bakalavriat – bakalavr akademik darajasini taqdim etuvchi oliy ta’lim
dasturi.
shaxsiy o’quv rejasi, sillabuslar, mustaqil ishlar bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, amaliyot dasturlari va shu kabilarni o’z ichiga oluvchi o’quv- yo’riqnoma axborotlari va hujjatlari paketi.
doktorantura – oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturi.
joriy nazorat – fanining har bir mavzusining o’zlashtirilishini tekshirish uchun fan o’qituvchisi tomonidan o’tkaziladigan nazorat turi.
ikki diplomli ta’lim – ikkita o’quv rejasi bo’yicha parallel o’qish imkoniyati, bunda ikkita o’zaro teng kuchli diplomlar olish (Double Major) yoki bitta asosiy va bitta qo’shimcha diplom olish (Major-Minor) mumkin.
ishchi o’quv rejasi – talabalarning shaxsiy o’quv rejalari asosida shakllantirilgan o’quv rejasi, o’qituvchilarning o’quv ishlari yuklamalarini hisoblash uchun asos bo’ladigan hujjat.
kredit ta’lim tizimi – o’quv jarayonini tashkil etish shakli bo’lib, talabalarga o’z o’quv traektoriyalarini muayyan chegarada belgilash imkonini beradi, mustaqil va ijodiy bilim olishni rag’batlantirishga yo’naltiriladi, o’zlashtirilgan bilimlar hajmi kreditlarda o’lchanadi.
kurs siyosati – fanni o’zlashtirish bo’yicha talabalarga qo’yiladigan
talablar.
magistratura – oliy o’quv yurtlarida va ilmiy muassasalarda “magistr”
akademik darajasini beradigan, chuqur ilmiy va kasbiy tayyorgarlik asosida ilmiy- pedagogik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash shakli.
ma’lumotnoma-ko’rsatkich – akademik kalendar, oliy o’quv yurti haqidagi umumiy ma’lumotlar, talabaning huquqlari va majburiyatlari, kredit ta’lim tizimining asosiy qoidalari, har bir fan bo’yicha yakuniy baholashlarni hisoblash metodikasi va o’rtacha ball (GPA), yakuniy davlat attestatsiyasi talablari va shu kabilarni o’z ichiga oladigan ma’lumotnoma.
mustaqil ish – mavzular bo’yicha mustaqil ta’limga ajratilgan ish bo’lib, o’quv-uslubiy adabiyotlar va tavsiyalar bilan ta’minlanadi, testlar, nazorat ishlari, kollokviumlar, referatlar, bayon va hisobotlar shaklida nazorat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |