Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Download 4.05 Mb.
|
1.05.majmua kimyo-2023
Ko’p shaklli fermentlar. Fermentlar bir turda, bir to`qimadi, o’atto bir hujayraning o`zida ham bir - biridan farqlanadigan ikki va undan ortiq shakllarda uchrashi aniqlandi. Bu fermentlar ayni bitta reaksiyani kataliz qilsalar ham bir - birlaridan substratga yakinliklari, ta`sirining o’timumi, kataliz qiladigan reaksiyaning e`ng yuqori sur`ati yoki boshqarilishini xossalari bo`yicha o`zaro farqlanadi.
Ko’p shaklli fermentlarning paydo bo`lish tabiati xilma - xil bo`lib, oo’irigacha o`rganilmagan. Izofermentlar oqsil molekulasining birlamchi strukturasida nasliy farq bo`lishidan kelib chiqadi, ya`ni ularning fizik - o’imik farqlari nasliy xossalariga ega. Bir fermentning nasliy bo`lmagan modifikaciyalariga shaklli fermentlar deyiladi. Izofermentlar moddalar almashinuvida boshqaruvchilik vazifasini bajarib, ichki va tashqi omillarga turli to`qimalardagi metabolizmni moslashtirish imkoniyatini beradi, degan fikrlar mavjud. Izofermentlar turli hujayra va to`qimalarda, o’attoki organoidlarda bir xil bo`lmaganligi sababli ular bioo’imik reaksiyalar yo`nalishini o`zgartirish imkonini beradi. Oligomer tuzilishga ega bo`lgan izofermentlarning bir ajoyib o’ususiyati bor: butun kompleksning faolligi ayrim subbirliklarning bir - biriga nisbatan joylashishiga bog`liq. Keyingi yillarda juda ko’p fermentlarning izofermentlari aniqlangan: achitqilar, odam va hayvon hujayralaridagi gliserataldegidfosfatdegidrogenaza, piruvatdegidrogenaza, geksokinaza va boshqalar. Bu guruhga mansub fermentlardan birinchilar qatorida yaxshi o`rganilgani oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini kataliz qiluvchi laktatdegidrogenaza bo`ldi: Laktat + O’AD+ piruvat + O’ADO’ + O’+ Bir turdagi organizmlarning turli organlarida uning besh xil izozimi uchraydi, ular to`rtta polipeptid zanjirdan iborat. 5ta izofermentning har biri aminokislota tarkibi va birlamchi strukturasi bo`yicha farqlanadigan 2 polipeptid zanjirlaridan: A yoki M zanjir (ing «muscle» - muskul so`zidan) va B yoki N - zanjir (ing «o’eart» - yurak so`zidan) tuzilgan. Binobarin, faol ferment bu 4 subbirliklarning kombinatsiyalaridan biriga: N4, N3M, N2M2, NM3, M4 va LDG ning quyidagi izofermentlari LDG1, LDG2, LDG3, LDG4, LDG5, ga to`g`ri keladi. Skelet muskullarida mavjud LDGning izoshakli asosan 4 M - zanjirlaridan, yurak muskul to`qimasidagisi esa asosan N - zanjirlardan tashkil topgan. LDGning izoferment tarkibining ba`zi kasalliklarda o`zgarishi undan tasho’is maqsadlarida foydalanish umidini tugdirdi. Izofermentlar miqdorini qon zardobida o`zgarishiga karab qaysi a`zo kasallikka duchor bo`lganini, patalogik jarayoni naqadar og`ir ekanligini aniqlash mumkin. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling