Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Download 56.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi56.77 Kb.
#1520044
1   2   3   4   5
Bog'liq
AKTdan foydalangan holda o\'quvchilarning ta\'lim olish imkoniyatlarini

  
  
 


Login va vaqtinchalik parol - Tizimga ro'yxatdan o'tish va birinchi avtorizatsiyalangan 
ulanishga ruxsat beruvchi qat'iyan individual avtomatik shakllanuvchi foydalanuvchini nomi 
(login) va vaqtinchalik paroli. 
Foydalanuvchi nomi (login) - Tizimning boshqa foydalanuvchilari orasida har bir 
foydalanuvchini alohida ajratib turuvchi (identifikatsiyalovchi) belgilar ketma-ketligi. 
Parol - tizimda faqat shifrlangan shaklda saqlangan va foydalanuvchi tekshiruvi uchun 
foydalanuvchi nomi (login) bilan birgalikda ishlatiladigan, faqatgina foydalanuvchiga ma'lum 
bo'lgan belgilar ketma-ketligi. 
Autentifikatsiya - Foydalanuvchining nomi (login) va Paroli orqali amalga oshirilgan, 
tizimga foydalanuvchining masofadan kirish huquqining sertifikatlanishi. 
Vakolatli ruxsat - muvaffaqiyatli autentifikatsiyada tizimga kirish imkoni. 
Xizmatlar (pullik va bepul) - Tizimning funktsional imkoniyatlarini amalga oshirish va 
ushbu Shartnomaga muvofiq Tizimning ishlash natijalaridan foydalanish uchun Tizim faoliyati 
doirasida foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlar va xizmatlar. 
 
 
Tizimga kirish qoidalari 
Foydalanuvchi profilda Tizim xodimlaridan, xususan Administratordan olingan shaxsiy 
login va vaqtinchalik parol bilan Tizimda Profilini ro'yxatdan o'tkazadi. 
Ro'yxatga olish vaqtida foydalanuvchi o'z ma'lumotlarining to'g'riligini tekshirishga 
majbur: familiyasi, ismi, sharifi, tug'ilgan sanasi, jinsi. Ma'lumotlar qismida xatolar bo'lsa yoki 
nomuvofiqliklar bo'lsa, ro'yxatdan o'tishni tugatgandan so'ng Administrator bilan bog'lanish yoki 


Mijozlar bilan maslahat va texnik yordam xizmatiga elektron pochta manziliga murojaat qilish 
kerak bo'ladi: team@kundalik.com. Tizim xizmatlaridan foydalanganda boshqa shaxsiy 
ma'lumotlar foydalanuvchi tomonidan uning so'roviga binoan taqdim etiladi. Ushbu Shartnomani 
qabul qilish (rozilik bildirish) bilan Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish davomida tanishish uchun 
bеrilgan Maxfiylik siyosatidan xabardor ekanini tasdiqlaydi. 
Ro'yxatga olish vaqtida foydalanuvchi o'zi tomonidan berilgan vaqtinchalik 
foydalanuvchi nomini (login) va vaqtinchalik parolni mustaqil ravishda kiritadi. Ro'yxatdan 
o'tish bosqichida foydalanuvchi vaqtincha parolni doimiyga o'zgartiradi. Vaqtinchalik parol 
yo'qolganida, foydalanuvchi tizimda parolni tiklash uchun zarur bo'lgan tartibga o'tishi mumkin, 
Administrator yoki Mijozlarni maslahati va Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish 
zarur. 
Tizimga ulanish tizimning mijozlar qismiga (Web-interfeysiga) Internet orqali 
avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi nomi (login) 
va parollarning xavfsizligi uchun, ayniqsa uchinchi shaxslar tomonidan ularga kirish imkoniyati 
yo'qligiga javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Foydalanuvchining profilida amalga oshirilgan 
tizimdagi barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan hisoblanadi. 
Foydalanuvchi Foydalanish shartnomasiga muvofiq ushbu Tizimdan asosan faqatgina 
notijorat maqsadlarda foydalanish majburiyatini oladi. 
Foydalanuvchi uchun kirish ruxsati Administrator tomonidan to'xtatilishi mumkin. 
Tizimga kirishni to'xtatish tartibi Foydalanuvchidan faqat muayyan muassasada foydalanuvchi 
kabinetiga kirish huquqini olib tashlashni nazarda tutadi. Foydalanuvchiga Tizimdan 
foydalanishni to'xtatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: 

Foydalanuvchini muassasada o'qish muddatining tugashi

Foydalanuvchini muassasadan chiqarib yuborilishi; 

Foydalanuvchini boshqa muassasaga o'tkazilishi; 

Ota-onasi va/yoki qonuniy vakil bo'lgan foydalanuvchini o'qish 
muddatining tugashi/chiqarib yuborilishi/boshqa o'quv muassasasiga o'tkazilishi; 

Muassasa xodimlarining mehnat munosabatlarini tugatish / o'zgartirish; 

Muassasa xodimlarining davlat xizmatidan o'tishi shartlarini bekor 
qilish/o'zgartirish. 
Tizimdan foydalanuvchining profilini o'chirib tashlash Foydalanuvchining shaxsiy 
murojaati bilan va/yoki o'chirish uchun asoslar mavjud bo'lsa Administrator tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Barcha da'volar, so'rovlar, savollar, boshqa har qanday yozuvlar Administratsiyaga 
elektron pochta orqali yuboriladi: team@kundalik.com. 



Download 56.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling