Aniq va tabiiy fanlar


Mustahkamlash uchun savollar


Download 4.28 Mb.
bet41/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Mustahkamlash uchun savollar.


    1. Ish o‘rnini jihozlashda maxsus moslamalarga nimalar kiradi?

    2. Duradgorlik ustaxonasining tuzilishini tushuntirib bering.



Foydalanilgan adabiyotlar


      1. R.Sh.Berdiqulov, Sh.M.Mirkomilov, A.Yu. Iskandarov. Anorganik Texnologiya . Toshkent. 2018.

      2. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov. Umumiy va anorganik Texnologiya. Toshkent: Uzbekistan, 2003.

      3. Yu.T.Toshpulatov, Sh.S. Isxokov Anorganik Texnologiya. Toshkent: Ukituvchi, 1992.

      4. O.M. Yoriyev va b. Umumiy va noorganik Texnologiyadan masala va mashklar tuplami. Toshkent. 2008.
  1. mavzu: METALGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI (2 soat)


Reja:
    1. Metallning turmushda va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati


    2. Xossalari va sifatlari



Tayanch so’zlar: Metalga ishlov berish, dastgoh,chilangarlik, Metall, bog’lanuvchanlik, Tejamkor Olti Sigma, texnologik jarayon, Texnologiya va dizayn, prokatlash, daraxt, buta..

Insoniyat hayoti va jamiyat taraqqiyotini metalldan tayyorlangan buyumlarsiz tasavvur etish juda qiyin. Insonlar temir, mis, kumush, qalayi, oltin, simob va qo‘rg‘oshin kabi metal turlaridan juda qadim foydalanib kelganlar. Hozirgi vaqtda metallardan mashinalar, stanoklar, qurilish konstruksiyalari hamda turmushda ishlatiladigan ko‘plab buyumlar tayyorlanadi.


Metallar asosan fizik, mexanik va texnologik xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Fizik xususiyatlar: zichligi, suyuqlanuvchanligi, issiqdan kengayuvchanligi,
issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligi.
Mexanik xususiyatlar: mustahkamlik, cho‘ziluvchanlik, siqiluvchanlik, egiluvchanlik, buraluvchanlik, qovushqoqlik, bikrlik, qattiqlik.
Texnologik xususiyatlar: bolg‘alanuvchanlik, kirishuvchanlik, suyuq holatda oquvchanlik, payvandlanuvchanlik, kesib ishlanuvchanlik.


3-rasm. Metallni prokatlash dastgohi va sxemasi.

Odatda sanoatda metallar sof holatda emas, balki qotishma ko‘rinishida ishlatiladi. Cho‘yan, po‘lat, bronza, latun, dyuralyuminiylar eng ko‘p ishlatila- digan metall qotishmalari hisoblanadi.


Sanoatda metall buyumlar prokatlash hamda quyma usulida ishlab chiqaiiladi.
Metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuq holida prokatlash, ya’ni qarama-qarshi aylanuvchi valiklar orasidan ezib o‘tkazib olish usulida olinadi. Prokatlash usulida tunuka, burchaklik, sim kabi turli ko‘ndalang kesimga ega shakllardagi metall qotishmalar tayyorlanadi. Quyma usulida murakkab shakldagi buyumlar va detallar olinadi. O‘quv ustaxonasida sizlar asosan tunuka va simlar xossalari bilan tanishasiz va ish ko‘rasiz.
Metalldan buyum tayyorlovchi ustalar chilangar deb yuritiladi. Ular metall va uning qotishmalari xususiyatlarini bilishi, asbob-ukunalar hamda stanoklarni ishlatish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Metallga qo‘lda va mexanik usulda ishlov berish chilangarlik ustaxonasida amalga oshiriladi.



Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling