolemey teoremalari. 10-mavzu. Ko’pburchaklarga ichki aylana chizish shartlari. Ko’pburchakka doir masalalar. Geometrik figuralar yuzasi mavjudligining zaruriy va yetarli shartlari. Yuzalarni hisoblashga doir masalalar (2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot). Ko’pburchaklarga ichki aylana chizish shartlari. Ko’pburchakka doir masalalar. Geometrik figuralar yuzasi mavjudligining zaruriy va yetarli shartlari, ularning xossalari. Yuzalarni hisoblashga doir masalalar. 11-mavzu. Stereometriyaning asosiy aksiomalari va ularning natijalari. Ko’p yoqli figuralar, ularning sirtlari, hajmlari (2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot). Stereometriyaning asosiy aksiomalari va ularning natijalari. Fazoda to’g’ri chiziq va tekisliklar hamda tekisliklarning o’zaro joylashuvi. Ikki yoqli, ko’p yoqli burchaklar va ularning tekis burchaklari. Ko’p yoqli figuralar, ularning sirtlari, hajmlari. Ko’pyoqlarning sirti va hajmlarini hisoblashga oid misollar. 12-mavzu. Aylanma jismlar, ularning sirtlari va hajmlari. Fazoviy figuralarning o’zaro kombinatsiyasiga doir masalalar (2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot). Aylanma jismlar, ularning sirtlari va hajmlari. Fazoviy figuralarning o’zaro kombinatsiyasiga doir masalalar. 13-mavzu. Haqiqiy argumentli trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalari. Bir xil argumentli trigonometrik funktsiyalar orasidagi munosabatlar. Trigonometrik ayniyatlar. Qo’shish teoremalari va ularning natijalari (2 soat ma`ruza, 4 soat amaliy mashg’ulot). Haqiqiy argumentli trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalari. Argumentning bahzi qiymatlarida trigonometrik funktsiyaning qiymatlari. Trigonometrik funktsiyaning berilgan qiymatiga ko’ra burchagini (yoyini) yasash. Bir xil argumentli trigonometrik funktsiyalar orasidagi munosabatlar. Trigonometrik ayniyatlar. Qo’shish teoremalari va ularning natijalari. Trigonometrik funktsiyaning ko’paytmasini yig’indiga va aksinchaga almashtirish formulalari. Darajani pasaytirishning umumiy formulasi. Ratsionallashtiruvchi almashtirish va yordamchi burchak kiritish. Bahzi trigonometrik yig’indi va ko’paytmalarni hisoblash. Trigonometrik tengsizliklarni isbotlash. Garmonik tebranishlar va ularni qo’shish. Trigonometrik funktsiyalarning grafiklarini yasash. 14-mavzu. Teskari trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalari, grafiklari. Arkfunktsiyalarning trigonometrik funktsiyalari (2 soat ma`ruza, 2 soat amaliy mashg’ulot). Teskari trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalari, grafiklari. Arkfunktsiyalarning trigonometrik funktsiyalari. Arkfunktsiyalar orasidagi bog’lanishlar. Trigonometrik funktsiyalarning arkfunktsiyalari. 15-mavzu. Trigonometrik tenglamalar. Arkfunktsiyalar qatnashgan tenglamalar. Trigonometrik tenglamalar sistemasi. Trigonometrik tengsizliklar va tengsizliklar sistemasi (2 soat ma`ruza, 4 soat amaliy mashg’ulot). Trigonometrik tenglamalar va ularni yechish usullari a) eng sodda trigonometrik tenglamalar; b) trigonometrik funktsiyalarga nisbatan algebraik tenglamalar; v) ikki asinx bcosx c funktsiyaning tenglik sharti; g) bir jinsli tenglamalar; d) tenglamani yechish. Arkfunktsiyalar qatnashgan tenglamalar. Trigonometrik tenglamalar sistemasi. Trigonometrik tengsizliklar, trigonometrik tengsizliklar sistemasi. Foydalaniladigan asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, elektron ta’lim resurslari hamda qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar 1. A.Normatov, A.Musurmonov. Trigonometriya. – T: “O’qituvchi”, 2004. 2. M.I.Skanavi tahriri ostida. Matematikadan konkurs masalalar to’plami. – T: “O’qituvchi”, 1996.
1. Q.Jumaniyozov va G.Muhammedova. Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi. O’quv qo’llanma. – T.: “Brok lass servis”, 2014. 2. A.Normatov, Q.Jumaniyozov va boshqalar. Matematikadan praktikum. Mustaqil ishlar to’plami. – T.: TDPU, 2006. 3. K.X. Abdullaev. i dr. Sbornik zadach po geometrii. – T.: “O’qituvchi”, 2004. Elektron ta`lim resurslari 1. http://vilenin.narod.ru/Mm/Books/ 2. http://www.allmath.ru/ 3. http ://www.pedagog.uz/ 4. http://www.ziyonet.uz/ 5. http://window.edu.ru/window/ 6. http://ilib.mccme.ru/#begin 7. http://kvant.mirror1.mccme.ru/ Download 383.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling