Aniqlash usullari


Radondan himoyalanish tadbirlari


Download 1.61 Mb.
bet64/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

4.4.5. Radondan himoyalanish tadbirlari
Uy va ish xonalardagi radon hajmiy aktivligi ba’zi hollarda shu davlatda qabul qilingan chegara qiymatidan oshib ketishi mumkin. Bunday vaziyatda xona havosidagi radon mikdorini kamaytirish uchun radondan himoyalanish tadbirlarini (RHT) o‘tkazish talabga muvofiqdir. Bunday ishlarga maxsus qurilish korxonalari jalb qilinadi va har bir bajariladigan ishlar bosqichma-bosqich dalolatnomalarda qayd etilib boriladi. Tadbir o‘tkaziladigan binolar ikki xil - passiv va aktiv sistemalarga bo‘linadi. Passiv sistema tadbirlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad - binoning asosiy radon manbai bo‘lgan, poydevoridan diffuzion va konvektiv oqimlar ta’sirida xonalarga tarqalayotgan radon oqimini ka-maytirish uchun konstruktiv elementlar va bog‘lovchi uzellarning radonga qarshiligini mustahkamlashdir. Passiv sistemaning ijobiy tomoni bino ekspluatatsiya jarayonida ortiqcha energiya va maishiy xizmat choralari talab qilmaydi. Aktiv sistema tadbirlarining asosiy vazifasi - xonalarga tarqalayotgan radon oqimini, havo nasoslari yordamida tashqi atmosferaga chiqarib yuborishdir. Ba’zi binolar qurilipshda konveksion sistemalar ko‘zda tutilmagan bo‘lishi mumkin. Bunday xonalardagi radonni kamaytirish maqsadida, binodagi radonli xavfli manbalar aniklanib, radon chiqaruvchi (emanator, emanator) yuzaga maxsus himoya qoplama materiallar yoki maxsus bo‘yoqlar bilan ishlov beriladi. Hozirgi kunda poydevor va plitalar tirqishlarini, devor yuzalarini radondan himoya qiluvchi membrana pardalar va bo‘yoqlar ishlab chiqarish keng yo‘lga ko‘yilgan [145].


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling