Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Download 56.77 Kb. Pdf ko'rish
|
AKTdan foydalangan holda o\'quvchilarning ta\'lim olish imkoniyatlarini
Login va vaqtinchalik parol - Tizimga ro'yxatdan o'tish va birinchi avtorizatsiyalangan ulanishga ruxsat beruvchi qat'iyan individual avtomatik shakllanuvchi foydalanuvchini nomi (login) va vaqtinchalik paroli. Foydalanuvchi nomi (login) - Tizimning boshqa foydalanuvchilari orasida har bir foydalanuvchini alohida ajratib turuvchi (identifikatsiyalovchi) belgilar ketma-ketligi. Parol - tizimda faqat shifrlangan shaklda saqlangan va foydalanuvchi tekshiruvi uchun foydalanuvchi nomi (login) bilan birgalikda ishlatiladigan, faqatgina foydalanuvchiga ma'lum bo'lgan belgilar ketma-ketligi. Autentifikatsiya - Foydalanuvchining nomi (login) va Paroli orqali amalga oshirilgan, tizimga foydalanuvchining masofadan kirish huquqining sertifikatlanishi. Vakolatli ruxsat - muvaffaqiyatli autentifikatsiyada tizimga kirish imkoni. Xizmatlar (pullik va bepul) - Tizimning funktsional imkoniyatlarini amalga oshirish va ushbu Shartnomaga muvofiq Tizimning ishlash natijalaridan foydalanish uchun Tizim faoliyati doirasida foydalanuvchi tomonidan taqdim etiladigan mahsulotlar va xizmatlar. Tizimga kirish qoidalari Foydalanuvchi profilda Tizim xodimlaridan, xususan Administratordan olingan shaxsiy login va vaqtinchalik parol bilan Tizimda Profilini ro'yxatdan o'tkazadi. Ro'yxatga olish vaqtida foydalanuvchi o'z ma'lumotlarining to'g'riligini tekshirishga majbur: familiyasi, ismi, sharifi, tug'ilgan sanasi, jinsi. Ma'lumotlar qismida xatolar bo'lsa yoki nomuvofiqliklar bo'lsa, ro'yxatdan o'tishni tugatgandan so'ng Administrator bilan bog'lanish yoki Mijozlar bilan maslahat va texnik yordam xizmatiga elektron pochta manziliga murojaat qilish kerak bo'ladi: team@kundalik.com. Tizim xizmatlaridan foydalanganda boshqa shaxsiy ma'lumotlar foydalanuvchi tomonidan uning so'roviga binoan taqdim etiladi. Ushbu Shartnomani qabul qilish (rozilik bildirish) bilan Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish davomida tanishish uchun bеrilgan Maxfiylik siyosatidan xabardor ekanini tasdiqlaydi. Ro'yxatga olish vaqtida foydalanuvchi o'zi tomonidan berilgan vaqtinchalik foydalanuvchi nomini (login) va vaqtinchalik parolni mustaqil ravishda kiritadi. Ro'yxatdan o'tish bosqichida foydalanuvchi vaqtincha parolni doimiyga o'zgartiradi. Vaqtinchalik parol yo'qolganida, foydalanuvchi tizimda parolni tiklash uchun zarur bo'lgan tartibga o'tishi mumkin, Administrator yoki Mijozlarni maslahati va Texnik qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish zarur. Tizimga ulanish tizimning mijozlar qismiga (Web-interfeysiga) Internet orqali avtorizatsiya qilingan foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi nomi (login) va parollarning xavfsizligi uchun, ayniqsa uchinchi shaxslar tomonidan ularga kirish imkoniyati yo'qligiga javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Foydalanuvchining profilida amalga oshirilgan tizimdagi barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan hisoblanadi. Foydalanuvchi Foydalanish shartnomasiga muvofiq ushbu Tizimdan asosan faqatgina notijorat maqsadlarda foydalanish majburiyatini oladi. Foydalanuvchi uchun kirish ruxsati Administrator tomonidan to'xtatilishi mumkin. Tizimga kirishni to'xtatish tartibi Foydalanuvchidan faqat muayyan muassasada foydalanuvchi kabinetiga kirish huquqini olib tashlashni nazarda tutadi. Foydalanuvchiga Tizimdan foydalanishni to'xtatish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: Foydalanuvchini muassasada o'qish muddatining tugashi; Foydalanuvchini muassasadan chiqarib yuborilishi; Foydalanuvchini boshqa muassasaga o'tkazilishi; Ota-onasi va/yoki qonuniy vakil bo'lgan foydalanuvchini o'qish muddatining tugashi/chiqarib yuborilishi/boshqa o'quv muassasasiga o'tkazilishi; Muassasa xodimlarining mehnat munosabatlarini tugatish / o'zgartirish; Muassasa xodimlarining davlat xizmatidan o'tishi shartlarini bekor qilish/o'zgartirish. Tizimdan foydalanuvchining profilini o'chirib tashlash Foydalanuvchining shaxsiy murojaati bilan va/yoki o'chirish uchun asoslar mavjud bo'lsa Administrator tomonidan amalga oshiriladi. Barcha da'volar, so'rovlar, savollar, boshqa har qanday yozuvlar Administratsiyaga elektron pochta orqali yuboriladi: team@kundalik.com. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling