Aniq va tabiiy fanlar metodikasi


Download 432 Kb.
bet3/4
Sana07.12.2020
Hajmi432 Kb.
#161989
1   2   3   4
Bog'liq
2 5330528269487836441


Namuna.

Fikr: PISA va TIMSS qiyosiy xalqaro tadqiqotlar natijalari mamlakatimizda matematika fanini о‘qitish tizimini tahlil qilish va tkomillashtirishni taqozo etadi.

Topshiriq: Mazkur fikrga nisbatan munosabatingizni FSMU orqali tahlil qiling.

  1. Tushunchalar tahlili” metodi

Metodning maqsadi: mazkur metod о‘quvchilar yoki qatnashchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni о‘zlashtirish darajasini aniqlash, о‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qо‘llaniladi. Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;

  • о‘quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bо‘lgan sо‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);

  • о‘quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma'no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qо‘llanilishi haqida yozma ma'lumot beradilar;

  • belgilangan vaqt yakuniga yetgach о‘qituvchi berilgan tushunchalarning tugri va tuliq izohini uqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;

  • har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va о‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.




  1. Venn diagrammasi metodi

Venn diagrammasi - grafik kо‘rinishda bо‘lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetlarni (kо‘rinish, fakt, tushuncha) taqqoslash, tahlil qilish va о‘rganishda qо‘llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bо‘ladi.

Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali о‘qitishni tashkil etish shakli bо‘lib, u ikkita о‘zaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali kо‘rib chiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkonini beradi.

Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiriladilar va ularga kо‘rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning о‘ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;

  • navbatdagi bosqichda ishtirokchilar tо‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik о‘z tahlili bilan guruh a'zolarini tanishtiradilar;

  • juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, kо‘rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.

Namuna: PISA va TIMSS xalqaro tadqiqotlar natijalarini qiyosiy tahlil qiling.

  1. Kichik guruhlarda ishlash metodi

Kichik guruhlarda ishlash orqali о‘rganish - ma'lum muammoning yechimini topishga va о‘quvchilar faolligini oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy hamkorlikdagi ish. Bosqichlari: guruhlarga bо‘lish, muammoni guruhlarda muxokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti, xulosalash.

Kichik guruhlarda hamkorlikda о‘qitish

Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta о‘quvchidan tashkil topadi. О‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, sо‘ngra о‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. О‘quvchilarga berilgan о‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir о‘quvchi topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir о‘quvchi о‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, о‘rtoqlarini о‘qitadi, sо‘ngra guruh a'zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. О‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.

О‘quvchilarning kichik guruhlardagi о‘quv faoliyati о‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin

Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish

Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda kо‘proq о‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e'tibor qaratiladi.

О‘quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda о‘rganish lozim bо‘lgan о‘quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir о‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir о‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga о‘z xissasini qо‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara о‘tkaziladi. Guruh a'zolari birgalikda ma'ruza tayyorlaydi va sinf о‘quvchilari о‘rtasida о‘z ijodiy izlanishlari natijasini e'lon qiladi. Kichik guruhlar о‘rtasida о‘tkazilgan о‘quv bahsi, munozara о‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qо‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir о‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval о‘zlashtirilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qо‘llanib, yangi bilimlarning о‘zlashtirishiga bog‘liq bо‘ladi.


  1. Muammoli ta'lim metodi

Ta'lim jarayonida о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning intelektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish quyidagi umumiy omillarga bog‘liq bо‘ladi:

  • О‘rganilayotgan mavzu yuzasidan muammoli savollar tizimi tuzish;

  • Qо‘yilgan muammoli savollar tizimi asosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan tema materiallarini о‘rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish;

  • Muammoli savol asosida izlanish xarakteridagi о‘quv vazifalarini qо‘yish.

Yuqoridagi bosqichlar asosida о‘quv materiali tushuntiriladiganda о‘quvchilar о‘zlari darrov tushunib yetmaydigan fakt va tushunchalarga duch keladilar. Natijada о‘rganilayotgan mavzu materiali bilan о‘quvchilar orasida muammoli vaziyat hosil bо‘ladi.

Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash о‘quvchilarning aktiv fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida о‘quv jarayonini qayta qurish muammoli ta'limning asosiy g‘oyasini belgilab beradi. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta'lim deyiladi.

Muammoli ta'limda о‘qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunni tushuntira borib о‘rganilayotgan mavzu materiali bilan о‘quvchilar orasidagi muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiriladi, о‘quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada о‘quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar.


  1. Evrestik ta'lim metodi.

Evrestik degan sо‘zning ma'nosi savol javobga asosan “topaman” demakdir. Evrestik metod bilan о‘qitish maktablarda asosan XIX asr boshlaridan boshlab qо‘llanila boshladi.

Mashg‘ulotlar qiziqarli bо‘lishi uchun, bu mashg‘ulotlardagi har bir masala yoki topshiriq sо‘zma sо‘z quruq yodlash uchun emas balki ularning oliy faoliyatlarini ishga soladigan xarakteri bо‘lishi kerak. Amerikalik olim D. Poya evrestik ta'lim metodi tо‘g‘risida shunday degan edi. Evrestikani maqsadi yangiliklarga olib boruvchi metod va qoidalarni izlash demakdir. U evrestik metod mohiyatini quyidagidek izchillikda tо‘zilgan reja orqali amalga oshirishni tavsiya qiladi:



  • Masalaning quyilishini tushunish;

  • Masalaning yechish rejaini tо‘zish;

  • Tuzilgan rejani amalga oshirish;

  • Orqaga nazar tashlash (hosil qilingan yechimni tekshirish).

Bu rejani amalga oshirish jarayonida о‘qituvchilar quyidagi savollarga javob topadilar:

  • Masalada nima noma'lum?

  • Masalada nimalar ma'lum?

  • Masalaning sharti nimalardan iborat?

  • Ilgari shunga о‘xshagan masalalar yechilganmi?

  • Agar shunga о‘xshagan masalalar yechilgan bо‘lsa, undan foydalanib qо‘yilayotgan masalani yecha oladimi?

Albatta yuqoridagi reja sxema о‘quvchilarning ijodiy fikrlash faoliyatilarni shakllantiradi, ammo bu reja-sxema о‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi birdan bir yо‘l bо‘la olmaydi.

9.Aqliy hujum - umumiy muammo bо‘yicha о‘quvchilarni ijodiy ishga, о‘zaro muloqotga chorlash; Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun о‘quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash;

10.Mustaqil ishlash - vaqti -vaqti bilan о‘tkazib turiladigan, о‘quvchilarning mustaqil о‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaiy faoliyat bilan shug‘ullanish kо‘nikmalarini shakllantiradigan, har bir о‘quvchiga alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajartirish; о‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yо‘naltirib boshqarish va nazorat qilish.

11.Juftlikda ishlash - biror mavzu bо‘yicha yonma -yon о‘tirgan о‘quvchilarni о‘zaro muloqotga chorlash; о‘zaro fikr almashish va ularni ba'zilarini tinglash;

12.“Bahs-munozara” metodi

Metod quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: о‘qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va о‘quvchilarni munozaraga taklif etadi; о‘qituvchi о‘quvchilarga muammo bо‘yicha «aqliy hujum» о‘tkazishga chorlaydi va uni о‘tkazish tartibini belgilaydi; о‘qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu ishni bajarish uchun о‘quvchilardan birini kotib etib tayinlaydi hamda bu bosqichda о‘qituvchi о‘quvchilarga о‘z fikrlarini bildirishlariga sharoit yaratib beradi; о‘qituvchi о‘quvchilar bilan birgalikda, ikkinchi bosqichda «aqliy hujum» davomida bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va ularni tahlil qiladi. Tahlil natijasida qо‘yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.



13.Tadqiqot metodi

Tadqiqot usuli о‘zlashtirish darajasining eng yuqori chо‘qisi hisoblanadi. Bu usul bilan dars о‘tilganda о‘quvchilar olgan bilimlari asosida hali о‘rganilmagan kichik bir masala ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishadi, masala yechimiga doir keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini tekshirishadi va isbotlashadi.

Bosqichlari:


  • darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan biror ob'ektning xossasini aniqlash yoki u haqidagi masalani qо‘yish;

  • uni о‘rganish, tadqiq qilish uchun ma'lumotlar tо‘plash;

  • muammo yoki masalaning yechishga oid taxminlar, bashoratlar qilish;

  • har bir bashoratning qanchalik tо‘g‘riligini tо‘plangan ma'lumotlar asosida tahlil qilish va isbotlash;

  • xulosa chiqarish;

  • sinf oldida taqdimot qilish.

14.Klaster metodi

Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bо‘lib, u ta'lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq о‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar о‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta о‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bо‘lishini ta'minlashga hizmat qiladi.



«Klaster» metodidan foydalanish tavsifi:

1-bosqich. Nimaniki о‘ylagan bо‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizni sifati tо‘g‘risida о‘ylab о‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermang.

3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan tо‘xtamang. Agar ma'lum muddat biror-bir g‘oyani о‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tyg‘ilgunga qadar davom ettiring.



4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar kо‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni kо‘rsatishga harakat qiling. Foyalar yig‘indisining sifati va ular о‘rtasidagi aloqalarni kо‘rsatishni cheklamang.

Ta'lim metodlarini samarali qо‘llash me'zonlari


Metodlar

Qaysi vazifalarni yechishda bu metod samaraliroq?

Qanday о‘quv materiali mazmuni uchun bu metod qulay?

О‘quvchilarning qanday xususiyatlari uchun bu metodni qо‘llash foydali?

Bu metodni qо‘llash uchun о‘qituvchi qanday hislatlarga ega bо‘lishi kerak?

Og‘zaki bayon metodi

Nazariy bilimlarni shakllantirish uchun

О‘quv materiali asosan nazariy va axborot kо‘rinishida bо‘lgan holda

О‘quvchilar о‘quv materialining og‘zaki bayonini о‘zlashtirishga tayyor bо‘lganda

О‘qituvchi bu metodni boshqa metodlardan kо‘ra yaxshiroq egallagan holatda

Kо‘rgazmali metod

О‘quvchilarda kuzatuvchanlik-ni rivoj-lantirish va о‘rganiladigan masalalarga bо‘lgan diqqatni oshirish uchun

О‘quv materiali mazmunini kо‘zgazmali vositalar bilan gavdalantirish mumkin bо‘lgan holatlarda

О‘quvchilar uchun kо‘rgazmali vositalar yetarli bо‘lganda

О‘qituvchi qо‘l ostida barcha kо‘rgazmali vositalar yetarli bо‘lganda yoki ularni о‘zi mustaqil tayyorlay olganida

Reproduk-tiv (о‘zlashti-rilgan bilim-larni qayta bayon qilish)

Bilim va kо‘nikmalarni shaklllantirish uchun

О‘quv materiali mazmuni yoki о‘ta murakkab yoki juda sodda bо‘lgan holda

О‘quvchilar bu mavzuni muammoli qilib о‘rganishga hali tayyor emas

О‘qituvchining bu mavzuni muammoli qilib о‘rgatishga vaqti yо‘q bо‘lgan holda

Tadqiqot-izlanish

Mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish va masalaga ijodiy yondashuv kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun

О‘quv materiali mazmuni о‘rtacha murakkablikda bо‘lganda

О‘quvchilar mazkur mavzuni muammoli tarzda о‘rganishga tayyor bо‘lgan hollarda

О‘qituvchi izlanish metodini yaxshi egallagan va mavzuni muammoli о‘rganish uchun yetarli vaqtga ega bо‘lganda

Amaliy

Amaliy kо‘nikma va malakalarni ravojlantirish uchun

О‘quv materiali mazmuni amaliy mashqlar, tajriba о‘tkazish va turli amaliy faoliyatli topshiriqlarni bajarishni talab qilsa

О‘quvchilar mazkur mavzu bо‘yicha amaliy topshiriqlarni bajarishga tayyor bо‘lsa

О‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarni о‘tkazish uchun yetarlicha о‘quv va didaktik materiallar, mashqlar tо‘plami va о‘quv qо‘llanmalariga ega bо‘lsa

Mustaqil ishlash metodlari

О‘quv faoliyatida mustaqil ishlash kо‘nikmalarini shakllantirish va ularni rivojlantirish uchun

О‘quv materiali mustaqil о‘rganish uchun imkoniyatini bersa

О‘quvchilar mazkur mavzu bо‘yicha mustaqil ishlashga tayyor bо‘lsa

О‘qituvchi mustaqil ishlarni tashkil qilish bо‘yicha yetarlicha о‘quv va didaktik materiallar ega bо‘lsa

Induktiv

Umumlashtirish va induktiv xulosa chiqarish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun

О‘quv materiali darslikda iduktiv tarzda berilgvn yoki uni induktiv tarzda bayon qilish samarali bо‘lgan holda

О‘quvchilar induktiv xulosa chiqarishni yaxshi bilib, deduktiv xulosa chiqarishga qiynalayotgan bо‘lsalar

О‘qituvchi ta'limning induktiv metodlaridan yaxshi xabardor bо‘lsa

Deduktiv

Tahlil qilish va deduktiv xulosa chiqarish kо‘nikmalarini rivojlantirish uchun

О‘quv materiali darslikda deduktiv tarzda berilgvn yoki uni deduktiv tarzda bayon qilish samarali bо‘lgan holda

О‘quvchilar deduktiv fikr yuritish va xulosa chiqarishga tayyor bо‘zlsalar

О‘qituvchi ta'limning deduktiv metodlaridan yaxshi xabardor bо‘lsa



3. 8-SINF GEOMETRIYA MASALALARNI YECHISHNING HAYOTGA AMALIY TATBIQI
1-masala (muammoli vaziyat).

Suv nilufar gulining k’ol sathidan kо‘rinadigan qismi 10 sm. Agar gulni boshlang‘ich holatidan bir tomonga 1 m tortilsa, suv sathiga tegadi. Kо‘lning shu joydagi chuqaurligini toping (5-chizma)



Masala yechimiga о‘tishdan oldin bu masalaning tо‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlari va burchaklarining munosabatlariga aloqasi haqida muammoli vaziyat yechiladi. Keyin masalaning matematik yechimi keltiriladi.

Yechish. Kо‘lning izlangan chuqurligini orqali belgilaymiz. U holda (m) ga teng bо‘ladi. Unda tо‘g‘ri burchakli uchburchakdan Pifagor teoremasiga kо‘ra quyidagilarga ega bо‘lamiz:

bundan:








(m)

Javob: kо‘lning chuqurligi 4,95 m.

2-masala (muammoli vaziyat).

Bir daraxtning balandligi 20 m, ikkinchisiniki esa 9 m. bu daraxtlar orasidagi masofa esa 60 m ni tashkil qiladi. Shu ikki daraxt uchlari orasidagi masofani toping (6-chizma).



Chizmani ekranga tushirmasdan oldin bu muammoli vaziyatning mohiyati, masalaning tо‘g‘ri burchakli uchburchak tomonlari va burchaklarining munosabatlariga aloqasi haqida bahs – munozaraga kirishiladi.

Yechish: Chizmadagi uchburchakda kesma uzunligini toppish talab qilinmoqda. Chizmadan tomonining 60 m, tomonining 11 m ekanligini kо‘rish mumkin. Pifagor teoremasi yordamida tomonni topish mumkin.

bundan, (m)

Javob: ikki daraxt orasidagi masofa 61 m.

Yuqoridagi masalalarni yechish jarayoni tugaganligidan sо‘ng, masalalar shartiga turli о‘zgartirishlar kiritib, javobda chiqqan natijalar tahlil qilinadi.

Masalan, 1-masalada gulning k’ol sathidan kо‘rinadigan qismining yoki, gulni boshlang‘ich holatidan bir tomonga tortish masofasining о‘zgarishiga qarab javobning kelib chiqishi bо‘yicha xulosalar qilish mumkin.

2-masalada daraxtlar orasidagi masofani, daraxtlarning balandligini о‘zgartirib yangi masalalar hosil qilish mumkin. О‘zgartirish kiritishda 1-masalada kо‘plab о‘zgartirishlar kiritish mumkinligi, 2-masalada esa tomon butun son chiqishi uchun doim ham ixtiyoriy sonlarni olib bо‘lmasligi haqida xulosalar qilish mumkin.

Masalalar shartiga о‘zgartirish kiritish masalaning mohiyatini tо‘g‘ri tushunishga, hayotdagi masalani tashkil qiluvchi elementlar haqida tо‘g‘ri tasavvurlar shakllanishiga xizmat qiladi.




Download 432 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling