Aniq va tabiy fanlar kafedrasi amaliy sport turlari


Download 5.98 Mb.
bet25/39
Sana18.09.2023
Hajmi5.98 Mb.
#1680869
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Voleybol Majmua 2023- yil

Kafedra mudiri: _________________ S.Uraimov
3. Tarqatma materiallar

MA’RUZA MASHG‘ULOTI

1- Ma’ruza mashg‘uloti - Voleybol o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi









2- Ma’ruza mashg‘uloti - To’pni o’yinga kiritish va to’pni uzatish qabul qilish










AMALIY MASHG‘ULOT


1-AMALIY MASHG’ULOT: Voleybol o’ynida harakatlanish texnikasini o’rgatish. ( holatlar, siljishlar, yugirish, sakrash, yiqilish, burilish)


TURISH HOLATLARI, SILJISH VA TO‘XTASH. TURISH HOLATLARI.





1-rasm.
Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, dastlabki holatlar birmuncha statikligi bilan farqlanadi: to‘pni uzatishdan oldin (3 a-rasm), pastdan to‘pni qabul qilishda (2 b-rasm), to‘siq qo‘yishda (2 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (2 g-rasm)

2-rasm.
Sportchining harakatlanishini yuzaga keltiruvchi sabab oyoqning tayanchdan itarilish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi hisoblanadi

3-rasm

SAKRASHLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA ZARURIY XULOSALAR
1. Sakrash balandligi tayanchga qo‘yiluvchi, vaqt davomida ta’sir etuvchi kuch kattaligi, ya’ni kuch impulsi kattaligi bilan aniqlanadi. U itarilishda oyoqning to‘g‘rilanishi momenti boshlanishdagi kuch o‘zgarishlari grafigining egri chiziqli maydoniga mos keladi.
2. Yuqori sakrashni bajarish zaruriyati muskullarning kuch va tezlik xarakteristikalariga yuqori talablar qo‘yadi. Sakrovchining oyoq muskullari “tez kuchga”, ya’ni itarilishda namoyon bo‘luvchi quvvatga ega bo‘lishi kerak.
3. Agar sakrovchi yugurish va taranglashuvda to‘plangan gavda kinetik energiyasidan, uni muskul va bo‘g‘inlarda jamlash va keyincha chiqarishi hisobidan itarilish uchun foydalansa, sakrash balandligi oshadi.
4. Samarali itarilishning barcha shartlari samarali egiluvchanlik harakatlarining “oltin qoidasi” doirasida amalga oshadi. Itarilish jarayonida muskul kuchlarining vaqt davomida jamlanishini ta’minlash va ularni sakrovchi gavdasining tezlanishi boshlanishida aralashtirish zarur. Boshqacha aytganda, mumkin qadar kuchli boshlang‘ich kuchlanishni bajarish kerak – qisqa vaqt oralig‘i davomida itarilishning mumkin qadar katta kuchda bo‘lishini namoyon etish lozim.
5. Yugurish tezligi, shuningdek, sakrash balandligi va uzunligini sakrovchining oyoq muskullari kuchini hisobga olgan holda tanlash lozim. Chap oyoqda sakrash jarayonida (o‘ng qo‘lli hujumchilar uchun) ikkita “qattiq” tovonga katta amplitudada quloch yozgan qo‘llarni keltirish va gavdani (yugurish tezligi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p darajada) orqaga egiltirish zarur.
6. Sakrashda ikkala oyoqni ham tayanchga bir vaqtda va bir chiziqda, yugurish yo‘nalishiga perpendikulyar holatda qo‘yish kerak.
7. Itarilishni oyoq uchiga egiluvchan o‘tish, tizza bo‘g‘inlari qattiqligining oshishi hisobidan energiyaning sochilishini pasaytirishga intilgan holda bajarish lozim.
8. Itarilish jarayonida to‘g‘rilangan qo‘llar bilan faol keng quloch yozishni (katta amplituda bo‘yicha) amalga oshirish zarur. Oldindan harakatlanmasdan sakrashni bajarishda qo‘llarning faol quloch yozish bilan joyidan sakrashni bajarish foydali bo‘ladi.
9. Yugurgan holda bir oyoq bilan sakrashda, ikki oyoqda sakrash uchun berilgan 3, 4 va 5-tavsiyalarni amalga oshirish zarur.


Download 5.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling